O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi


 A.Tyurgo va uning iqtisodiy konsepsiyasi


Download 214.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana20.09.2023
Hajmi214.69 Kb.
#1682121
1   2   3
 
2. A.Tyurgo va uning iqtisodiy konsepsiyasi. 
 
F.Kenening g’oyalari Ann Rober Jak Tyurgo (1727-1781yy) tomonidan 
davom ettirildi va chuqurlashtirildi. U Parijda normand dvoryanlar oilasida 
tug`ildii, Sarbonnaning Teologiya (diniy) faqultetini tuqatdi, ammo bu sohada 
ishlamadi. 1751 yilda Parij parlamentining chinovnigi, 1761-74 yillarda Limojda 
intendat (g’arbiy qismda xo’jalik mudiri), 1774-76 yillarda moliya bosh 
nazoratchisi, qirol Lyudovik XVI davrida moliya vaziri sifatida bir akncha 
antifeodal isloxotlar o’tkazdi. (don savdosidagi cheklanishni yo’q qildi, savdo 
galdiyalarini bekor qildi…), ammo bu o’zgarishlar Tyurgo iste'foga chiqqach
bekor qilindi. U ham F.Kene singari Didro, D.Alamber va ularning yordamchilari 
tomonidan chiqarilayotgan "Qomus"ga bir nechta falsafiy va iqtisodiy maqolalar 
yozdi. 
A.Tyurgo hayoti va ijodida progressiv chinovnik Velsen Gurne katta rol 
o’ynadi. U Fiziokratlardan ancha farqla ravishda sanoat va savdoning mamlakat 
ravnaqidagi rolini to’g’ri tushundi. Sof bozor iqtisodiyotidagi mashxur lassez faire, 
lassez passyer (bu tamoyilga ko’ra, iqtisodiyotga davlat aralashuvisiz rivojlani 
kerak) tamoyili birinchi bor shu tadqiqotchi tomonidan ilgari surilgan degan fikr 
bor. U boshqalar qatori hunarmanchilikdagi cheklanishlariga qarshi chiqdi, erkin 
raqobatni qo’llab quvvatladi. 


12 
A.Tyurgo Gurne (u 1759 yilda vafot etdi) bilan F.Kene xuzurida ko’p 
bo’lgan, Ular bilan asosiy masalalarda maslakdosh bo’lsa ham, ko’p sohalarda 
boshqacha 
fikr 
yuritar 
edi. 
A.Tyurgo 
Parijda 
A.Smit 
bilan 
ham 
uchrashgan.A.Tyurgoning iqtisodiy qarashlari uning 1766 yilda yozilgan (1769-70 
yillarda chop etilgan). "Boylikning paydo bo’lishi va taqsimlanishi to’g’risidagi 
muloxazalar" asarida nisbatan to’la yoritilgan. U Kene fikrlarini faqat targ’ibot 
qilish bilan cheklanmadi, uni rivojlantirdi. U kapitalistik ishlab chiqarish 
munosabatlarini ancha chuqur tushundi, feodalizmni isloxotlar o’tqazish yo’li bilan 
yaxshilash mumkin degan fikrga ishonmadi (Kene ishongan), kapitalizm feodalizm 
kobigida vujudga keladi va galaba qiladi degan g’oyani ilgari surdi. Bu kitob aslida 
Parijga o’qishga kelgan ikki Xitoylik uchun darslik sifatida yozilgan va 100 ta aniq 
tezisdan iborat (V.Petti uslubi), ammo bazi qoidalar aksioma (isbot talab 
qilmaydagan qoida)dan iborat. Bu iqtisodiy teoremalar aniq uch qismga bo’linadi. 
31 ta tezis (teorema) Fiziokratik g’oyalar majmuidan iborat (o’stoz F.Kenening 
ta'siri). Ammo "sof mahsulot" nazariyasi F.Kenedan boshqararoq talqin etiladi, 
aslini olganda bu yerda qo’shimcha qiymat haqida gap boradi va bu mahsulot 
tabiatning sof in`omidan dehqon mehnati bilan yuzaga keladigan ortiqcha 
mahsulot sifatida qaraladi hamda asosiy ishlab chiqarish vositasi bo’lgan yer egasi 
tomonidan o’zlashtiriladi.Keyingi 17 ta teorema qiymat, baho va pulga 
bag`ishlangan. A.Tyurgoning bu sohadagi fikrlari o’ziga xos xarakterga ega va 
qiymatning mehnat nazariyasidan ancha yiroq. Uningcha almashuv qiymati va 
tovarlar bahosi tovarlar nisbati, almashuvda ishtiroq etayotgan shaxslar, sotuvchi 
va oluvchi istagining intensivligi bilan aniqlanadi (marjinalistik talqin). Ammo 
A.Tyurgoning bu g’oyasi uning ta'limotiga hech ham mos kelmas edi. Oxirgi 52 ta 
teoremada A.Tyurgoning tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan asosiy iqtisodiy g’oyalari 
keltiriladi. Yuqorida aytilganidek, Fiziokratlar jamiyatni uch sinfga bo’ladilar. 
A.Tyurgo esa jamiyatni sinflarga boshqacharoq ajratadi, "unumsiz" sanoatchilar 
sinfini u ikki qismga bo’ladi:


13 
Birinchisiga tadbirkor manufakturistlar, fabrika egalari kiradi, ular katta 
kapital egalari sifatida namoyon bo’lib, o’z avans, ya'ni bo`nak (avans)lari 
yordamida ish joyi yaratadilar va uni foyda olish uchun sarflaydilar. 
Ikkinchilari - bu oddiy hunarmandlar bo’lib (ishchilar), ular o’z qul kuchlari 
hisobiga ish haqi oladilar (ishlab chiqarish vositalaridan maxrum). A.Tyurgo ish 
haqini V.Petti va F.Kene kabi tirikchilik uchun zarur minimum mablaglar asosida 
hal etadi, ammo Kenedan farqli ravishda nega shunday bo’lishi kerakligining 
mexanizmini tushintirib bermoqchi bo’ladi. Uning asosiy dalili shuki mehnatga 
talab taklifga nisbatan kamayib boradi, ishchilar o’rtasida raqobat boradi. huddi 
shu kabi yer egalari sinfi ham fabrikantlar kabi ikki razryadga ajratiladi, bular 
avans beruvchi tadbirkorlar yoki kapitalistlar va ish haqi oluvchi oddiy 
ishchilardir. Bu katta ijobiy voqea, chunki Fransiyada bu sinflar mavjud edi. 
Demak, A.Tyurgo bo’yicha jamiyatda besh sinf mavjud, bu haqiqatga 
yakindir. U yollanma ishchida qul kuchidan boshqa ishlab chiqarish vositalari 
yo’qligini ochib beradi, kun kechirish uchun u o’z mehnatini boshqalarga sotish 
zarurligini ko’rsatadi. A.Tyurgoning bunday fikrga kelishida vaqtning ham ta'siri 
bor, chunki u Kenedan keyinroq yashadi. A.Tyurgo boshqalar kabi erkin 
soxibkorlik mehnatini qo’llab-quvvatladi, dehqonchilik qo’shimcha, ya'ni sof 
mahsulot manbai ekanligini (bu fikr Keneniki) tan olgan holda sanoat va savdoga 
ham ko’p e'tibor qiladi. U kapitalni Kenega nisbatan ancha chuqur va to’la tahlil 
etdi. Kene kapital deganda asosan natural (mahsulot) shaklidagi bunAqlar summasi 
(xom ashyo, mehnat haqi va boshqalar)ni tushungan, shu sababli uning tizimida 
kapital jamiyatdagi sinflar o’rtasidagi mahsulotlar taqsimoti muammosi bilan 
uncha mustaxkam boqlanmagan. Kenening tizimida foyda o’rni yo’q, kapitalist 
faqat "ish haqi olgan", bu - "ish haqi" ning qanday vujudga kelishi ham tahlil 
etilmagan.Bu sohada A.Tyurgo ancha ilgarilab ketadi. U foydani chetlab o’ta 
olmayda, xatto to’g’ri tuygu asosida uni tadqiq etishni sanoat kapitalistidan 
boshlaydi; bu yerda foydaning kelib chiqishi haqiqatdan ham aniqroq ko’rinadi, 
vaholanki boshqa Fiziokratlar (Kene ham) "barcha ortiqcha mahsulot yerdan kelib 
chiqadi" degan noto’g’ri aqidagi asoslanadilar. U o’z ustozlari va 


14 
maslakdoshlaridan "tabiiy tartib" konsepsiyasini buzayotganligi uchun kechirim 
ham so`rab qo`yadi, chunki u tahlilni sanoatdan boshlaydi va dehqonchilikni keyin 
qarab chiqadi. 
Ammo uning o’zi noo’rindir, aksincha u muammoni echishga to’g’ri 
yondoshgan; yollanma ishchi kuchidan foydalanuvchi fermer kapitalist o’z 
kapitalidan kam deganda huddi fabrikant singari foyda olishi va renta sifatida yer 
egasiga berishi kerak bo’lgan ma'lum ortiqcha (qo’shimcha)ni ham olishi kerak. 
Eng ajoyib teorema 62-tezis bo’lib, unga ko’ra ishlab chiqarishga qo’yilgan kapital 
o’z-o’zidan ortib borish qobiliyatiga egadir. Xo’sh, o’z-o’zidan ortib borish 
darajasi va nisbatlari nima bilan belgilanadi. A.Tyurgo kapital tomonidan 
yaratiladigan mahsulot qiymati nimadan iborat ekanligini tushuntirmoqchi bo’ladi, 
uning fikricha, mahsulot qiymati kapital sarflarini, shuningdek, ishchilarning ish 
haqini qoplashi kerak. qolgan qismi uch qismga ajraladi: birinchisi foyda bo’lib, 
kapitalist pul kapitalining egasi sifatida "hech qanday mehnatsiz" olishi mumkin 
bo’lgan daromadga teng. Bu osuda foiziga mos foydadir. Foydaning ikkinchi qismi 
fabrika yoki ferma ochishga tavakkal qilgan kapitalistning "mehnati, 
tavakkalchiligi va san'atini" to’lashga sarf etiladi. Bu tadbirkorlik daromadidir. 
Shunday qilib, aslida A.Tyurgo sanoat foydasining osuda va funksional kapitalga 
bo’linishini ko’rsatib berdi.
Foydaning uchinchi qismi rentadir. U faqat dehqonchilikda band 
kapitalistlar uchun mavjuddir. So’zsiz, bu tahlil iqtisodiyot fanida aytilgan 
yangicha g’oyadir.Ammo olimning keyingi fikrlari izchil bo’lmay, yana 
Fiziokratizm qobig`iga qaytadi. Boshida foydani foizdan chiqarishadi, bu 
minimum bo’lib, unga har bir kapitalist egalik qilish xuquqiga ega.Agar kapitalist 
idorasida xotirjam o’tirmasdan fabrikaning faoliyatiga yoki qishloq xo’jaligida 
batrAqlar ishiga boshchilik qilsa, unga ma'lum qo’shimcha, o’ziga xos maosh 
beriladi. Foiz oxir-oqibatda yer rentasiga tenglashtiriladi, chunki kapital bilan eng 
oson bajariladigan operasiya bu yer uchastkasi olish va uni hech tashvishsiz ijaraga 
topshirishdir. Endi qo’shimcha qiymatning asosiy shakli yer rentasi bo’lib qoldi, 


15 
qolgani esa uning hosilalaridir. Yana butun jamiyat yer yaratidagn "ish haqida" 
o’tirgan bo’lib chiqadi.
Yuqorida aytilganidek, A.Tyurgo nazariyotchi olim bo’lishidan tashqari 
amaliyotchi chinovnik edi. U qirol Lyudovik XVI davrida moliya vaziri bo’lib ham 
ishladi, o’zining bir qancha ilg’or g’oyalarini ilgari surishga intildi.U birinchi 
bo’lib davlat moliyasini soglomlashtirishga harakat qildi, bu sohada ozroq 
muddatli dastur tuzib chiqdi, unga ko’ra yer egaligidan tushadigan daromadlardan
olingan soliqlar tizimi tugatilish kerak edi. Umuman va sanoat va savdodagi odil 
bo’lmagan soliqlarni tartibga solishga kirishdi. U byudjet chiqimlarini cheklashga 
intildi, bunday saroy xodimlarining ortiqcha sarf-harajatlarini keskin kamaytirish 
mo`ljallandi va bu sohada ma'lum yutuqlarga yerishildi. A.Tyurgoning muhim 
muvaffakiyatlaridan biri shuki, u don va unga erkin savdoni kiritdi, bu sohadagi 
monopoliyaga chek qo’ydi. Bu ishlar nixoyatda oqir kechdi, chunki feodalizm 
ildizlari hali kuchli edi, bu kuchlar yangilikka tish-tirnogi bilan qarshi turdi. 
A.Tyurgo 1776 yilning 12 mayida (yilga e'tibor bering, shu yili A.Smitning 
"Xalqlar boyligi" asari chop etildi) iste'foga chiqishga majbur bo’ldi. Eski tuzum 
davom etdi, barcha ijobiy ishlar inkor etildi, demak, hali ularni amalga oshirish 
uchun kerakli shart-sharoitlar mavjud emas edi. Nazariyot va amaliyot bir elkadan 
bosh chiqarisha olmadi.1778 yili A.Tyurgo Amerikalik do’sti Franklinga atab, 
o’zining so’nggi iqtisodiy asari bo’lgan "Soliqlar to’g’risidagi esdaliklar" ini 
yozadi. 


16 

Download 214.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling