O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
ibn sino ijodida marifatparvarlik
Taqrizchi:
f.f.n. M.Sulaymonov.
73
NamDU filologiya fakulteti o’zbek tili yo’nalishi 4-kurs 401-guruh talabasi Umarova Feruza Nurali qizining “Ibn Sino ijodida ma’rifatparvarlik” mavzusida yozgan bitiruv- malakaviy ishiga
Abu Ali Ibn Sinodek shaxsi va ijodi mashhur zotni topish qiyin. Ibn Sino ijodining bunday ta’sirchanligi esa, albatta, uning poetik mahorati bilan bog’liq hodisadir.
Talaba Ibn Sino poetik mahorati haqida so’zlar ekan, birinchi navbatda lirik qahramonning xarakter xususiyatlarini, o’z fikr-mulohazalarini qay darajada ocha olganligi nazarda tutadi. Badiiy g’oya san'atkorning ichki olami, uning mahoratini ochib berishda asosiy rol o'ynaydi. Shu nuqtai nazardan Umarova Feruza Nurali qizining “Ibn Sino ijodida ma’rifatparvarlik” mavzuidagi bitiruv-malakaviy ishi dolzarblik kasb etadi.
Talaba ishda Abu Ali Ibn Sinodek shaxsi va ijodi mashhur zot ijodini nazariy va amaliy jihatdan yoritishni o'z oldiga maqsad va vazifa qilib qo'ygan, hamda mazkur vazifalarni muvaffaqiyatli uddalagan. Ibn Sino hayoti va ijоdini o’rganishga оid tadqiqоt, kitоb va maqоlalarni o’rgangan.O’zbek mumtоz adabiyotida keng qo’llanilgan маърифатпарварлик g’oyalarini o’rganish, mumtоz adabiyotimiz namoyondalarining badiiy mahоratiga оid tadqiqоtlarni o’rganish,Ibn Sino asarlarida uchraydigan маърифатпарварлик g’oyalarini tadqiq etish оrqali ijоdkоr mahоratini оchib berishga xarakat qilgan. Bitiruv – malakaviy ish puxta va izchil tuzilgan reja asosida yozilgan bo’lib, an’anaviy talablardan kelib chiqqan holda mavzuning dolzarbligi, o’rganilganlik darajasi, manbalari, bitiruv-malakaviy ishning maqsad hamda vazifalari, nazariy va 74
amaliy ahamiyati, tuzilishi oddiy tarzda ifodalangan. BMI hajmi talab darajasida bo'lib, uch bob (har bob ikki fasldan iborat), xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Talaba Umarova Feruza Nurali qizi ijodkor olim hayoti va ijodini hamda badiiy mahoratini yaxshi o’rganishga harakat qilgan. Ibn Sino hayoti va ijodiga oid materiallarni, to’plagan va uch bob misolida guruhlashtirib tadqiq qila bilgan. Boblar va ularning bo’limlarida Ibn Sino hayoti va ijodi, uning lirikasi, uning mavzu ko'lami va hamda uslubining o’ziga xosligi ilmiy asosda atroflicha chuqur tahlil qilingan. Buning natijasida BMI ancha puxta chiqqan. Talabaning fikr-mulohazalari, shaxsiy umumlashmalari ilmiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lgan. Bitiruv-malakaviy ish tugallangan, DAK talablariga javob beradi. Uni himoyaga tavsiya qilaman. Mazkur ishni ijobiy baholashga loyiq deb bilaman.
Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling