O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
ibn sino ijodida marifatparvarlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy rahbar : katta o’qit. A.Omonov
Taqrizchi:
f.f.n.dots. Z.Sodiqov.
75
NamDU filologiya fakulteti o’zbek tili yo’nalishi 4-kurs 401-guruh talabasi Umarova Feruza Nurali qizining “Ibn Sino ijodida ma’rifatparvarlik” mavzusida yozgan bitiruv- malakaviy ishiga ilmiy rahbar X U L O S A S I
Bashariyat nigohini o’ziga qarata bilgan san’atkorlar jahon adabiyoti maydonida ham unchalik ko’p emas. Shunday san’atkorlardan biri Ibn Sinodir. Hayoti afsonalarga qorishib ketgan, surati-yu siyrati rivoyatlarda bayon etilgan. Xalq orasida halollik, to'g'rilik, xalqqa haqiqiy tabiblikning timsoli bo’lib gavdalangan Ibn Sinodek shaxsi va ijodi mashhur zotni topish qiyin. Ibn Sino ijodining bunday ta’sirchanligi esa, albatta, uning poetik mahorati bilan bog’liq hodisadir. Poetik mahorat haqida so’z borar ekan, birinchi navbatda san’tkorning lirik qahramonning xarakter xususiyatlarini, o’z fikr-mulohazalarini qay darajada ocha olganligi nazarda tutiladi. Umarova Feruza Nurali qizining “Ibn Sino ijodida ma’rifatparvarlik” mavzusidagi malakaviy ishida shu masalalar izchil, keng ko’lamda, reja asosida ham nazariy, ham amaliy jihatdan yoritilgan. Bitiruv-malakaviy ish har tomonlama puxta tuzilgan reja asosida yozilgan bo’lib, ishning kirish qismida an’anaviy talablardan kelib chiqilgan holda mavzuning dolzarbligi, o’rganilganlik darajasi, manbalari, bitiruv-malakaviy ishning maqsad hamda vazifalari, nazariy va amaliy ahamiyati, tuzilishi sodda, tushunarli usulda ifodalangan.
Mazkur kichik tadqiqotda talaba o’z oldiga Ibn Sino ijodida ma’rifatparvarlik haqida keng va umumlashgan ma’lumot berish, Ibn Sino hayoti va ijоdini o’rganishga оid tadqiqоt, kitоb va maqоlalarni o’rganish; mumtоz adabiyotimiz 76
namoyondalarining badiiy mahоratiga оid tadqiqоtlarni o’rganish kabi vazifalarni amalga oshirishni rejalashtirgan. Ta’kidlash joizki, talaba bu vazifalarni bajarishga erishgan. Ishda Ibn Sino asarlaridagi insonparvarlik va ma’rifatparvarlik g’oyalarining ifodalanishi misollar vositasida atroflicha tahlil qilingan. Mazkur tadqiqot materiallaridan oily o`quv yurtlarida, akademik litsey va umumiy o`rta ta’lim maktablarida adabiyot fanlarida Ibn Sino ijodiy mahoratini o’rgatishda foydalanish mumkin.
Bitiruv – malakaviy ishda ma’lumotlarni ishonarli dalillar bilan ifodalash talab darajasida amalga oshirilgan. Ular hozirgi kun talablariga javob beradi. Talabaning fikrlari va chiqargan xulosalari asosli.
Bitiruv – malakaviy ish o’z yakunini topgan. Ishning rasmiylashtirilishi DAK talablariga javob beradi. Ishni himoyaga tavsiya etaman.
Ilmiy rahbar : katta o’qit. A.Omonov
Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling