O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 383.17 Kb. Pdf ko'rish
|
hisoblash texnikasining rivojolanish tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 105-GURUH TALABASI Abduvaliyev Jasurbekning Informatika va axborot texnologiyalari kursidan
- Qabul qildi: Sh.Jo’rayev
- Reja: I.
- III.
- Jon fon Neymanning
- MESM (kichik elektron hisoblash mashinasi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI YO’NALISHI 105-GURUH TALABASI Abduvaliyev Jasurbekning Informatika va axborot texnologiyalari kursidan KURS ISHI Mavzu: Hisoblash texnikasining rivojolanish tarixi Qabul qildi: Sh.Jo’rayev Namangan-2015 Mavzu: Hisoblash texnikasining rivojolanish tarixi Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism: 1. Hisoblash texnikasi g’oyalari 2. Hisoblash texnikasi tarixi 3. EHM avlodlari 4. Super kompyuterlar III. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.
Qadim zamonlardan beri insonlar o`z mehnatini yengillashtirishga, avtomatlashtirishga yoki mexanizasiyalashtirishga harakat qilishgan. Bu harakatlarning barchasi jismoniy kuchlarga yoki mehnatga qaratilgan bo`lib, insonlar aqliy ish faoliyatida hyech qanday mexanizasiyadan (texni-kadan) foydalanishga ehtiyoj sezmaganlar. Inson hisoblay boshlashidagi dastlabki xisoblash vositasi bulib odamlarning barmoklari xiz-mat kilgan. Ammo ular yordamida fakat sanash ishlarni bajargan (sabab barmoklar soni cheklan-gan). Shuning uchun asta sekin sun’iy xisoblash vositalari vujudga kela boshlagan. Ulardan bi-rinchilari bulib toshlar va tayokchalar bo`lgan. Sungra abak (grek, misrlik, rimlik, xitoylik suan-pan va yaponlik soroban), Neper tayokchalari, rus schyotlari vujudga kelgan.
Ammo odamzod, o’ziga uxshash mexanik mashinani - yordamchini (robotni) yaratish orzusi bilan yashab kelgan edi. 1623-yilda nemis olimi Vilgelm Shikard (1592-1636) tomonidan ixtiro kilingan mexanik moslama mexanik xisoblash mashinalar davrini boshladi. Ammo Shikard mashinasi xam aslida birinchi bo’lmagan, chunki buyuk italiyalik rassom, olim va matematiki Leonardo da Vinchining nashr etilmagan kulyozmasida 13-ta rakamli sonlarni qo’shish va ayirish amallarni bajaruvchi mexanik moslamaning chizmasi topilgan. Shuni aytish lozimki Leonardo da Vinchi xamda Vilgelm Shikard moslamalari xayotda qo’llanilmagan bo’lib qolgan. Mexanik xisoblash mashinalarni yaratilish tarixining dastlabki saxifalaridan biri fransuz faylasufi, yozuvchisi, matematiki va fiziki Bleyz Paskal (1623-1662) nomi bilan bog`liq. U 1642-yilda birinchi jamlovchi (qo’shish va ayirish) mashinani yaratdi. 1673-yilda esa boshka olim nemis Gotfrid Vilgelm Leybnis (1646-1716) 4-arifmetik amalni bajaruvchi mashinani yaratdi. XIX asrdan boshlab bu mashinalarga o’xshash mashinalar juda ko’p qo’llanar edi. 1820-yilda Sharl de Kolmar tomonidan birinchi kalkulyator - ARIFMOMETR yaratildi.
1885-yilda amerikalik ixtirochi Uvilyam Barrouz klaviatura va kogozga pechatlash uskuna-lardan iborat arifmometrni yaratdi.
Universal avtomatik xisoblash mashinani yaratish g’oyasi va loyixasi Kembridj universite-tining profesori Charlz Beybidjga (1792-1871) mansubdir. Uning loyixasi bo’yicha bu mashina xotira qismi, xisoblash qismi, boshqarish qismi va chiqarish qismiga ega bo’lishi shart edi.
XIX asrning oxirida va XX asrning o’rtalarida fan va texnikaning barcha soxalarida juda ko`plab kashfiyotlar va ixtirolar kilindi. Bu ko’p mexnat talab qiladigan mashinalarni yaratishga zarurat paydo kildi. Beybidjning loyixasi asosida ko’p olimlar mashinalar yaratishga xarakat qilgan. 1988-yilda amerikalik injener German Xollerit birinchi elektromexanik hisoblash mashinani - TABULYATORNI yaratdi. Ushbu mashina rele asosida ishlagan bulib perfokartalarda yozilgan ma’lumotlar bilan ishlay olar edi. 43-ta Xollerit tabulyatorlari 1890-yilda bo’lib utgan 11-chi Amerika axolini ro’yxatdan o’tkazishda ishlatilgan.
Ilm-fanning va jamiyatning rivojlanishi natijasida katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlashga yoki murakkab ko`rinishdagi arifmetik amallarni bajarishga zarurat tug`ildi, ya`ni murakkab hisoblash jarayonlarini bajarish uchun maxsus texnik vositalar yaratishga ehtiyoj sezildi. Tarixda birinchi hisoblash texnikasining yaratilishi fransuz filosofi, yozuvchisi, matematigi va fizigi Blez Paskal nomi bilan bog`langan. U 1641-yilda qo`shish va ayirish amallarini bajaradigan mexaniq hisoblagichni yaratdi. 1673-yilda mashhur nemis olimi Gorfrid Leybnis to`rt arifmetik amalni bajaradigan hisoblash mashinasini qurdi. G.Leybnis yaratgan mashinaning asosiy mexanizmlari XX asrning o`rtalarigacha ham ba`zi bir mashinalarda qo`llanilib kelindi. Leybnis yaratgan mashina turiga, ko`paytirish amalni ko`p martalab qo`shish, bo`lish amalini ko`p martalab ayirish kabi bajaradigan barcha mashinalarni, shu jumladan birinchi EHM larini kiritish mumkin. Bu mashinalarning eng asosiy xususiyati insonlarga nisbatan hisoblashlarni juda yuqori aniqlikda va tezlikda amalga oshirishdan iborat edi. Bu mashinalarning yaratilishi insonlarning intellektual faoliyatini mexanizasiyalashtirish mumkin-ligini namoyish qildi. Hisoblash mashinalarini yaratish va ularni mukammaltirish fan-texnikaning asosiy muammolaridan biriga aylandi. Birinchi hisoblash mashinalarining paydo bo`lishi va ularga bo`lgan talabning oshishi, ularni yaratilish texnologiyasini mukammaltirish ishlarini tezlatib yubordi. 1821-yil Tomas degan konstruktor hisoblash vositalarini ko`plab ishlab chiqarishni yo`lga qo`ydi va bu asboblar arifmometrlar deb atala boshlandi. Arifmometrlar boshqa mashinalarga nisbatan yuqori hisoblash tezligiga ega bo`lib, ikkita sakkiz raqamli sonlarni 18 sekundda ko`paytirish imkoniga ega bo`lgan. XX asrda ko`plab hisoblash vositalari yaratildi, ularning ishonchliligi, hisoblash aniqligi va tezligi, ular bilan muloqot qilish imkoniyatlari oshirildi. Hisoblash mashi-nalarini mukammallashtirishda va yaratishda rus olimlarining ham xizmatlari beqiyosdir. XVIII asr oxirlarida Ye.Yakobsonning mashinasi tayyorlandi, 1828 yilda Slobodskiy F.M. hisoblash vositasini yaratdi, 1846 yilda Kummer, P.L.Chebыshev mashinalari yaratildi. Peterburglik injener V.Odner tomonidan yaratilgan tishli arifmometr hisoblash texnikasining rivojlanishida muhim ro’l o`ynadi. 1873-yildan boshlab ishlab chiqarila boshlangan bunday asboblar, shunchalik mukammal tuzilishga ega bo`lib, ko`p yillar davomida o`zgarishsiz qo`llanib kelindi. Bunday hisoblash mashinalari insonlarning hisoblash ishlarini yengillashtirishi bilan birga, ularsiz mashina hisoblash ishlarini bajara olmas ham edi.
XIX asrning boshlarida ingliz matematigi Charlz Bebbdj prinsipial yangi turdagi hisoblash mashinasining asosini yaratdi va uning asosiy holatlari (xususiyatlari)ni bayon qilib berdi: 1. Mashina raqamli axborotlarni saqlash uchun «ombor»ga ega bo`lishi kerak (hozirgi kompyuterlarda bu xotira qurilmasi).
2. Mashinada «ombor»dan olingan sonlar ustida amallar bajaruvchi qurilma mavjud bo`lishi kerak (Zamonaviy kompyuterlarda bu arifmetik qurilma hisoblanadi). 3. Mashinada amallarning bajarilishi ketma-ketligini boshqaruvchi qurilma, ya`ni boshqarish qurilmasi bo`lishi kerak. Mashinada boshlang`ich ma`lumotlarni kiritish va hosil bo`lgan natijalarni chiqaruvchi qurilmalari, ya`ni kiritish – chiqarish qurilmalari mavjud Bundan 150 yil ilgari surilgan bu g`oyalarni XIX asrda ro`yobga chiqarib bo`lmagan bo`lsada, lekin zamonaviy kompyuterlarda bularning barchasi o`z aksini topgan. Bebbedj mexaniq arifmometrlar asosida shunday turdagi mashinalarni yaratishga harakat qilgan. Lekin mexanizmlarning yo`qligi va juda qimmatligi tufayli bu ishni oxiriga yetkaza olmadi. XX asrning 40-50 yillarida elektronika, avtomatika va matematik mantiq sohasida juda katta yutuqlarga erishildi, ya`ni birinchi elektron hisoblash mashinalari yaratildi. 1944-yilda amerikalik fizik G.Ayken loyihasi asosida avtomatik hisoblash mashinasi Mark-1 ni yaratish bo`yicha ishlar tugallandi. Bu mashinada asosan elektron mexanizmlardan foydalanilgan. Katta hajmga va og`irlikka ega bo`lgan bu mashina bor yo`g`i 10 ta arifmometr kuchiga ega edi. Ishlash tezligining va imkoniyat darajasining pastligi tufayli bu mashinadan amaliyotda foydalanish mumkin bo`lmadi. Releli mashinalarning ishlash tezligining pastligi tufayli ular hisoblash ishlashlarini avtomatlashtirish ishida unchalik muhim o`rinni egallamadi. Lekin faqatgina elektronika hisoblash texnikasiga, oldingi yaratilgan elementlarga nisbatan juda yuqori tezlikda sifatli ishlash imkoniyatini yaratdi. Elektron sxemalar asosida yaratilgan hisoblash mashinalari, hisoblash texnikasini yaratishda yangi yo`nalishlarni ochib berdi. Bu mashinalar elektron hisoblash mashinalari (EHM) deb atala boshlandi. 1930-yilda amerikalik olim Vannevar Bush tomonidan kompyuterning katta elektromexanik analogi - DIFFERENSIAL ANALIZATORI yaratilgan. Ushbu mashinada ma’lumotlarni saklash uchun elektron lampalar kullanilgan. 1941 yilda nemis injeneri Z3 nomli birinchi bulib dasturlarda ishlovchi xisoblash mashinani yaratdi. 1943-yilda Buyuk Britaniya maxfiy laboratoriyalarida Alan Tyuring boshchiligida elektron lampalarda ishlovchi Koloss nomli birinchi EXM (elektro xisoblash mashinasi) yaratildi. 1944-yilda AKShning xarbiylari uchun amerikali injener Govard Eyken elektromexanik rele asosida ogirligi 35 tonnali EXM yaratdi. Bu mashinani nomi MARK-1 edi. Lekin uning tezligi shu zamon talablariga javob bermas edi. 1946-yilda amerikali olimlar Djon Mochli va Prespera Ekerta birichi universal tulik elektron xisoblash mashinani yaratdilar. Ushbu mashina elektron lampalar asosida ishlar edi va uning nomi ENIAC edi. U MARK-1 dan ming marta tezkorrok edi, lekin uning xam kamchiliklari bor edi: ogirligi - 30 tonna; uzunligi 170 kvadrat metr xonani egallar edi; tarkibida 18 000 elektrolampalar bor edi; ishlash jarayoni juda murakkab va bu mashina juda tez ishlamas edi (sekundiga 300 kupaytirish yoki 5000 kushish amallari bajarishi mumkin edi). Shu kamchiliklarni bartarab qilish uchun olimlar juda ko`p mexnat qilar edi. Birinchi EXM lar avlodi lampali deb nomlanadi.
Elektron hisoblash texnikasining rivojlanishida amerikalik mashhur matematik Jon fon Neymanning xizmatlari juda katta bo`ldi. Neyman tomonidan bildirilgan, sonlarni ifodalashda ikkilik sanoq sistemasidan foydalanish va foydalanilayotgan axborotlarni saqlash kabi g`oyalar hozirgi zamon hisoblash mashinalarida o`zining amaliy aksini topgan. 1949-yilda Angliyada Jon fon Neyman prinsiplari asosida elektron hisoblash mashinasi–EDSAK yaratildi va amaliyotda qo`llanildi. Birinchi sovet EHMi 1950-yilda akademik S.A.Lebedev rahbarligida yaratildi. U MESM (kichik elektron hisoblash mashinasi) deb ataldi. Bir yildan keyin S.A.Lebedev rahbarligida BESM (katta elektron hisoblash mashinasi) yaratildi. 1973-yildan boshlab EXM tarixining yangi saxifasi, personal kompyuterlar saxifasi boshlandi. Shu yilda fransiyadagi Truong Trong Ti firma tomonidan birinchi personal kompyuter yaratildi. Shu bilan birga 1973-yilda dunyoga tanikli XEROX firma tomonidan Alto nomli shaxsiy kompyuter yaratilgan. Ushbu kompyuterda birinchi bulib fayllar va dasturlarni oynalar kurinishda ochish prinsipi kullanilgan. 1977-yilda Apple Computer firma tomonidan Apple-II nomli shaxsiy kompyuterlar ommaviy ravishda chikarila boshlagan. Ushbu kompyuterlar plastmass korpus, klaviatura va displeyga ega bo`lgan. 1980-yilda Osborne Computer firma birinchi portativ kompyuterlarni chikara boshladi. Ushbu kompter ogirligi 11 kg, juda kichkina xajmga ega bo`lgan va narxi atigi 1795 dollar bo`lgan. 1981-yildan boshlab IBM (International Business Machines) firma tomonidan personal kompyuterlar seriyalab chikara boshlandi va butun dunyoga sotila boshlandi. Shundan beri kompyuter x ayotimizda mustaxkam joylashib, axborotni qayta ishlashning eng zamonaviy vositasiga aylandi va butun dunyoga tanikli buldi. Shuning uchun personal kompyuterlar standarti shu kompyuter nomi bilan nomlanadi - IBM PC (personal computer). Kompyuter - inglizcha so`z bo`lib, u “hisoblovchi inson” demakdir. Garchand u hozirda faqat hisoblovchi bo`lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma'lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski nomi – kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma'lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Avallo shuni aytish lozimki, ko`pchilikning tushunchasida go`yoki biz kundalikda foydalanadigan faqat shaxsiy kompyuter bor xolos. Bunga albatta sabablar ko`p. Shulardan biri hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlari ilgari universal deb hisoblangan kompyuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan ancha oshib ketganligida bo`lsa, ikkinchi tomondan ko`p masalalarni yechish uchun bu kompyuterlar foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir. Hozirda kompyuter termini ko`p uchrasada, shu bilan birga EHM (elektron hisoblash mashinalari), HM (hisoblash mashinalari) terminlari ham hayotda ko`p ishlatib turiladi. Ammo biz soddalik uchun faqat kompyuter terminidan foydalanamiz. Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud: raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli - analogli, maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko`rsatkichlari yuqori bo`lgani uchun, ular ko`proq foydalanilmoqda. Amalda esa hozir
rivojlangan mamlakatlarda kompyuterlarning besh
guruhi keng
qo`llanilmoqda. Kompyuterlarni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, ma'lumotlarning razrad to`rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, besh guruhga bo`lish mumkin: - super kompyuterlar (Super Computer); - blok kompyuterlar (Manframe Computer); - mini kompyuterlar (Minicomputer); - shaxsiy kompyuterlar (PC-Personal Computer); - bloknot(noutbook) kompyuterlar.
Download 383.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling