Super kompyuterlar (TOP 500 kompyuterlar)-juda katta tezlikni talab qiladigan
va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun mo`ljallangan bo`ladi. Bunday
masalalar sifatida ob-havoning global prognoziga oid masalalarni, uch o`lchovli
fazoda turli oqimlarning kechishini o`rganish masalalari, global informatsion
sistemalar va hokazolarni keltirish mumkin. Bu kompyuterlar bir sekundda 10
trillionlab amal bajaradi. Superkompyuterlar bahsida AQSH energetika
vazirligining Sandia laboratoriyasida o`rnatilgan 9472 protsessorli Intel ASCI Red
kompyuter sistemasi karvonboshilik qilmoqda. Uning tezligi kompyuterlar
tezligini o`lchovchi- Linpacr parallel testida 1 TFLOPS (1 TFLOPS-1000
GFLOPS teng, 1GFLOPS esa 1000000 FLOPS, 1FLOPS-sekundiga 1000 amalga
teng). Xususan, bu kompyuter yadro sinovlarini va eskirayotgan yadro qurollarini
modellashtirishda qo`llaniladi. E'tiborlisi shuki, Tokio universiteti dunyoda
to`rtinchi o`rinda turadigan, sekundiga 873GFLOPS amal bajaradigan, 128
protsessorli SGI ASCI Blue kompyuteriga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |