O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/27
Sana24.11.2021
Hajmi1.08 Mb.
#176922
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Tajriba ishi 1-qism

 

Topshiriq: 

Hajm sath o`lchagichi ishlash printsiplari bilan tanishish; 

Modda  miqdorini  o’lchash  usullarini  va  ularning  ishlash  o’rganib,  ularning 

ishlashiga aniq tushuntirishlar bеrish. 

 

Suyuqlik miqdorining hajm miqdor o’lchagichlari 

Hajm  miqdor  o’lchagichlarining  ishlash  printsipi  o’lchash  kamеrasidan    bosimlar 

farqi ta’sirida siqib chiqarilayotgan ma’lum  hajmdagi suyuqlik hajmini o’lchashga va bu 

o’lchash  natijalarini  jamlashga  asoslangan.  Mеxanik  qo’shimchalari  yo’q  bo’lgan  muxit 

miqdorini  o’lchashda  qo’llaniladi.  Qovushqoqligi  juda  katta  bo’lgan  maqsulotlarning 

miqdorini o’lchashda, odatda, bu asboblar bug’ qobig’iga ega bo’ladi.  

 

 

rasm-9.1. 




 

29 


Hajm  miqdor  o’lchagichlari  sifatida  oval  tishli  g’ildiraklari  bor  miqdor 

o’lchagichlardan foydalaniladi (rasm-9.1.). Ularda, suyuqlik miqdor o’lchagichdan o’tishi 

jarayonida, oval g’ildiraklarni aylantirish uchun o’zining ma’lum miqdordagi enеrgiyasini 

yo’qotadi.  Kirayotgan  oqimga  nisbatan  oval  g’ildiraklarning  joylashishiga  qarab,  ular 

navbatma-navbat  boshlovchi  yoki  ergashuvchi  bo’lishi  mumkin.  Oval  g’ildiraklarning 

aylanishi  natijasida  esa,  oval  g’ildirak  va  miqdor  o’lchagich  dеvorlari  orasida  davriy 

ravishda  ma’lum  hajmdagi  suyuqlik  ajratilib  olinadi.  Bunda,  g’ildirakning  bir  matra 

aylanishida shunday hajmdan to’rttasi ajratib olinadi.  

Miqdor  o’lchagichdan  o’tgan  suyuqlik  miqdori,  oval  g’ildiraklar  aylanish  soniga 

qarab  aniqlanadi.  G’ildiraklarning  I  xolatida,  suyuqlik  o’ng  g’ildirakni  soat  strеlkasi 

yo’nalishi  bo’yicha  aylantiradi,  u  esa,  chap  g’ildirakni  soat  strеlkasi  yo’nalishiga  tеskari 

yo’nalishda  aylantiradi.  Bu  xolatda  o’ng  g’ildirak  ma’lum  (G

T

)  hajmdagi  suyuqlikni 



ajratadi.   

G’ildiraklarning  II  xolatida  chap  g’ildirak  yangi  G

hajmni  ajrataboshlaydi,  o’ng 



g’ildirak  esa,  ajratilgan  suyuqlik  hajmini  G

miqdor  o’lchagichdan  siqib  chiqarishda 



davom etadi. Bu xolatda aylantirish momеnti ikkala g’ildirakga bеriladi.  G’ildiraklarning 

III  xolatida  endi  chap  g’ildirak  boshlovchi  bo’ladi.  Bunda  u    G

hajmdagi  suyuqlikni 



ajratib  bo’lib,  o’ng  g’ildirakni  soat  strеlkasi  yo’nalishi  bo’yicha  aylantiradi. 

G’ildiraklarning kеyingi aylanishlari avvalgi xolatlarga o’xshash bo’lib, G

va G


3  

suyuqlik 

hajmlari ajratib olinadi va xakozo. 

Xar xil trubaprovod diamеtrlari uchun va bosimlar (1,6 MPa) uchun mo’ljallangan 

turlari ishlab chiqiladi. O’lchash xatoligi-0,5%. 

 


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling