O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‘lim vazirligi


 2. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining sog`ligini shakllantirish va


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/29
Sana02.01.2022
Hajmi0.82 Mb.
#194875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Bog'liq
kichik maktab yoshidagi oquvchilarning sogligini saqlashda harakatli oyinlarni ahamiyati

1. 2Boshlang`ich sinf o`quvchilarining sog`ligini shakllantirish va 

mustaxkamlashda badantarbiyaning ahamiyati.  

Jismoniy  tarbiya  va  sport  bilan  shug`ullanish  sog`liqni  shakllantirish  va 

mustaxkamlashning,  shuningdek  respublikamizda  yetishib  kelayotgan  yosh 

avlodnig har tomonlama rivojlantirishning ajralmas qismi hisoblanadi.  

  Fizkultura  va  sport  bola  va  o`smirga  juda  ko`p  fazilatlar  baxsh  etadi,  ular 

jismonan  baqquvvat  bo`ladilar,  harakat  ko`nikmalari  va  jismoniy  hususiyatlari 

takomilliga  yetadi,  organizmning  zaxira  kuchlari,  ish  qobiliyati,  ko`pgina 

kasalliklarga  qarshilik  kuchini  oshiradi.  Biroq  chidamlilik,  umumiy  sog`liq  holati 

hammada bir hil emas, shuning uchun yuklama bir hil bo`lishi mumkin emas.  

Maktab  yoshidagi  bolalarni  jismoniy  tarbiyalash  vazifalari  quyidagilardan 

iborat: 

1. 


sog`liqni  mustaxkamlash,  o`quvchilarni  chiniqtirish,  ularni  to`g`ri 

jismoniy rivojiga va yuksak aqliy ish qobiliyatini saqlab turishga ko`maklashish.  




 

18 


2. 

jismoniy  xususiyatlarni  tarbiyalash  (chaqqonlik,  kuchlilik,  tezlik, 

bardoshlik,  qayishqoqlik)  va  hayotiy  zarur  harakat  ko`nikmalarini:  yurish, 

yugurish,  sakrash,  otish,  tirmashib  chiqish,  oshib  o`tish,  safda  yurishga 

tayyorgarlik,  qomatni  rostlaydigan,  muvozanatni  saqlashga  doir  mashqlar, 

harakatlar aniqligi va muvofiqligi, ritm va shuhrat sezgisi, jamoa bo`lib harakatlar 

qilish  ko`nikmalari,  va  hokazo  o`quvchilarni  «Barkamol  avlod  uchun»  meyoriy 

talablarini bajarishga tayyorlashni shakillantirish.  

3. 

jismoniy  tarbiya  va  sport  sohasidagi  mahsus  bilimlardan  xabardor 



qilish  va  tashkiliy  ko`nikmalarni,  shuningdek  shaxsiy  va  jamoat  gigienasi 

ko`nikmalarini  va  madaniy  xulq  atvor  odatlarini  singdirish;  shaxsan  jismoniy 

barkamolikka yetish maqsadida mustaqil mashq qilishni bilish.  

Jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanish jarayonida o`quvchilarda o`ziga 

va jamiyatga zarur bo`lgan iroda ko`nikmalari: maqsadga intilish, tashabbuskorlik, 

dovyuraklik, matonatlilik, intizomlilik, chidamlilik, shuningdek birodarlik, do`stlik 

va jamoa bo`lib harakat qilish sezgilari bo`lib harakat qilish sezgilari tarbiyalanadi.  

Jismoniy  tarbiya  va  sport  mashg`ulotlari  oldida  turgan  vazifalarni  amalga 

oshirishda  turli  sinflardagi  o`quvchilarning  sog`liq  xolati,  yoshi,  jinsi,  jismoniy 

rivojlanganligi  va  jismoniy  tayyorgarligi  hisobga  olinadi.  Mazkur  bo`limda  turli 

yosh  davrlaridagi  o`quvchilarning  ushbu  qo`llanmaning  bundan  oldingi 

bo`limlarida bayon qilingan xususiyatlarini nazarda tutgan holda, jismoniy tarbiya 

va sport bilan shug`ullanishlari bo`yicha tavsiyanomalar taqdim etiladi.  


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling