O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi


Download 183.21 Kb.
bet12/22
Sana02.01.2022
Hajmi183.21 Kb.
#195514
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
ozbekiston respublikasida soliq yuki darajasini baholash mezonlari va uni kamaytirish masalalari-converted

2-BOB.

XO’JALIK YURITUVCHI SUB’EKTLARNING SOLIQ YUKINI ANIQLASHNING AMALDAGI HOLATI TAHLILI.


2.1.

Mamlakatimizda soliq yukini kamaytirib borish soliq siyosatining asosiy yo’nalishi sifatida.

Soliq to’lovchilarga nisbatan soliqlar miqdorini pasaytirib borish ularning iste’moli va talabiga ijobiy ta’sir etishi natijasida tovarlar vhamda xizmatlar realizatsiyasining oshishiga ta’sir ko’rsatadi.



Barchamizga ma’lumki, 2015 yilda mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng ustuvor yo’nalishlari belgilab berilgan edi. Ushbu ustuvor vazifalar ichida eng asosiylari sifatida soliq yukini kamaytirish ham alohida ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Ushbu ustuvor yo’nalishlardan kelib chiquvchi vazifalarni amalga oshirishda salmoqli natija va sezilarli o’zgarishlar qo’lga kiritildi: iqtisodiyotining yuqori barqaror sur’atlar bilan o’sishi va makroiqtisodiy mutanosibligi ta’minlandi, ishlab chiqarishni tarkibiy o’zgartirish va modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash ishlari davom ettirildi.

Prezidentimiz I.Karimov bozor iqtisodiyotining o’zini-o’zi tartibga soluvchi mexanizmlarining istiqbolli ekanligi va bunda davlat ixtiyorida faqat iqtisodiy vositalar va rag’batlar saqlanib qolinishi hamda ularning tarkibiy qismi soliqlar ekanligini bir necha bor ta’kidlab o’tganlar. Har qanday mamlakatda qanday soliq siyosati yuritilayotgani va soliqqa tortish sohasidagi chora-tadbirlar qanchalik samarali ekanligi ko’p jihatdan iqtisodiy islohotlarning xarakteri va dinamikasini belgilaydi. Oqilona tashkil etilgan, soliq tizimi, bozor iqtisodiyoti taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning hamda shu asosda barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishishning asosiy vositalaridan biridir. Chunki davlat moliyaviy siyosati makroiqtisodiy siyosatning muhim tarkibiy qismi bo’lib, uning mohiyati davlat va jamiyat oldiga qo’yilgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hamda boshqa strategik maqsadlarni ro’yobga chiqarishga qo’llaniladigan iqtisodiy, huquqiy va

boshqa vositalar, usullar yo’nalishlarining belgilanishi, real shart sharoitlar aniq hisobga olingan holda, ulardan foydalanishga qaratilgandir.

Respublikamizda amalga oshirilayotgan “yangi soliq siyosati doirasida soliq tushumlari tarkibini tubdan o’zgartirish, resurslar, mol-mulk solig’ining rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq undirishning progressiv tizimini joriy etish vazifasi qo’yiladi”.

Moliyaviy siyosatning eng muhim tarkibiy qismi sifatida soliq siyosati katta ahamiyatga ega. Bu sohada davlat siyosati davlat uchun ham, bozor ishtirokchilari, tadbirkorlar va boshqa fuqarolar uchun ham maqbul keladigan shart-sharoitlarning yaratilishiga iqtisodiyotning real sektori ahvolini yaxshilashga qaratilmog’i lozim.



Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi soliq siyosati va uni takomillashtirish yo’lida mamlakatimizda umumiy vazifa sifatida quyidagi masalalar qo’yilgan:

  • iqtisodiyot tarmoqlarining xususiyatlarini hisobga olgan holda umumiy soliq yukini kamaytirish;

  • daromaddan olinadigan soliqlar mexanizmini takomillashtirish;

  • byudjet daromadlarini barqaror manbalar bilan shakllantirishda bevosita (to’g’ri) soliqlarning rolini tobora oshirib borish;

  • resurslar bilan bog’liq soliqqa tortish potentsialini oshirish;

  • soliq tizimini sodda va tushunarli bo’lishini ta’minlash.

Hozirgi paytda Respublikamizda davlatning iqtisodiyotga aralashuvini kamaytirishga doir izchil siyosat olib borish choralari amalga oshirilmokda. Jumladan, 2005 yilning 1 iyulidan boshlab tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan huquqiy ta’sir choralari, jumladan, tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatlarini tugatish, faoliyatni to’xtatib qo’yish, banklardagi hisob-raqamlari bo’yicha operatsiyalarni to’xtatib qo’yish, (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish borasida aniqlangan hollar bundan mustasno), moliyaviy sanktsiyalarni qo’llash, soliq va yig’imlarni to’lash muddatini o’tkazib yuborganlik uchun penya qo’shish, huquqbuzarlik predmetlarini davlat daromadiga o’tkazish (konfiskatsiya), faoliyatning ayrim turlari bilan shug’ullanish uchun maxsus ruxsatnomalarni 10 kundan

ortiq muddatga to’xtatib quyish yoki bekor qilish faqat Sud qarorlari orqali amalga oshirish tartibi joriy qilindi.



Farmonga muvofiq, tadbirkorlik sub’ektlarini moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) faqat Davlat soliq xizmati organlari tomonidan o’tkazilishi, tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tekshirish davomida jinoyat alomatlari aniqlangan hollarda tegishli materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etib borilishi belgilandi. Shu bilan birga, soliqlar va to’lovlarni birxillashtirishga katta e’tibor qaratilmokda. Bu esa soliqqa tortish mexanizmlarining oshkoraligiga, soliqlarni hisoblash va to’lashga oid korxonalar faoliyatini soddalashtirishga, shuningdek, soliq majburiyatlarining bajarilishini samarali nazorat qilishga yordam beradi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 24 iyundagi “Tadbirkorlik sub’ektlarining xo’jalik sohasidagi huquqbuzarliklari uchun moliyaviy javobgarligini erkinlashtirish to’g’risida”gi PF-3622-son Farmoniga muvofiq, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan birinchi marta sodir etilgan, qasddan qilinmagan va kam ahamiyatli, huquqbuzarliklar uchun mansabdor shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda materiallarni sud organlariga taqdim etmasdan faqat ma’muriy javobgarlik choralari qo’llanilishi, shuningdek materiallar sud instantsiyalariga topshirilgan hollarda, tadbirkorlik sub’ekti soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lamaganlik uchun sodir etilgan huquqbuzarlik tufayli etkazilgan zararning o’rnini bir oy mobaynida ixtiyoriy ravishda qoplagan hamda uning oqibatlarini bartaraf etgan, jumladan penya to’lagan tadbirkorlik sub’ekti moliyaviy sanktsiyalar qo’llanilishidan ozod etilishi belgilab qo’yildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 21 sentyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib- qoidalarini soddalashtirish to’g’risida”gi PQ-186-son qaroriga muvofiq, 2005 yilning 1 oktyabridan boshlab qonun hujjatlarida belgilangan faoliyat turlari bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar uchun litsenziyalar kamida 5 yil muddatga berilishi, lekin alohida faoliyat turlari bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlarga litsenziyalar cheklanmagan

muddatga berilishi, ayrim faoliyat turlariga litsenziya berish tegishli boshqaruv

organlari zimmasiga yuklatildi. Tadbirkorlik faoliyatini yuritishda bir-birini takrorlaydigan va ortiqcha ruxsatnomalar berish tartib-qoidalari bekor qilinib, 11 ta faoliyat turi bo’yicha ruxsatnomalar olish va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish jarayonlari bekor qilindi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sub’ektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 3665-con Farmoniga muvofiq esa, mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo’jaliklarining moliya-xo’jalik faoliyatini har to’rt yilda ko’pi bilan bir marta, boshqa tadbirkorlik sub’ektlarini esa har uch yilda ko’pi bilan bir marta reja asosida tekshirish o’tkazish, yangi tashkil qilingan mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo’jaliklarining moliya-xo’jalik faoliyatini ular davlat ro’yxatiga olingan paytdan boshlab ikki yil mobaynida reja asosida tekshirish o’tkazilmasligi, hududiy soliq organlari tomonidan boshqa tumanlar (shaharlar)da ro’yxatga olingan tadbirkorlik sub’ektlarining ishlab chiqarish binolari, savdo shohobchalari qaerda joylashganidan va xizmatlar ko’rsatiladigan (ishlar bajariladigan) joydan qat’i nazar ularning moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirish takrorlanishiga yo’l qo’yilmagani holda, tadbirkorlik sub’ekti ro’yxatga olingan joydagi tegishli soliq organlari bilan bir vaqtda amalga oshirilishi belgilandi.

Respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash va ular uchun qulay investitsiya muhitini yaratish hamda ular zimmasidagi soliq yukini kamaytirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi “O’zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-4609 son farmoni qabul qilindi.



Unga muvofiq soliqlarni va boshqa majburiy to’lovlarni o’z vaqtida to’laydigan, shuningdek ishlab chiqarishning barqaror o’sish sur’atlarini va rentabelligini ta’minlovchi kichik tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy-xo’jalik faoliyatini soliq tekshiruvidan o’tkazishga qo’llanilgan moratoriy 2017 yilning 1 yanvarigacha bo’lgan muddatgacha uzaytirildi (yuridik shaxslarni tugatishdagi, qo’zg’atilgan jinoiy ishlar

doirasidagi, shuningdek byudjet va markazlashtirilgan mablag’lar va resurslaridan

foydalanish bilan bog’liq rejadan tashqari tekshiruvlar bundan mustasno). Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga ularning hisobvaraqlaridan soliqlarni va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashda banklar xizmatlari uchun to’lovlar undirish amaliyotini bekor qilinishi belgilandi.

Bunday tadbirlarning amalga oshirilishi ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirish, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari faoliyatining ochiq-oydinligini oshirish, shu asosda tadbirkorlik faoliyatini yuritish sharoitlarini tubdan yaxshilash, yangi ish joylarini barpo etish va iqtisodiyotning xususiy sektorida aholi bandligini oshirishga xizmat qiladi.



Download 183.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling