O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi


FAZO-OMAD” korxonasining moliyaviy natijalari va soliq yuki ko’rsatkichlari


Download 183.21 Kb.
bet15/22
Sana02.01.2022
Hajmi183.21 Kb.
#195514
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
ozbekiston respublikasida soliq yuki darajasini baholash mezonlari va uni kamaytirish masalalari-converted

jadval


FAZO-OMAD” korxonasining moliyaviy natijalari va soliq yuki ko’rsatkichlari13

Ko’rsatkichlar

2010

yil

2011

yil

2012

yil

2013

yil

2014

yil

Sotishdan tushum, mln. so’m

14137.8

15864.2

20563.5

38205.4

48697.0

Moddiy xarajatlar, mln. so’m

3167.8

4770.2

7011.6

11604.1

14704.2

Realizatsiyadan tashqari

daromadlar, mln. so’m



735.8

647.0

1024.8

881.4

2261.3

Realizatsiyadan tashqari xarajatlar,

mln. so’m



2697.3

2028.6

1381.9

2898.5

5161.4

Qo’shilgan qiymat (QQ), mln. so’m

9008.6

9712.4

13194.9

24584.1

31092.8

Qo’shilgan qiymatning tushumdagi

ulushi, mln. so’m



63.7

61.2

64.2

64.3

63.8

Jami soliqlar, mln. so’m

4157.2

4178.5

5911.3

9759.9

11877.4

Jamlangan soliq yuki, foizda

46.1

43.0

44.8

39.7

38.2

Yuqoridagi jadval ma’lumotlariga e’tibor qaratadigan bo’lsak, mazkur korxona soliq yuki , barqaror kamayish tendentsiyasiga ega. Buning sababi

shundaki, “FAZO-OMAD” korxonasining moliyaviy natijalari va, shu jumladan, QQning tushumdagi ulushi tahlil qilinayotgan yillarda barqaror bo’lgan. Bunday holatda, soliq yuki darajasining o’zgarishiga QQ omilidan ko’ra soliq omillari (soliqlar miqdori, bazasi yoki stavkasining o’zgarishi) ko’proq ta’sir o’tkazadi.

Jadvaldan jami soliq yuki yillar davomida kamayib kelganligini kuzatish mumkin. Jumladan, uning darajasi 2010 yilda 46.1 foizni tashkil qilgan bo’lsa, 2014 yilga kelib bu ko’rsatkich 38.2 foizni tashkil qilgan, ya’ni korxonaning soliq yuki shu davrda 7.9 punktga qisqargan. Bu albatta, YaIT, foyda solig’i stavkasining muntazam pasaytirib kelinayotganligi bilan izohlanadi.

Navbatdagi jadvalda esa Kitob tumanida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanayotgan “BARLOS LUX” mas’uliyati cheklangan jamiyatining moliyaviy holati tahlil etilgan:


    1. jadval


BARLOS LUX” mas’uliyati cheklangan jamiyatining moliyaviy natijalari va soliq yuki ko’rsatkichlari14


Ko’rsatkichlar

2010

yil

2011

yil

2012

yil

2013

yil

2014

yil

Sotishdan tushum, ming. so’m

62362.2

20764.

47957.1

11500.0

0.0

Qo’shilgan qiymat (QQ), ming.

so’m


15369.5

11302.9

16976.8

7360.0

0.0

Qo’shilgan qiymatning tushum-

dagi ulushi, ming. so’m



24.6

54.4

35.4

64.0

0.0

Jami soliqlar, ming. so’m

14711.3

6254.9

10155.8

9760.5

0.0

Penya, jarima va bojlar, ming.

so’m


10239.8

9573.3

2727.5

3738.0

6425.6

Jamlangan soliq yuki, foizda

95.7

55.3

59.8

132.6

0.0

Real fiskal bosim (RFB)

162.3

140.0

75.9

183.4

0.0

Soy foyda (zarar) ming. so’m

-8933.8

-2380.7

-6237.7

-3971.9

-6425.6

Jadval ma’lumotlaridan ko’rish mumikinki, 2010-2014 yillarda korxonaning qo’shilgan qiymati faqat soliqlardan iborat bo’lgan.

RFB ko’rsatkichi bo’yicha raqamlarga e’tibor qaratadigan bo’lsak 2010, 2011 va 2013 yillarda korxonaning byudjetga to’lashi lozim bo’lgan barcha to’lovlari (shu jumladan, penya, moliyaviy jarimalar va bojlar) miqdori QQ summasidan ham oshib ketib, uning 1.5-2.0 barobarini tashkil qilganligini ko’rishimiz mumkin. Bu esa korxonaning mablag’ bilan ta’minlanmagan katta miqdordagi sun’iy soliq boqimandalarining shakllanishiga sabab bo’lgan.

Har qanday korxona faoliyati uchun soliqlar muhim ahamiyatga ega. hozirgi kunda soliqlarning ta’sirini hisobga olmagan xolda qabul qilingan boshqaruv qarorlari samarali yoki optimal bo’lishi mumkin emas.

Ma’lumki iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoiti tayyor mahsulotning ishlab chiqarish va sotish bahosini doimiy ravishda pasaytirib borishni talab etadi. Ilmiy adabiyotlarda korxonalar zimmasidagi soliq og’irligi qanchalik past bo’lsa, davlat iqtisodiyotining rivojlanishi ham shunga mos ravishda o’sish tendentsiyasiga ega bo’ladi. Chunonchi, konkret korxonalar soliq majburiyatlarini bajarilishi va ular zimmasidagi soliq yukini baholash mezonlarida mahsulot tannarxini shakllantirishda korxonaning soliqqa oid xarajatlari boshqa moddiy xarajatlar bilan bir qatorda turadi. Shu jihatdan olib qaraganda, soliq yukini hisoblab chiqarishning ilg’or usullaridan foydalanish real vaziyatni to’liq ifodalab beradi.

Ma’lumki, investitsiyalar har qanday jamiyatda iqtisodiy o’sishning muhim omili sifatida e’tirof etiladi. Shu borada kapitalni o’stirishiga ta’sir o’tkazuvchi hamda iqtisodiy o’sishni rag’batlantiruvchi omillar ichida soliqqa tortish masalasi muhim o’rin tutadi. Iqtisodiyotda qulay investitsion muhitni yaratishda maqbul soliq rejimini qo’llash orqali soliq to’lovchilarning haqli e’tirozlariga sabab bo’layotgan ayrim muammolarni, xususan ular zimmasidagi soliq yukini yanada kamaytirish mumkin.

Ma’lumki, soliq stavkasining pasaytirilishi, amortizatsion sxemalarning zamon talablaridan kelib chiqqan holda takomillashtirilishi, xalqaro talablardan kelib chiqqan holda soliqqa tortish bazasini o’zgarishi orqali investitsion muhit yanada qulayroq ko’rinish olishi mumkin.

Faraz qilaylik, iqtisodiyotda soliqlarning mavjud emasligi sharoitida investor o’z quyilmalari uchun to’liq foyda normasini oladi. Soliqqa tortish mavjud bo’lganda esa olinadagan foyda miqdori soliq summasiga kamayadi. Ushbu soliq yukining miqdori korxonalar soliqqa tortish tizimiga, hisoblangan soliq summasiga nisbatan inflyatsiya darajasi ta’siriga, asosiy vositalar va boshqa aktivlarga hisoblanadigan amortizatsiyaning xususiyatlariga, turli daromadlar (kapitalning o’sishi, foizlar yoki dividendlar)ni soliqqa tortishga va boshqa bir qator omillarga bog’liq bo’ladi.

Shu o’rinda soliq yukini keng ma’noda ta’riflaydigan bo’lsak, u o’z ichiga soliq qonunchiligi asosida hisoblangan soliq va boshqa majburiy to’lovlarni hamda ushbu soliqlarni to’lash bilan bog’liq qo’shimcha og’irlikni ham olishini ta’kidlash lozim.

Bundan tashqari, iqtisodchi olimlar A.Kadushin va N.Mixaylovalar uslubiga asosan mamlakatimiz soliq tizimi bo’yicha korxona quyidagi soliklarni to’lashga majburligi aniqlangan:



  1. Qo’shilgan qiymat solig’i (QQS)=(20%/120%)*QQ.

  2. Ish xaqi fondidan yagona ijtimoiy to’lov (YaIT)=(25%/125%)*QQ*Ihf.

  3. Ish xaqidan ushlanadigan daromad solig’i (bu soliq turi korxona tomonidan emas, ishchi to’lashiga qaramasdan uni ushbu modelda hisobga olish taklif kilinadi, chunki korxona o’z ishchisini soliq ushlangandan keyin koladigan raqobatbardosh «sof» daromad bilan ta’minlashga intiladi; bundan tashqari ishchi uchun mexnatni baxolashning muqobili bulib «xufiyona» bandlik sohasidagi daromad, ya’ni solik ushlanmaydigan daromad xisoblanadi. Bu erda daromad solig’ining o’rtacha stavkasi shartli ravishda 20 foiz deb olinadi) (JShDS)=0,2*(1-0,33/1,33)*QQ*Ihf.

  4. Aylanmadan ajratmalar (respublika yul fondiga–1,5%, pensiya fondiga–0,7%, jami 2,2%, KKSni chegirgan xolda) (ACh)=(0,022*QQ/Ko)/1,2 .

5. Foyda soligi (8%) 0,08*(1-KKS-Kzp-Kam-0,022/1,2/Ko)*DS = 0,08*(0,833- Ihf-Kam-0,018/Ko)*QQ.

Yuqorida keltirilgan barcha soliq va majburiy ajratmalarni umumlashtirish

qo’shilgan qiymatning davlatga ajratiladigan ulushini, ya’ni soliq yukini ko’rsatuvchi quyidagi formulani yaratish imkonini beradi:


Download 183.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling