O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi
Download 183.21 Kb.
|
ozbekiston respublikasida soliq yuki darajasini baholash mezonlari va uni kamaytirish masalalari-converted
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillarida soliqlardan iqtisodiy rivojlanishga erishishda samarali foydalanish maqsadida yuqori soliqqa tortish orqali yuridik va jismoniy shaxslar daromadlarini qayta taqsimlab markazlashtirish va davlat investitsiya dasturlarini moliyalashtirish yo’li bilan iqtisodiy infratuzilmani shakllantirish bilan bog’liq ayrim muammolarni hal qilishga erishildi. Ammo, hozirgi paytda iqtisodiy taraqqiyotga erishish, eng avvalo, soliqlardan tadbirkorlikni faollashtirish va ishlab chiqarishni rivojlantirishni rag’batlantirish maqsadida samarali foydalanishni, ya’ni zamonaqiy soliq nazariyalari qoidalarini respublikamiz sharoitiga mos holda qo’llanilishini taqozo etmoqda. Soliq to’lovchilarga nisbatan soliq yukini pasaytirish ularning iste’moli hamda talabi oshib, ayni vaqtda tovarlar realizatsiyasini kengaytirish omili bo’ladi. Barqaror va yuqori iste’mol mavjud bo’lganda esa pulni jamg’arish ko’payadi, xolos. Bunday sharoitda iste’molchilarga nisbatan soliqni pasaytirish kutilgan samara bermasligi mumkin. Lekin jamg’arish koeffitsientining oshishi moliyaviy resurslar bozorini kengaytirish orqali iqtisodiyotning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Demak, mamlakatimizda iste’mol darajasining nisbatan pastligi iste’molchilarga nisbatan soliq bosimini kamaytirish zarurligini bildiradi, deyish mumkin, ammo bunday soliq siyosatini joriy etishdan oldin iste’mol darajasi pastligining sabablarini aniqlash talab etiladi. Iqtisodiyotda soliq yukini optimallashtirishga va bir vaqtning o’zida davlat daromadlari bazasini mustahkamlashga butun dunyoda keng ko’lamli yoki qisman soliq islohotlarini amalga oshirish orqali erishiladi. Bunda eski soliqlarni bekor qilish yoki ularning shaklini o’zgartirish, yangilarini joriy qilish, soliq solish bazalarini o’zgartirish, soliqqa tortish turlarining (bilvosita va bevosita soliqqa tortish) nisbatini boshqarish va boshqa shu kabi mexanizmlardan foydalaniladi. Oldingi paragraflarda soliqqa tortishni birxillashtirish, soliqlarni unifikatsiyalash va korxonalar zimmasidagi soliq yukini pasaytirish lozimligini ko’rib chiqdik va shu maqsadda hozirda amal qilayotgan va faqat fiskallik xarakteriga ega bo’lgan ayrim soliqlar va majburiy ajratmalardan voz kechishni, ayrimlarining esa stavkalarini pasaytirishni taklif qildik. Soliq yukining biz taklif qilgan variantda pasaytirilishi, bir tomondan korxonalarning etarli darajada o’z aylanma mablag’lari bilan ta’minlanishiga va shu asnoda ular iqtisodiy faolligining kuchayishiga zamin yaratsa, ikkinchi tomondan, soliqqa tortishdagi adolat tamoyilining qaror topishiga ko’maklashadi. Biroq, masalaning yana bir tomoni ham borki, u ham bo’lsa, soliq yukining keskin kamaytirilishi natijasida amaldagi byudjet daromadlarining zarur darajada ta’minlanmasdan qolishidir. Shu sababli, soliq islohotlarida soliq yukini shoshma- shosharlik, bir yoqlamalik bilan, muqobil variantlarni ishlab chiqmasdan pasaytirish salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini nazarda tutmoq lozim. Buning uchun soliq islohotlari kompleks tarzda amalga oshirilishi kerak, ya’ni bir tomondan soliq yuki, ayniqsa ishlab chiqaruvchi korxonalar soliq yuki sezilarli darajada pasaytirilishi, ikkinchi tomondan, barcha daromad va mulklarni, shuningdek, iste’molni qamrab oluvchi qayishqoq soliqlar tizimi shakllantirilishi lozim. Bu esa o’z navbatida ayrim yangi soliqlarni joriy qilish, mavjudlarini esa qayta ko’rib chiqqan holda bozor munosabatlariga moslashtirishni taqozo etadi. Shu munosabat bilan soliq sub’ektlari o’rtasida soliq yukini mutanosib ravishda taqsimlanishi masalalari quyidagi yo’nalishlar amalda oshiriladi: korxonalarning real soliq yukini hisoblash borasida buxgalteriya hisobi bilan birgalikda alohida soliq hisobini yuritishni tashkil qilinishi; har qanday korxonada shakllanadigan xarajatlar tarkibini, foydaning shakllanishini tahlil qilib borish. Bu esa qonuniy asosda foyda solig’i va QQSni kamaytirish uchun xizmat qilishi mumkin; mamlakatimiz soliq qonunchiligiga ko’ra, ayrim xarajatlar soliq va majburiy to’lovlarning ob’ektiga kirishini e’tiborga olish talab etiladi. Korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan tegishli hisob-kitoblar xarajatlarni ko’paytirilishi orqali ko’proq soliq to’lanishiga olib kelib, maqbul variantni tanlashda qiyinchilik tug’dirmaydi. Chunonchi iqtisodiyotimizning turli tarmoq va sohalaridagi korxonalarning xarajatlar tarkibi va strukturasi, daromadlarning shakllanishi va shu kabilar turlichaligi bilan farqlanadi; qonunchilikda belgilangan ayrim soliq imtiyozlaridan foydalanishi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun etarlicha samara bermayotganligini soliq yuki ko’rsatkichlarini hisoblashda albatta e’tiborga olish talab etiladi. Chunki bir soliq turining imtiyozlar hisobiga pasaytirilishi boshqa soliq turining oshirilishiga xizmat qilishi mumkin yoki boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektning soliq majburiyatlarini oshishiga xizmat qilishi mumkin; Amaldagi soliq qonunchiligimizga ko’ra gastrol-kontsert faoliyati bilan shug’ullanish huquqini beruvchi litsenziyasi bo’lgan shaxslar - ushbu faoliyatdan olingan daromadlari bo’yicha daromad solig’i to’lashdan, shuningdek ayrim soliqlardan tashqari qolgan barcha soliqlarni to’lashdan ozod qilingan. Endi bir o’ylab ko’raylikchi, byudjetga tushadigan mablag’larni ko’paytirish maqsadida, davlat hatto jismoniy shaxslar daromadini soliqqa tortishda soliqqa tortilmaydigan minimumni bekor qilgan bir sharoitda, sanoat korxonalari zimmasiga QQS va o’ta yuqori stavkali aktsizlar yukini yuklab qo’ygan bir sharoitda juda katta daromadlar keltiradigan gastrol-kontsert faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarni soliq to’lashdan ozod qilib qo’yish soliq solish tamoyillarining qaysi biriga mos kelar ekan. Xuddi shuningdek, respublikamiz qonunchiligiga ko’ra advokatlar hay’atlari, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari nodavlat notijorat tashkilotlari sifatida faoliyatning advokatlar tomonidan yuridik yordam (xizmat) ko’rsatish bilan bog’liq qismi bo’yicha soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’lashdan ozod etiladilar. Fikrmizcha, advokatlik sub’ektlarining notijorat tashkiloti deb topilishi noto’g’ri, chunki ushbu faoliyat bilan ma’lum yuridik xizmatlarni ko’rsatish, aniqrog’i sotish evaziga daromad topish uchun shug’ullaniladi. Demak, bu ham iqtisodiy asoslanmagan imtiyozdir. Shu sababli gastrol-kontsert faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarni hamda advokatlik byurolari va firmalarini umumbelgilangan tartibda soliqqa tortishga o’tish lozim. Hozirgi kunda tadbirkorlik sub’ektlariga berilayotgan soliq imtiyozlarining ko’pchiligi ijtimoiy xarakterga ega. Ayniqsa, korxonalar uchun belgilangan soliqlarning qariyb barchasida nogironlarni mehnatga jalb qilish va shunga o’xshash boshqa ijtimoiy tadbirlar uchun imtiyoz berish ko’zda tutiladi. Ayrim tadqiqotchilar buni qo’llab quvvatlashadi ham. Balki bu soliqning ijtimoiy funktsiyasi nuqtai nazaridan to’g’ridir, ammo nogironlarni ishga qabul qilganlik uchun aynan foyda solig’idan engillik berilishi ishlab chiqarilgan mahsulotlarning arzonligi va raqobatbardoshliligini ta’minlashda va korxonaning foyda olish imkoniyatlarini ta’minlashda sezilarli ta’sir ko’rsatmaydi. Aksincha, shu va shu kabi boshqa ijtimoiy imtiyozlarning mavjudligi tadbirkorlik sub’ektlarining kamroq soliq to’lash (yoki umuman to’lamaslik) ilinjida, yuqorida ta’kidlaganimizdek, ma’lum bir sun’iy shakllarga (“qolip”larga) kirishga undaydi. Sir emaski, hozirgi sharoitda imtiyoz olish uchun ishchilar safiga nogironlarni “jalb qilish”dan oson narsa yo’q. Bu ham bo’lsa qaysidir ma’noda yashirin iqtisodiyotning rivojlanishiga o’z hissasini qo’shadi. Bizning fikrimizcha, soliqdan ijtimoiy imtiyozlar qat’iy ravishda shunday imtiyozlarga muhtoj bo’lgan fuqarolar, ya’ni jismoniy shaxslarning o’ziga adresli tarzda berilishi kerak. Tadbirkorlik sub’ektlari (korxonalar)ga beriladigan soliq imtiyozlari esa iqtisodiy xarakter bilan cheklanishi lozim. Bunday iqtisodiy rag’bat vositasi bo’lgan soliq imtiyozlari ham istisno tariqasida faqat hukumat tomonidan ro’yxati tasdiqlanadigan va monitoringi olib boriladigan, davlat va jamiyat uchun ustuvor bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi, ishlarni bajaruvchi va xizmatlarni ko’rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga berilishi maqsadga muvofiq. Soliq yukini kamaytirishdan kutiladigan byudjet yo’qotishlarini oldini olish va tushumlarni ko’paytirib borishning uchinchi muhim yo’nalishi, bu hozirda soliqqa tortilmayotgan, aniqrog’i soliqqa tortishning iloji bo’lmayotgan norasmiy daromadlar va faoliyatlarni soliqqa jalb qilishdir. Bizning fikrimizcha, mamlakatning amaldagi soliq tizimi va soliqqa tortish mexanizmi iqtisodiyotni erkinlashtirishning hozirgi sharoiti talablariga javob bermaydi, chunki u barcha daromadlarni soliqqa tortish qobiliyatiga ega emas. Bunga esa amaldagi soliq tizimining mo’rtligi va biryoqlamaligi sabab bo’lmoqda. Hozirgi soliq tizimi faqat rasmiy hisobi yuritilayotgan yoki yuritish mumkin bo’lgan faoliyatlar va daromadlarni soliqqa tortishga qodir, xolos. Haqiqatda esa soliqqa jalb qilinmayotgan yoki buning iloji bo’lmayotgan bir talay xufiyona daromad va faoliyatlarni oddiy ko’z bilan ko’rish mumkin, biroq amaldagi qonunchilikka ko’ra isbot qilish qiyin. Ma’lumki, har qanday jamiyatda norasmiy yoki xufiyona iqtisodiyot rasmiy iqtisodiyot bilan parallel faoliyatda bo’ladi. Faqat uning ko’lami mamlakat iqtisodiy, xususan soliq qonunchiligining takomillashganlik darajasiga, soliqqa tortishning qay darajada adolatli tashkil qilinganligiga, ushbu mamlakatda yashovchi xalqning mentalitetiga va boshqa bir qator omillarga bog’liq holda turli xilda bo’ladi. Masalan, umumjahon miqyosida bu holatning nisbiy og’irligi YaIMning 5-10 foizini, rivojlanayotgan va MDH mamlakatlarida esa bu ko’rsatkich 25-60 foizini tashkil qiladi. Agarda mamlakat norasmiy iqtisodiyotini baholashga bag’ishlangan tadqiqotlarga tayanadigan bo’lsak, u holda bizning respublikamizda xufiyona iqtisodiyotning nisbiy og’irligi YaIMning 30-40 foizini tashkil etadi. Bu degani hozirgi to’planayotgan soliqlarning xuddi shu foizlar darajasida, balki undan ham ko’proq miqdorda zahirasi mavjud deganidir, ya’ni xufiyona iqtisodiyot qancha ko’lamda rasmiy iqtisodiyotga ko’chirib borilsa, mos ravishda shuncha miqdorda soliq tushumlari ham ko’payib boradi. Bizning fikrimizcha, norasmiy iqtisodiyot ko’lami va darajasi mamlakat soliqqa tortish tizimining qay darajada mukammalligi va qayishqoqligi, shuningdek, soliq xizmatining professionallik darajasi va unga berilgan vakolatlar ko’lamiga ham bog’liqdir. Chunki, aynan o’tish davri iqtisodiyotidagi, ya’ni soliq tizimi va soliq ma’murchiligi lozim darajada takomillashmagan mamlakatlarda xufiyona iqtisodiyot nisbatan rivojlangan bo’ladi. Biroq, xufiyona iqtisodiyotni hech qachon va hech qanday jamiyatda butunlay yo’qotib bo’lmagan. Faqatgina uning ko’lamini va ko’rinishini davlatning oqilona iqtisodiy siyosati, xususan, mukammal va qayishqoq soliq tizimi orqali qisqartirish va tartibga keltirish mumkin. Yuqoridagilardan kelib chiqadigan bo’lsak, bugungi kunda “soliqlar keng qamrovli, ayni paytda har bir soha, tarmoq va korxonaga alohida qayishqoq va sharoitga moslashuvchan” bo’lmog’i lozim. “Shunga erishmog’imiz kerakki, har bir soliq to’lovchi, u hoh jismoniy, hoh yuridik shaxs bo’lsin, soliq to’lashdan bo’yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o’z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin”. Buning uchun esa soliq tizimini takomillashtirish va soliq yukini pasaytirish bilan bir qatorda, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “soliq organlarini tashkil etishning butun tizimida ham tub o’zgarishlarni amalga oshirish zarur”.
Download 183.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling