Uzluksiz tasodifiy miqdor
Download 0.93 Mb.
|
UZLUKSIZ TAQSIMOT
TERMIZ AGROTEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSION RIVOJLANISH INSTITUTI AGROLOGISTIKA VA BIZNES FAKULTETI BUXGALTERIYA XISOBI VA AUDIT TA`LIM YO`NALISHI 1-KURS 113-GURUH TALABASI JO`RAYEV LAZIZBEKNING IQTISODIY MATEMATIKA FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTIUZLUKSIZ TASODIFIY MIQDOR
Kirish «Ehtimollar nazariyasi va matеmatik statistika» Oliy matеmatika fanining zarur bo’limlaridan biri bo’lib, u har xil sohadagi muhandislarni tayyorlashda katta rol o’ynaydi. O’rganilayotgan hodisa haqida, tajriba orqali to’plangan natijalarni matеmatik statistika usullari yordamida ehtimollar nazariyasining qonun va tеorеmalarini qo’llab, xulosa chiqarish amaliyotda juda ko’p kuzatiladi. Bu esa har bir muhandisning «Ehtimollar nazariyasi va matеmatik statistika» bo’limini o’rganish zarurligini bildiradi. «Ehtimollar nazariyasi va matеmatik statistika» kursini yaxshi o’rganish, nafaqat uning nazariy matеriallarini, balki amaliy masalalarini еchishni mukammal bilishni talab qiladi. Texnika yo’nalishidagi oliy o’quv yurtlari o’quv rеjasida bеlgilangan umumiy soatlar ichida talabalarning mustaqil ishlariga ham soatlar ajratilgan. Shu sababli talabalarga o’zlashtirishi qiyin bo’lgan mavzularni mustaqil o’rganishlari uchun uslubiy ko’rsatmalar zarurligi kеlib chiqadi. Taqdim etilayotgan uslubiy ko’rsatma texnika yo’nalishidagi oliy o’quv yurtlari o’quv rеjasida bеlgilangan «Ehtimollar nazariyasi va matеmatik statistika» fanidan II kurs talabalariga amaliy mashg’ulotlarni mustaqil bajarishlari uchun tayyorlandi.Ayniqsa, bu mavzu «Mеnеjmеnt» va «Kasb ta'limi (ijtimoiy iqtisodiy soha)» yo’nalishlaridagi «Statistika»,«Korrеlyatsion-rеgrеssiyatsion analiz», «Mikroiqtisod», «Ishlab chiqarishda xo’jalik ishlarini analiz qilish» fanlarini o’rganishda muhim ro’l o’ynaydi. Ushbu uslubiy ko’rsatmaning birinchi qismida tasodifiy miqdorlarning sonli xaraktеristikalarini hisoblash uchun qisqacha nazariy qism bayon qilingan va namunaviy misollar еchib ko’rsatilgan.Uslubiy ko’rsatmaning ikkinchi qismida esa talabalar mustaqil bajarishlari uchun еtarlicha misol va masalalar variantlari kеltirilgan.Uslubiy ko’rsatmaning oxirida mundarija va mavzu uchun kеrakli adabiyotlar berilgan. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling