O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/33
Sana23.08.2017
Hajmi2.73 Mb.
#14111
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33

Qo‘l  venalari
Q o'lda  yuza  va  chuqur  venalar  tafovut  qilinadi.
Yuza  venalar  —   teri  ostida  (arteriyalarsiz)  toq  bo'lib 
joylashadi.  Q o'lning  teri  osti  venalari  orasida quyidagi 
ikkita asosiy  venani  ko'rish  mumkin.  Ulardan  biri  bosh 
vena,  ikkinchisi  —   asosiy  vena  (166-rasm).
a)  b o s h  
v e n a   qo'l  panjasining  bosh  barmoq 
tomonidan  boshlanib,  bilakda  uning  tashqi  tomonidan 
yuqoriga  ko'tarilib,  tirsak  sohasiga  kelganda  uning 
old  tomonida joylashgan  qo'shuvchi  tirsak  venasi  vo­
sitasida  asosiy  vena  bilan  qo'shiladi.
b)  a s o s i y   v e n a   qo'l  panjasining  jimjiloq  to­
monidagi  orqa  yuzasidan  boshlanib,  bilakning  oldingi 
yuzasidan  yuqoriga ko'tariladi  va bilakning qo'shuvchi 
venasi  vositasida  bosh  venasiga  qo'shiladi.  Shundan 
so 'ng   bosh  vena  yelkaning  tashqi  yuzasi  bo'ylab 
yuqoriga  ko'tariladi  va  yelka  kamari  sohasida  chu- 
qurlashib,  q o 'ltiq   venasiga  quyiladi.  Asosiy  vena  esa 
yelkaning  ichki  yuzasi  bo'ylab  ko'tarilib,  yelkaning 
o'rtalariga borganda chuqurlashib  yelka venasiga quy­
iladi.
Q o'l  panjasi  hamda  bilak  va  yelkaning  chuqur  venalari  ko'pincha juft 
bo'lib,  arteriyalar  bilan  birga joylashadi  va  ana  shu  arteriyalar  nomi  bilan 
ataladi.  Q o'l  panjasi  venalari  ko'pincha  o'zaro  qo'shilib,  vena  chigalini 
hosil  qiladi.
B i l a k   v e n a l a r i   —   bir  ju ft  b o 'lib ,  shu  joydagi  arteriyalarga 
yondosh  holda  yo'naladi  va  shu  arteriyalarning  nomi  bilan  ataladi. 
M asalan,  bilak  venasi,  tirsak  venasi  va  hokazo.  Yelka  venalari  katta 
ko 'k rak   m uskulining  pastida  o 'z a ro   q o'sh ilib,  q o 'ltiq   venasini  hosil 
qiladi.  Q o 'ltiq   venasi  q o 'ltiq   chuqurchasida  shu  nomli  arteriyaning 
oldidan  yuqoriga  k o 'tarilib,  o 'm ro v   ostidan  o'tishi  bilanoq  o 'm ro v  
osti  venasi  deb  ataladi.
166-rasm.
Qo'lning  yuza 
venalari.
1 -  asosiy  vena;  2 -  
bilak  venalari;  3 -  
b o sh   v e n a ;  4  -  
biriktiruvchi  tirsak 
venasi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Pastki  kovak  vena  sistemasi
Pastki  kovak  vena  (164-rasm)  IV  yoki  V  bel  umurtqalari  ro'parasida 
o'ng  va  chap  umumiy  yonbosh  venalarining  qo'shilishidan  hosil  bo'ladi. 
Bu  vena  yuqoriga  ko'tarilgan  sari  o'ng  tomonga  buriladi  va  jigarning 
orqa  tomonidagi  egatchada  joylashadi.  Uning  shu  joyiga  jigar  venalari 
quyiladi.  Pastki  kovak  vena  o 'z  yo'lida  bel  venalarini,  erkaklarda  moyak 
venasini  yoki  ayollarda  tuxumdon  venasini,  buyrak  va  buyrak  usti  bezi 
venalari  hamda  diafragmaning  pastki  venalarini  qabul  qilib,  so'ngra  diaf­
ragma  orqali  ko'krak  qafasiga  o'tadi.  Bu  joyda  bir  oz  oldinga  yo'nalib, 
so'ngra  yurakning  o'ng  bo'lmachasiga  quyiladi.
Qopqa  vena  sistemasi
Jigarning  qopqa  venasi  (167-rasm)  qorin  bo'shlig'idagi  hamma  a’zo­
lar  (jigardan  tashqari)  venalarining  yig'indisidan  hosil  bo'ladi.  Jumladan, 
ichak  tutqichning  yuqori  va  pastki  venalari  taloq  venalarining  bir-biri 
bilan  m e’da osti  bezi  boshining  orqa  tomonida qo'shilishidan paydo bo'ladi. 
So'ngra  bu  vena  yuqoriga  ko'tarilib,  qorin  pardasidan  hosil  bo'lgan jigar- 
o 'n   ikki  barmoq  ichak  boylami  orasiga  kirib,  jigar  arteriyasi  va  umumiy 
o 't  yo'li  bilan  birga  joylashadi.  Qopqa  vena  jigar  darvozasiga  borganda 
ikkita  shoxga  bo'linadi.  Bular  jigam ing  o 'n g   va  chap  bo'laklari  paren- 
ximasiga  kirib  xuddi  arteriyalar  kabi  mayda  tarmoqlarga  bo'linadi.  Bu 
venalar  hujayralararo  kapillarlar  darajasiga  borib,  u  yerda  moddalar  al­
mashinuvi,  qonni  zararli  moddalardan  tozalash  kabi  vazifalarni  bajargan- 
dan  so 'n g   qaytadan  yiriklashib, 
pirovardida  3— 4  ta jigar  venalarini 
hosil qiladi  va pastki kovak  venasiga 
quyiladi.
167-rasm.  Qopqa  vena  sistemasi.
I  -  qizilo'ngach  venalari;  2 -  qopqa  venaning 
chap  tarmog'i;  3 -   m e’daning  chap  venasi;
4 -  me'daning  o'ng  venasi  tarmog'i;  5  -  taloq 
venasi;  6 -  me’daning  chap  venasi;  7 -  ichak 
tutqichining  pastki  venasi;  8 -   chambar 
ichakning  chap  venasi;  9 -  sigmasimon  ichak 
venalari;  1 0 -   to 'g 'r i  ich ak n in g  yuqori 
venalari;  11  -  to'g'ri  ichakning  o'rta venalari;
/ 2 - t o 'g 'r i  ichakning  pastki  venalari;  1 3 -  
yonbosh  chambar  ichak  venasi;  14 -  och 
ichak  venalari;  15 -  ichak  tutqichining  yuqori 
venasi:  16 -k in d ik   atrofidagi  venalar;  1 7 -  
qopqa  venaning  o'ng  tarmog'i;  18 -  jigaming 
vena  kapillarlari;  19 -jig a r   venalari;  2 0 -  
pastki  kovak  venasi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Qopqa  venalarini  barpo  qilishda  qatnashgan  venalar  quyidagicha  hosil 
bo'ladi:
1.  I c h a k   t u t q i c h n i n g   y u q o r i   v e n a s i   qorin  bo'shlig'idagi 
toq  a’zolar,  ya’ni  och  ichak,  yonbosh  ichak  va  y o 'g 'o n   ichakning  o'ng 
yarmi  (ko'richak,  ko'tariluvchi  chambar 
ichak,  ko'ndalang  chambar 
ichakning  o 'n g   yarmi)  m e’da,  o 'n   ikki  barmoq  ichak  va  m e’da  osti 
bezidan  qon  olib  keluvchi  venalardan  tuzilib,  nihoyat,  qopqa  venasini 
hosil  qilishda  qatnashadi.
2.  I c h a k   t u t q i c h n i n g   p a s t k i   v e n a s i   y o 'g 'o n   ichakning 
chap  yarmi  (ko'ndalang  chambar  ichakning  chap  yarmi,  pastga  tushuvchi 
chambar  ichak,  sigmasimon  ichak  va  to 'g 'ri  ichakning  yuqori  qismi)dan 
boruvchi  venalar  yig'indisini  hosil  qilishda  qatnashadi.
3.  T a l o q   v e n a s i   taloqdan,  qisman  m e’dadan,  m e’da  osti  bezidan, 
katta  charvidan,  o 'n   ikki  barmoq  ichakdan  qon  yig'ib,  ichak  tutqichning 
yuqori  venasi  bilan  qo'shiladi  va  bu  vena  orqali  qopqa  venasini  hosil 
qilishda  qatnashadi.
Umumiy  yonbosh  venasi
Umumiy  yonbosh  venasi  o 'ng  va  chap  tomonda  bittadan  bo'lib,  ichki 
yonbosh  vena  va  tashqi  yonbosh  venalarining  qo'shilishidan  hosil  b o 'la ­
di.  O 'ng  va  chap  tomondagi  umumiy  yonbosh  venalar 
IV — V  bel 
umurtqalari  ro'parasida  bir-biri  bilan  qo'shilib  pastki  kovak  venasini  hosil 
qiladi.
Ichki  yonbosh  venasi  kichik  chanoq  devoriga  tegib  turadi.  Bu  vena­
ning  old  tomonidan  shu  nomli  arteriya  o'tadi.
Ichki  yonbosh  venasi  kichik  chanoq  devorlaridan  va  uning  ichidagi 
a’zolardan kelgan  vena tomirlari  yig'indisidan  hosil  bo'ladi.  Ichki  yonbosh 
venasiga  kichik  chanoq  devoridan  dumbaning  pastki  va  ustki  venalari, 
yopg'ich  vena,  dum g'azaning  yon  venasi  va  yonbosh-bel  venasi  quyiladi.
Kichik  chanoq  bo'shlig'ida  joylashgan  a ’zolardan  ichki  yonbosh  ve­
nasiga,  to 'g 'ri  ichak  devorining  pastki  qismidagi  vena  chigalidan;  qovuq 
venasi  chigalidan,  erlik  olatidan  (ayollarda  esa  klitordan),  ichki  uyatli 
venadan,  prostata  bezidan  vena  qoni  quyiladi.
Kichik  chanoq  bo'shlig'ida  joylashgan  a’zolar:  to 'g 'ri  ichak,  qovuq, 
prostata  bezi  (ayollarda  klitor  va  bachadon)  atrofida  to 'r  hosil  qilib  jo y ­
lashgan  vena  qon  tomiri  chigallari  faqat  vena  qonining  yo'nalishini 
ta’minlab qolmasdan,  balki  a’zolami  tashqi ta’sirotlardan saqlab,  amortizator 
vazifasini  bajaradi.  Bu  xususiyat  faqat  chanoq  bo'shlig'ida  joylashgan 
ichi  bo'sh  a’zolarga  xos  bo'lib  qolmasdan,  balki  barcha  ichi  b o 'sh   a’zo­
larga  ham  taalluqlidir,  chunki  ichi  bo'sh  a’zolar funksional  har  xil  holatda 
(hajmining  kengayishi  yoki  kichrayishi)  bo'lishidan  qat’i  nazar,  m e’dada 
vena  qon  oqimini  tomir  chigali  bir  m e’yorda  ta’minlaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Tashqi  yonbosh  venasi  tomir  kovagidan  o'tuvchi  son  venasining  be- 
vosita  davomi  bo'lib,  katta  chanoq  bo'shlig'ida  shu  nomli  arteriyaning 
medial  tomonidan yuqoriga ko'tariladi,  ichki yonbosh  venasi bilan qo'shilib, 
umumiy  yonbosh  venasini  hosil  qiladi.
Oyoq  venalari
Oyoq  venalari  yuza  va  chuqur  joylashgan  venalardan  tuzilgan.
Yuza  yoki  teri  osti  venalari  arteriyalarsiz  yo'naladi.  Chuqur  venalar 
esa  ko'pincha  bir  xil  nomli  arteriyalar  bilan  birga  joylashadi.  Oyoqda 
ikkita  yirik  teri  osti  venasi  tafovut  qilinadi.  Ulaming  biri  katta  «yashirin» 
vena  bo'lib,  u  oyoq  panjasining  bosh  barmoq  tomonidan  boshlanib,  bol­
dir  va  sonning  ichki  yuzasi  bo'ylab  yuqoriga  va  sonning  oldingi  yuqori 
sohasida  (chov  boylami  ostida)  joylashgan  ovalsimon  teshik  orqali  o'tib, 
chuqur joylashgan  son  venasiga  quyiladi.  Ikkinchi  teri  osti  venasi  kichik 
«yashirin»  vena  esa  jimjiloq  tomondan  boshlanib,  boldirning  orqa  tomo­
nidan  ko'tarilib  taqim  sohasida  chuqurlashib,  taqim  venasiga  quyiladi. 
Oyoqning  teri  osti  venalari  oyoq  panjalari,  boldir  va  sonning  teri  ostidan 
qon  yig'adi.  Ular  bir-biri  bilan  o'zaro  qo'shilib,  anastomoz  hosil  qiladi 
(168,  169-rasmlar).
O y o q   p a n ja s in in g   c h u q u r 
jo ylash gan  venalari  arteriyalar 
bilan  birga  yo'naladi.  Ular  kaft 
rav o g 'in i  hosil  qilib,  yuqoriga 
ko'tariladi.  Bu  venalar  shu  nomli 
arteriyalar  bilan  birgalikda  joyla­
shadi.  Oldingi  va  orqadagi  katta 
boldir  venalari  oyoq  kaft  venala­
ridan  tashqari  boldir  muskullari­
dan  qon  yig'adi.  Ular  taqim  so­
hasida  o 'z a ro   q o 'sh ilib ,  taqim  
v e n a sin i  h o sil  q ila d i  va  o 'z  
nomidagi  arteriya  hamda 
katta 
boldir  nervi  bilan  birga  umumiy 
parda  (qin)  ichida  joylashadi.
Taqim  venasi  kichik  «yashi­
rin »   v e n a d a n   ta s h q a r i  tiz z a  
b o 'g 'im i  venalarini  qabul  qilib, 
168-rasm.  Oyoqning 
so'ngra son  sohasiga  o'tadi  va  son 
yUza  venalari. 
venasi  nomi  bilan  ataladi.  Son  / -
oyoq  panjasining
venasiga  sonning  chuqur  venasi,  vena
to'rlari;  2 - t e n  



.  o sti  v en a la ri;  3 -
sonmng  yuza  (ten  osti)  venalari  kichik  <>
va  katta  «yashirin»  venasi  quyi- 
vena; 
4 

Download 2.73 Mb.


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling