O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi
-rasm . N efronning tuzilishi
Download 2.73 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 124-rasm . Erkak ch anogining korinishi. / - q o v u q suyagi; 2 - qovuq; i - u r u g pufagi
- SIYDIK A’ZOLARINING RIVOJLANISHI
- ERKAKLARNING TANOSIL A’ZOLARI
- Tashqi tanosil a’zolari
- Erkaklarning siydik chiqarish nayi
123-rasm . N efronning tuzilishi. 1 - kiruvchi arteriya; 2 - kapillar koptokchasi; 3 - chiquvchi arteriya; 4 - buralma naycha qon tomirlari; 5 - ikki qavatli kapsula; 6 - birlamchi naycha; 7 - ikkinchi buralma naycha; 8 - nay- chaning bukilgan joyi: 9 - y i g ‘uvchi t o ‘g ‘ri naycha. www.ziyouz.com kutubxonasi tufayli bu devor qalinroq va baquvvatroq bo'ladi. Arteriyadagi qon bosi mi o'rtacha 90— 100 mm ga teng. Aksincha, kapsula ichidagi bosim va undan chiquvchi arteriya tomirlari bosimi 25—30 mm dan oshmaydi. Nihoyat, siydik chiqaruvchi naydagi bosim 10 mm ni tashkil etadi. Shun day qilib, buyrak koptokchasining qon tomirlar o'rtasidagi bosimlar turlicha bo'lishi birlamchi siydik ajralishiga sabab bo'ladi. Kapsuladan chiquvchi arteriya nefron naychalarining devorida yana kapillarlar to'rini hosil qilib, so'ngra vena tomirlariga o'tadi. Naychalardan o'tayotgan birlamchi siydik tarkibidagi organizmga kerakli moddalar qonga qayta shimilishi natijasida ikkilamchi yoki haqiqiy siydik vujudga keladi. Fiziologiyasi. Bir kecha-kunduzda buyrak koptokchalaridan 120— 150 I atrofida birlamchi siydik ajraladi. Birlamchi siydik tarkibida mochevi- na, azot kislotalaridan tashqari, erkin aminokislotalar, glukoza, vitamin va tuzlar ham bo'ladi. Birlamchi siydik birlamchi buralma naycha, to'g'ri naycha, naycha bukilmasi, ikkilamchi buralma naychalar va yig'uvchi naychalardan o'ta turib, ulaming devorlari orqali glukoza, vitaminlar, aminokislotalar, tuzlar va suvlar qayta qonga so'riladi. Natijada 120— 150 / birlamchi siydikdan o'rtacha 1,5 / haqiqiy siydik hosil bo'ladi. Moddalar almashinuvi davrida hosil bo'lgan organizmga keraksiz moddalar (kreatinin, sulfatlar) naycha- larda so'rilmasdan siydik bilan tashqariga chiqib ketadi. Shuning uchun ulaming siydikdagi miqdori qonga nisbatan bir qancha ortiq bo'ladi. Haqiqiy siydik tiniq, och sariq bo'lib, solishtirma og'irligi 1,010— 1,020 ga teng. Kuchsiz kislotali yoki neytral ishqoriy bo'ladi. Tarkibida ko'rsatkichda ko'rsatilgandek, 95% suvdan tashqari turli moddalar ham mavjud. Odam ko'proq go'sht iste’mol qilganda siydik kislotali yoki neytral sharoitda, turli o'simliklar iste’mol qilganda esa ishqoriy bo'ladi. Miyaning pastki ortig'i bezi gormonining ta’sirida buyrak naychalari orqali suv shimiladi. Shu tariqa organizmda suv miqdorining bir me’yorda saqlanishida qatnashadi. Odam ko'proq suv ichganda gormonning ta’siri tufayli siydik yo'li funksiyasining faollashishi orqali ortiqcha suv organizmdan chiqarib tashlanadi. Organizmdagi tuzlar (natriy, kaliy) miqdori esa buyrak usti bezining gormoni orqali bir me’yorda saqlanadi. Siydik yo‘li Siydik yo'li uzunligi 30 sm bo'lib, siydikni buyrak jomidan qovuqqa o'tkazadi. Bu nayni qorin parda faqat old tomondan qoplaydi. Siydik yo'li joylashishiga ko'ra qorin va chanoq qismdan iborat. Siydik yo'li boshlanish qismida, chanoqqa o'tish chegarasida va qovga kirish oldida birmuncha torayadi. Siydik yo'lining qovuq devori ichidagi qismiga yashi- ringan qism deyiladi. Siydik yo'lining qorin qismi orqa tomondan bel muskullariga tegib tursa, old tomondan erkaklarda urug'don arteriyasi va venasi bilan, ayollarda www.ziyouz.com kutubxonasi esa tuxumdon arteriyasi va venasi bilan kesishib joylashgan. 0 ‘ng siydik yo‘li qorin bo‘shlig‘ida pastki kovak vena, ko'richak va ko'tariluvchi chambar ichaklar bilan yondashib joylashgan. Chap siydik yo'li esa aorta va pastga yo'naluvchi chambar ichakka tegib turadi. Siydik yo'li chanoq bo'shlig'ining boshlanishida uning devori bo'ylab yo'naladi, so'ngra devordan uzoqlashib, erkaklarda urug' yo'li bilan kesishadi va qovuqqa boradi. Ayollarda bachadon, qin yaqinida bachadon arteriyasi bilan kesi shib o'tib, qovuq devoriga kiradi. Siydik yo'lining devori biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan tashqi qavat, uning betida joylashgan muskul qavati va ichki — shilliq qavatidan tuzilgan. Shilliq qavatida shilliq ishlovchi bezlar bor. Fiziologiyasi. Buyraklardan ajralgan siydik buyrakning kichik va kat ta kosachalari orqali buyrak jomiga, undan siydik yo'liga o'tadi. Tomchilab tushgan siydik yo'lining tepadan pastga qarab bo'g'im -bo'g'im (peristaltik) qisqarishi natijasida qovuqqa tomon yo'naladi. Qovuq Qovuq (124-rasm) kichik chanoq bo'shlig'ida joylashgan. Hajmi 500— 700 ml bo'lib, ichida siydik bor-yo'qligiga qarab, shakli o'zgarib turadi. Qovuqning pastdagi qismi — qovuq tubi, yuqori toraygan uchi — cho'qqi va bu ikki qism oralig'i — qovuq tanasi tafovut qilinadi. Qovuq devori to'rt qavat dan tuzilgan: 1) eng ichki qavati — shilliq qavati qovuq bo'shaganda burmalarga boy bo'ladi, siydikka to'lganda esa burmalar yozilib, hajmi kengayib kattalashadi. Shil liq qavatda shilliq bezchala- ri va lim fa tugunchalari joylashgan; 2) biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan shilliq osti qavati shilliq qavatida burmalar hosil bo'lishida rol o'ynaydi; 3) muskul qavati uch qavat joylashgan silliq muskul tolalaridan iborat; 4) seroz parda qavati qovuqning cho'qqisi bilan orqa yuza sini o'raydi. Erkaklar va ayollar qovug'i topografiyasi jihatdan bir-biridan tubdan 124-rasm . Erkak ch anog'ining ko'rinishi. / - q o v u q suyagi; 2 - qovuq; i - u r u g ' pufagi: 4 - prostata b ezin in g orqadan ko'rin ishi; 5 - t o ' g ' r i ichak; 6 - proslata bezining oldindan ko'rinishi; 7 - qorin to'g'ri m uskuli; 8 - qorin parda; 9 - Kuper bezi; 10, I I - g'ovak tanalar; 12, 1 3 - e rlik olati; 14 - yorg'oq . www.ziyouz.com kutubxonasi farq qiladi. Ayollar qovug‘ining orqasida bachadon va qin, erkaklarda esa urug' pufaklari va urug‘ chiqarish yo'llari bo'ladi. Ayollar qovug'i ustiga bachadon engashib turganligi uchun qovuq cho'qqisi yaxshi rivoj- lanmagan tekis bo'ladi. Qovuqning old tomonida qovuq bilan qov suyak lari orasida ularni ajratib turuvchi oraliq bor. Shuning uchun qovuq erkin harakat qila oladi. Qovuq siydik bilan to'lganda chanoq bo'shlig'idan ko'tarilib, qov birlashmasidan yuqoriga, hatto kindikgacha boradi. Ayol larda qovuq tubi maxsus boylamlar bilan mahkamlangan bo'lsa, erkaklar da u boylamlardan tashqari, prostata bezi bilan birlashgan. Shuning uchun erkaklar qovug'i ayollar qovug'iga nisbatan balandroq o'mashgan. Fiziologiyasi. Bo'sh qovuq puchaygan holda bo'lib, siydik to'plangan sari asta-sekin kengayib hajmi oshadi. Shunday qilib, qovuq kengayishi natijasida 500—700 ml gacha siydikni yig'ib turishi mumkin. Odatda qovuqda 250— 300 ml siydik yig'ilganda 12— 14 sm ga teng (simob ustuni hisobida) bosim paydo bo'lib, qovuq devori va siydik chiqarish nayining boshlanishida joylashgan ikkita aylanma ichki va tashqi siquvchi muskul sfinkterlardagi nervlar ta’sirlanib, impulsni orqa miyaning bel qismidagi qovuq markaziga yetkazadi. U yerdan chanoqda joylashgan parasimpatik nervlar orqali qovuqqa ta’sir etadi. Natijada qovuq devori muskullari qisqarib, siydik chiqarish nayining sfinkter muskullari bo‘shashadi-da, siydik tashqariga chiqadi. Chaqaloqlarda qovuq nerv si stemasi va muskullari yaxshi rivojlanmaganidan, ular bir yoshgacha siydik tutib tura olmaydi va bir kecha-kunduzda 15—25 martagacha siyadi. SIYDIK A’ZOLARINING RIVOJLANISHI Buyrak rivojlanishida uch davr farq qilinadi: 1. Boshlang'ich (bosh) buyrak—pronefroz embrion rivojlanishining uchinchi haftalarida mezodermadan paydo bo'lgan 5—7 ta kalta naychadan tuzilgan. Bu naychalar qorin bo'shlig'ining orqa devorida joylashgan bo'lib, ulaming tashqi uchlari qo'shilib, bitta umumiy yo'l hosil qiladi. Naychalar- ning bir oz kengaygan medial uchlari qarshisiga arteriya mayda tarmoqlari keladi. Odamda pronefroz ishlamasdan to'rtinchi haftada yo'qoladi. 2. Birlamchi buyrak—mezonefroz yoki Volf tanasi naychalari bosh buyrak naychalaridan pastroqda mezodermadan embrion rivojlanishining to'rtinchi haftalarida paydo bo'ladi. Naychalar uchi bosh buyrakning umumiy yo'liga qo'shiladi, so'ngra bu yo'l birlamchi buyrak yo'li Volf kanaliga aylanib qoladi. Naychalarning ikkinchi (medial) uchlari borib- borib xaltacha shakliga aylanadi. Bu xaltacha ichiga arteriya kapillyarlaridan hosil bo'lgan chigal koptokcha joylashadi. Xaltacha bilan arteriya chigali buyrak tanasini paydo qiladi. Embrion o'sish davrida Volf kanalining yuqori qismidan paydo bo'lgan buyrak tanachalari shimilib yo'qoladi, ular o'rnida pastroqda yangi tanachalar vujudga keladi. Birlamchi buyrak www.ziyouz.com kutubxonasi embrion rivojlanishining ikkinchi oyida vazifasini bajarib, uchinchi oyida rivojlanayotgan doimiy buyrakka o'rin beradi. 3. Doimiy buyrak — metanefroz ikki qism — ikki joydan rivojlanadi. Jumladan, buyrak va uning siydik chiqarish qismi nefrotomlar (mezoderma) dan alohida rivojlanadi. Keyinchalik buyrak tanasi naychalar orqali siydik yig'uvchi naychalarga qo'shiladi va buyrak piramidasi hosil bo'ladi. Bu vaqtda Volf nayining pastki qismidan siydik yo'li vujudga keladi. Siydik yo'li yuqoriga qarab o'sib, uning uchidan buyrak jomi, buyrakning katta va kichik kosachalari rivojlanadi. Keyinchalik ulardan siydik yig'uvchi mayda yo'llar paydo bo'lib, buyrakning siydik ajratuvchi qismi (nefron) bilan qo'shiladi va bir butun sistemani, ya’ni siydik ajratish va chiqarish yo'lini hosil qiladi. Qovuq birlamchi ichak nayining pastki kengaygan joyi (kloaka) dan rivojlanadi. Embrion rivojlanishida kloaka ketma-ket joylashgan ikki qismga ajraladi. Orqadagi qismidan to 'g 'ri ichak rivojlanadi. Kloaka oldingi bo'lagining ustki qismidan qovuq, pastki qismidan esa siydik va tanosil bo'shlig'i rivojlanadi. Bo'lg'usi qovuq (siydik pufagi) embrionda naycha shaklida bo'lib, kindik orqali ona organizmiga siydikni o'tkazib turadi. Bola tug'ilib kindik kesilgandan so'ng, siydik yo'lining tepa qismi burishib, boylamga o'tadi. Pastki qismidan esa qovuq hosil bo'ladi. Bu vaqtda siydik-tanosil bo'shlig'idan siydik chiqarish yo'li rivojlanadi. TANOSIL A’ZOLARI Tanosil (jinsiy) a’zolari funksiyasiga qarab erkak va ayollar tanosil a’zolariga, o'z navbatida joylanish o'rniga qarab ichki va tashqi tanosil a’zolariga bo'linadi. ERKAKLARNING TANOSIL A’ZOLARI Erkaklar ichki tanosil a’zolariga moyaklar va ular ortig'i, urug' chiqarish yo'llari, urug' pufakchalari, prostata bezi, Kuper bezlari kiradi. Tashqi tanosil a’zolari erlik olati va yorg'oqdan iborat. Moyaklar (125, 126-rasmlar) bir juft bo'lib, yorg'oq ichida joylash gan. Moyaklar tanosil a’zolari ichida erkaklik urug'i — spermatozoid va erkaklik gormoni ishlab chiqarishi bilan alohida o'rin tutadi. Moyaklar ichki tomonidan bir oz siqilgan, ellipssimon shaklli bo'lib, orqa qirg'og'iga uning ortig'i yopishib turadi. Moyak ustini yaxshi pishgan tuxumga o'xshash yaltiroq oqsil parda o'rab turadi. Pardaning ichki to monidan moyak ichki moddasiga o'sib kirgan to'siqlar ularni alohida bo'laklarga ajratadi. Bo'lakchalar old tomoni keng yoyilgan yelpig'ichga o'xshab tarqalgan, orqa tomoni esa yig'ilib, moyak devorlari oralig'i sohasiga ochiladi. Har bir bo'lakcha ichida urug' ishlab chiqaradigan 3— 4 tadan kanalchalar bo'lib, ular bir-biri bilan qo'shilib, to 'g 'ri urug' kanalchalarini hosil qiladi. www.ziyouz.com kutubxonasi 125-rasm. Yo'rg'oq ichida moyakning ko'rinishi. /-urug' tizimchasi; 2, 3 - moyak ortig'i; 4 - ortiq dumi; 5 - moyak bilan ortiq o'rtasidagi bo'shliq; 6 - moyakning g'ilof pardasi; 7 - tashqi urug' fassiyasi; 8 - ichki urug' fassiyasi; 9-moyakni ko'taruvchi muskul. 1 - urug' chiqarish yo'li; 2 - urug' yo'li; 3 - ortiq; 4 - tuxum oralig'i; 5 - to'g'ri kanalchalar; 6 -urug' turi; 7 -urug' bo'lakchalari; 8 - urug' ishlab chiqaruv- chi kanalchalar; 9 - oqsil parda. T o‘g ‘ri kanalchalar esa moyak de vori oralig'i sohasida o'zaro qo'shilib, urug' to'rini hosil qiladi. Kanalchalar to'ridan 12— 16 ta urug' chiqarish naychalari ajraladi va moyak ichidan chiqib, urug' chiqarish yo'li nomi bilan yuqoriga ko'tarilad i. Bu y o 'l qon tomirlar va nervlar bilan birgalikda biriktiruvchi to'qima pardasi bilan o'ralib, urug' tizimchasi sifatida chov kanali orqali qorin bo'shlig'iga o'tadi. Bu yerda urug' chiqarish yo'li qon tomirlardan ajralib, chanoq bo'shlig'ining yon devori tomon yo'naladi va qovuq tagida kengayib, urug' pufakchasi nayi bilan qo'shiladi va urug' otuvchi yo'lni hosil qila di. Urug' otuvchi yo'l prostata bezi orasidan o'tib, siydik chiqarish kana lining shu qismiga ochiladi. Urug' chiqarish yo'lining uzunligi 40— 45 sm, devori — ichki shilliq qavati, o'rtasidagi muskul qavati va tashqi biriktiruvchi to'qima qavatidan tuzilgan. Urug‘ tizimchasi urug' chiqarish yo'li va moyakni oziqlantiruvchi arteriyalar va ulardan ketuvchi vena tomirlari, limfa tomirlari hamda nervlari birga ichki urug' fassiyasi o'rashidan vujudga keladi. Urug' tizimchasi moyakdan chov kanali orqali qorin bo'shlig'iga, undan urug' chiqarish yo'li qon tomirlari va nervlardan ajralgan holda urug' otuvchi kanalchalarga o'tadi. Urug' pufakchalari — bir juft, usti notekis, uzunligi 5 sm kengligi 3 sm keladigan xaltacha bo'lib, ishlab chiqargan suyuqligi siydik yo'lini 12 - 177 www.ziyouz.com kutubxonasi tozalab, nordon sharoitdan neytral holatga o ‘tkazib beradi. Aks holda moyakdan kelayotgan urug' siydik yo‘lidan o ‘ta turib, nordon sharoitda otalantirish xususiyatini yo‘qotadi. Urug‘ pufakchalarining devori ichki tomondan katak-katak joylashgan shilliq qavati, o'rta muskul qavati va ustki biriktiruvchi to'qima qavati dan tuzilgan. Kuper bezlari. Siydik chiqarish kanali so'g'oni bezlari yoki Kuper bezlari yumaloq, kattaligi no'xatdek bir juft bezlar bo'lib, siydik chiqarish yo'lining parda qismida, olat so'g'onining ustida joylashgan. Bezlarning ingichka naychalari olat so'g'onining moddasi ichidan o'tib, siydik chi qarish yo'liga ochiladi. Bezlarning suyuqligi siydik chiqarish yo'lining devorini siydik ta’siridan saqlaydi. Prostata bezi. Qovuqning tagida siydik chiqarish nayini o'rab joylash gan. Tarkibida bez epiteliysidan tashqari siydik muskul tolalari va biriktiruvchi to'qimalar ham uchraydi. Prostata bezi qizg'ish rangda bo'lib, katta odamlarda uzunligi 3 sm, kengligi 4 sm, og'irligi taxminan 20 g. U 30—50 ta bezchalar yig'indisidan iborat. Ularning sekret chiqarish naychalari siydik chiqarish yo'lining prostata bezi ichidan o'tgan bo'lagiga ochiladi. Prostata bezi suyuqligi spermatozoidlarni suyultirib, harakatini faollashtiradi. Bez muskullari siydik yo'lining prostata bezi qismini saqlab turish vazifasini bajaradi. Sperma — urug'; moyak bo'lakchalarida joylashgan buralma kanal- chalarda odam balog'atga yetgandan keyin ishlanadi. Yetilgan urug' be- vosita urug' to'riga, undan urug' chiqarish kanalchalariga o'tadi. Bu kanalchalardan urug' tizimchasi orqali urug' otuvchi yo'lga o'tib, so'ngra siydik chiqarish kanalining prostata bezi bo'lagiga ochiladi. Balog'atga yetgan odamda uning jinsiy jihatdan faol bo'lgan davrida hujayralari — spermatozoidlar moyakda doimiy yetilib turadi. Spermatozoidda boshcha, tana va dum bo'lib, bir minutda 3,5 mm gacha harakatlanish xususiyatiga ega. Erkak urug'ining ko'p miqdorda yetilib, ayol jinsiy yo'lida 2— 3 kungacha otalantirish xususiyati bor. Spermatozoidlar, odatda, urug' chiqa rish yo'llari, urug' pufakchalari, prostata va Kuper bezlaridan ajralgan sekret- lar bilan aralashgan suyuq holatda bo'ladi. O'rtacha 1 sm3 da 60 000 gacha spermatozoid mavjud. Lekin har bir urug' ajralish jarayonida erkaklaming 200 000 000 gacha urug'i chiqsa-da otalantirish uchun faqat bittasi yetarlidir. Tashqi tanosil a’zolari Erkaklarning tashqi tanosil a’zolari erlik olati va yorg'oqdan iborat. Erlik olati (127-rasm) jinsiy yaqinlashuv va siydik yo'li a’zosi bo'lib, spermatozoid hamda siydik chiqarish vazifasini bajaradi. Olat uchta g'ovak tanadan tashkil topgan. Bittasi siydik chiqarish nayining ost tomonida, www.ziyouz.com kutubxonasi qolgan ikkitasi uning ustida yonma-yon joylashgan. G'ovak tanalar silliq mus kullardan va elastik fibroz to'qimalardan tuzilgan b o 'lib , ular orasi har xil katakchalardan iborat. Erlik olatining ta- ranglashishi va yumshashi ana shu katakchalaming qon bilan to'lib turishi yoki kamayishiga bog'liq. Siydik chiqa rish nayi joylashgan g'ovak tananing pro stata bezi tomonga qaragan qismi piyoz shaklda kengaygan bo'lsa, ikkinchi uchi qo'ziqorin qalpog'iga o'xshab olat bo- shini hosil qiladi. Qolgan ikkita g'ovak tananing oldingi uchlari olat boshiga kirib turadi. Bulaming orqa tomonlari kengay ib, qov suyagiga yopishadi. Siydik chiqarish nayi olat boshiga vertikal holatda yoriq bo'lib ochiladi. Olat terisi uning boshi tomonga yaqinlashgan sari yupqalashadi va olat boshiga yetganda erkin qoplab turuvchi qismga aylanadi. Yorg'oq teri xaltacha bo'lib, unda moyaklar joylashgan. Bu xaltacha 7 qavatdan iborat: 1) eng ustki teri qavati to'qroq rangli, yupqa va nozik bo'lib, moyli modda va ter ishlab chiqaruvchi bezlarga boy; 2) go'shtdor parda har qaysi moyakni alohida o'ragan teri osti birik tiruvchi to'qimasidan tuzilgan. Ikkala moyak xaltachasi o'rtada qo'shilib, yorg'oq devorlarini hosil qiladi; 3) tashqi urug' fassiyasi — qorin devorlaridagi muskullarni ustidan qoplovchi fassiyaning yorg'oqdagi davomidir; 4) moyakni ko'taruvchi muskul fassiyasi shu nomdagi muskulni qopla- gan fassiya bo'lib, chov kanalining tashqi halqasidan yorg'oqqa tushadi; 5) moyakni ko'taruvchi muskul qorin ko'ndalang muskulidan ajralib, yorg'oqqa tushganda parda holida tarqaladi. Qisqarganda moyakni yuqoriga ko'taradi; 6) ichki urug' fassiyasi qorin devorlarining ichki tomonidagi ko'nda lang fassiyaning davomi bo'lib, moyakni va urug' tizimchasini o'raydi; 7) moyakning g'ilof pardasi qorin (seroz) pardaning bir qismi bo'lib, moyak rivojlanib, yorg'oqqa tushish jarayonida uni o'rab birgalikda tu- 127-rasm. Erlik olati. I - siydik chiqarish nayining tashqi teshigi; 2 - olat boshchasi; J - olat tanasi; 4 - g'ovak tana muskullari; 5 - olat arteriyasi va venasi; 6 - Kuper bezi; 7 - oraliqning ko'ndalang mus kuli; 8 - siydik chiqarish yo'lining si quvchi muskuli; 9-g'ovak tananing qov suyagiga yopishgan qismi; 10, //-olatning g'ovak tanasi. www.ziyouz.com kutubxonasi shadi. Bu parda ikki varaqdan iborat bo'lib, biri moyakning ustini, ikkin chisi yorg'oq devorini o'raydi. Bu ikki varaq o'rtasida hosil bo'lgan bo'shliq seroz parda bo'shlig'i bo'lib, ularni seroz suyuqlik namlab turadi. Erkaklarning siydik chiqarish nayi Erkaklaming siydik chiqarish nayi (127-rasm) qovuqdan boshlanib, olatning boshida tashqi teshik bo'lib tugaydi. Uzunligi 18 sm bo'lgan siydik chiqarish nayi joylashgan o'rniga qarab uch qismga bo'linadi; 1) prostata qismi qovuqdan boshlanadi va prostata bezining qoq o'rta sidan o'tib, bezning uchiga kelganda parda qismga o'tadi. Nayning bu qism i eng keng b o 'Iak b o 'lib , uzunligi 2,5 sm kelad i. U rug ' do'mboqchasining ikki yonboshida prostata bezlari naychalarining teshi gi va urug' otuvchi yo'llaming teshiklari ochiladi. 2) parda qismi — siydik chiqarish nayining eng kalta (1 sm ga teng) qismi bo'lib, prostata bezining uchidan boshlanib, pastda olat so'g'oniga o'tib ketadi. U chanoq bo'shlig'idan siydik tanosil (chanoq) diafragmasi- ni teshib, siydik yo'liga o'tadi. Nay parda qismining devori 4 qavatdan iborat. Eng ichki shilliq qavat uzunasiga joylashgan burmalar hosil qila di. Uni sirtidan shilliq osti qavati o'raydi, unda ikki qavatdan iborat silliq muskul tolalari turadi. To'rtinchi qavat ko'ndalang-targ'il muskul tolalari hisoblanadi. 3) g'ovak tana qismi kanalning eng uzun qismi bo'lib, past tomondagi olat g'ovak tanasining o'rtasida joylashgan. Bu qism boshlanish joyida va tashqariga chiqish oldidan birmuncha kengaygan bo'ladi. Naychaning shilliq qavatida mayda bezlar joylashgan. Erlik olati qo'zg'alm agan holatda turganida siydik chiqarish nayi ikki joydan (g'ovak tananing boshlanish joyi va o'rtasidan) bukilgan bo'ladi. Olat qo'zg'alganda (ereksiya) oldingi bukilma yo'qoladi Download 2.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling