O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi
MODDALAR VA ENERGIYA ALMASHINUVI
Download 2.73 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Y O G L A R (L IP ID L A R ) A L M A S H IN U V I
- SU V V A M IN E R A L T U Z L A R A L M A S H IN U V I
- IS SIQ L IK N IN G ID O R A E T IL ISH I
MODDALAR VA ENERGIYA ALMASHINUVI Moddalar almashinuvi jarayoni tirik odamga xos xususiyat bo'lib, organizm tinmay kislorod, oqsillar, yog'lar va uglevodlar, vitaminlar, tuzlar va suv qabul qilishi shart. Qabul qilingan moddalar tarkibiy qismga aylanadi, ya’ni assimilatsiya bo'ladi. Assimilatsiya jarayonida vujudga kelgan keraksiz moddalar (dissim ilatsiya) organizmdan tashqariga chiqiriladi. Dissimilatsiya jarayonida (oksidlanish) 1 g yog'dan 9,3 kkal, 1 g oqsildan 4,1 kkal va 1 g uglevoddan ham 4,1 kkal issiqlik ajraladi. Bunga yonish issiqligi deb ataladi. Organizmda hosil bo'lgan issiqlikning bu qismi to'qimalarning ishlash jarayonida ferment va gormon ajralishiga sarflanadi. Binobarin, organizmdagi assimilatsiya va dissimilatsiya majmuasi moddalar almashinuvi hisoblanadi. Asosiy almashinuv. Odamda umumiy almashinuv asosiy almashinuv bilan ichki qo'shimcha almashinuvdan iborat. Asosiy almashinuv odam ovqat yeganidan 12— 14 soat o'tgach (nahorda) muskullami bo'shashti- rib, 18—22° С li xonada harakatsiz yotganda bir kecha-kunduzda sarf bo'ladigan energiya bilan o'lchanadi. Ayni vaqtda asosiy almashinuv quvvati odamda o'rta hisobda 1600 kkal ga teng bo'lib, u organizm hayot faoliyatiga, uning ishlashiga va gavda haroratining bir me’yorda saqlanib turishiga sarf qininadi. Asosiy almashinuv kuchi odamning yoshiga, bo'yiga, gavda vazni va jinsiga bog'liq. Bo'yi, vazni teng bo'lgan erkaklarga nisbatan ayollarda asosiy almashinuv qariyb 10 foiz kam bo'ladi. Bu almashinuv keksalik davrida kamayadi, bolalarda esa kattalarga nisbatan ko'proq bo'ladi. Asosiy almashinuv ba’zi kasalliklarda o'zgaradi, shu jumladan gipofiz kasalligida kamayib, gavdani yog' bosadi, qalqonsimon bez kasalligida aksincha, 150 foizga ko'payadi. Shunda odam ovqat yegani bilan ozaveradi. Kasalxona sharoitida asosiy almashinuvni aniqlash uchun Krog usulidan foydalaniladi. Jumladan, odam 1 / kislorod sarflaganda, 4,8 kkal issiqlik ajraladi. Shundan kelib chiqib kislorodning kaloriya koeffitsiyentini, bemoming sarflagan kislorod hajmiga ko'paytirib, istagan vaqtdagi (bir minut, bir soat va h.k.) energiya sarfini hisoblab chiqish oson. Odam tinch holatdagiga nisbatan ishlagan vaqtida energiya sarfi (ish qo'shimchasi) ortadi. Muskullaming ishlash qobiliyatiga qarab, qo'shimcha ish ham o'zgaradi. Muskullar zo'r ishlaganda qo'shimcha ish ham ko'payadi. Aqliy mehnatda esa energiya sarfi unchalik oshmaydi. Jumladan, jismoniy mehnat qilganda va sportchilarda 4000 — 7000 kkal energiya sarflansa, aqliy mehnatda atigi 3000 kkal energiya sarf bo'ladi. www.ziyouz.com kutubxonasi Moddalar almashinuvi. Odam qabul qiladigan barcha moddalar moddalar kirimini tashkil qiladi. Bu moddalar organizmda parchalanib, hujayralardagi dissimilatsiya natijasida hosil bo'lgan oxirgi chiqindi mahsulot suv va tuzlar bilan birga (karbonat angidrid va suv) o'pka orqali, ko'pchiligi (mochevina, azot kislota va boshqalar) buyrak orqali chiqib ketadi. Organizmdan chiqib ketadigan moddalar — moddalar chiqimi hisoblanadi. Shunday qilib, organizm qabul qilgan moddalar bilan undan chiqib ketgan moddalar miqdoriga nisbati moddalar almashinuvi balansi bo'ladi. Orga nizmning oziq moddalarga ehtiyojini aniqlash uchun asosiy almashinuvi o'rganiladi. Bu katta ahamiyatga ega bo'lib, odamlar ishlayotganida, dam olayotganida va bolalar bog'chada bo'lgan vaqtida ularga zarur bo'lgan mahsulotlarni aniqlash imkonini beradi. Moddalar almashinuvi yoshga va organizmning holatiga qarab o'zgaradi. Jumladan, keksalarda uzoq cho'zil- gan kasallik vaqtida moddalar almashinuvi balansi manfiy bo'ladi. Bu vaqtda organizm qabul qilgan ovqatga nisbatan ko'proq moddalar parcha- lanadi. Katta yoshli odamlarda moddalar va energiya iste’moli bilan sarfi, gavda og'irligi uzoq vaqt bir xil saqlanadi. Bola o'sayotgan davrda gavda og'irligi ortib borishi sababli moddalar almashinuvi balansi musbat bo'ladi. OQSILLAR ALMASHINUVI Oqsillar 20 ta turli aminokislotalardan tashkil topgan murakkab moddalardir. Odatda, oddiy va murakkab oqsillar tafovut etiladi. Oddiy oqsillar faqat aminokislotalardan tuzilgan bo'lsa, murakkab oqsillar tarki bida aminokislotalardan tashqari yog'lar, uglevodlar va nuklein kislotalar bo'ladi. Aminokislotalar almashtirib bo'lmaydigan va almashtirsa bo'ladigan guruhlardan iboratdir. Almashtirib bo'lmaydigan o'nta aminokislota (ar- ginin, leysin, lizin, triptofan va h.k.) organizmda sintezlanmaydi. Shuning uchun bunday aminokislotalar ovqat tarkibida bo'lishi shart. Almashtirsa bo'ladigan o'nta aminokislota (glikokol, alanin, sistein va h.k.) esa organizmda sintezlanishi mumkin. Organizmda barcha aminokislotalar muayyan va kerakli miqdorda bo'lishi lozim. Organizmda aminokislotalardan biri yetishmay qolsa, unda muayyan oqsil sintezlanmay turli kasalliklar kelib chiqadi. Shuning uchun organizmga yetishmaydigan aminokislotalarni ovqat bilan iste’mol qilin- sa, organizm normal holda o'sadi. G o'sht, tuxum va sut tarkibida aminokislotalarga boy oqsillar bo'lib, o'simliklar tarkibida esa ular kamroq bo'ladi. Oqsillar hujayralaming tarkibiy qismi bo'lib, odatda, ulardagi kimyoviy reaksiyalami tezlashtirishda muhim vazifani bajaradi, organizmda esa ko'pchilik funksiyalami ta’minlashda faol qatnashadi. Jumladan qon gemoglobin oqsili 0 2 va C 0 2 larni tashisa, fibrinogen qonni ivitadi. Nukleoproteidlar irsiy belgilarning nasldan-naslga o'tishida qatnashadi. Bir kecha-kunduz ovqat iste’mol qilmagan odamda o'rtacha 20— 30 g oqsil parchalanib, undan o'rtacha 3,7 g azot ajraladi. Oqsilli ovqat iste’mol www.ziyouz.com kutubxonasi qiladigan odamlarda esa azot miqdori birmuncha oshiq (100 g oqsilda 16 g azot) bo'ladi. Oqsil yog'lar va uglevodlarga o'xshab organizmda zaxira bo'lib to'planmaydi, balki organizmga qancha oqsil kirsa, shuncha parchalanadi, o'zlashtirilmay qolgan oqsillar qismi esa axlat bilan tashqariga chiqib ketadi. Shuning uchun organizm qabul qilgan oqsil bilan sarflangan oqsil miqdorini aniqlash orqali organizmning oqsillarga bo'lgan ehtiyojini bilish mumkin. Bulardan tashqari, organizmda parchalangan oqsil miqdorini siydik tarkibidagi azot miqdoriga qarab aniqlanadi. Odatda, 6,25 g oqsil tarkibida 1 g azot bo'ladi. Buning uchun siydik tarkibidagi azot miqdori ni 6,25 ga ko'paytirilsa, organizmda sarf bo'lgan oqsil miqdori kelib chiqadi. Organizmda o'zlashtirilgan oqsil miqdori parchalangan oqsil miq doriga teng bo'lsa, normal holat yoki azot muvozanati hisoblanadi. Azot muvozanati uchun organizmda o'rtacha 60— 70 g oqsil bo'lishi lozim. Lekin bunday holat odamning ish faoliyatini ta’minlay olmaydi. Binoba rin, odamga bir kecha-kunduzda o'rtacha 100 g oqsil kerak bo'ladi. Normal oqsil almashinuvi muvozanatini ovqatdagi azot miqdoridan na- jasdagi azot miqdori olib tashlangandan so'ng qolgan azot siydikdagi azot miqdoriga teng bo'lishi bilan aniqlanadi. Oqsilga bo'lgan ehtiyoj emadigan bolalarda 1 kilogramm gavda og'irli- giga 3,0— 3,5 g, 8— 10 yashar bolalarda 2,3 g bo'lsa, katta yoshli odam larda 1,5 g. Oqsilga bo'lgan ehtiyoj kasbga qarab o'zgaradi. Homilador lik davrida, og'ir kasallikdan tuzala boshlagan vaqtda esa oshib boradi. O q s i l l a r a l m a s h i n u v i n i n g b u z i l i s h i . Kasallikda oqsil sintezi va parchalanishi o'zgarib, sog'lom organizmga xos bo'lmagan yangi oqsillar paydo bo'ladi. Oqsillar almashinuvidagi o'zgarishlami azot balansini o'rganish yo'li bilan aniqlash mumkin. Buni organizmga ovqat bilan kirgan va chiqqan azot miqdorini solishtirish orqali aniqlanadi. Odatda, normal odamda organizmga kirgan va chiqqan azot miqdori (azot muvozanati) bir xil. Ko'p kasalliklarda (isitma, qon yo'qotish, xavfli o'smalar va turli zaharlanishlarda) esa azot miqdorini organizm vaqtincha kamaytirib, yo'qotgan azot o'mini to'ldiradi va azot muvozanati vujud ga keladi. Qondagi qoldiq azotni o'rganib, uning muvozanatini aniqlash mumkin. Qoldiq azot mochevinadan tashqari siydik kislotasi, kreatinlarda ham bo'ladi. Oqsillar almashinuvining buzilishi to'qimalar va ular hujay ralarining struktur o'zgarishi (oqsilli distrofiya)ga olib keladi. Oqsilli distrofiyalar turlicha bo'ladi. Hujayra disproteinozlari, ya’ni hujayralardagi oqsilning normaga nisbatan morfologik va fizik-kimyoviy tuzilishi o'zgargan bo'ladi. Bular donali va gidrolik distrofiyalardir. Donali distrofiyada hujayralar bo'kkan ko'rinishda bo'lib, protoplaz- masida qo'pol donalar paydo bo'ladi. Mitoxondriyalarda esa bo'kish va vakuolizatsiyalar kuzatiladi. www.ziyouz.com kutubxonasi Donali distrofiyalar buyrakning spiralsimon kanalchalarida, jigar hujayralari va yurak muskullarida uchraydi. Bunda a’zolar hajmi kattalashib, bo‘shashgan bo'ladi. Kesmasi kulrangnamo, bo'kkan ko'rinishda bo'ladi. Donali distrofiya oksidlanish jarayonining susayishi orqali karbonat va sut kislotalarining to'planishi hamda kislorod almashinuvining buzilishi oqibatida paydo bo'ladi. Donali distrofiya yurak muskullarining qisqarish qobiliyatini pasaytiradi, parenximatoz a’zolar funksiyasini susaytiradi, buyrakning siydik ajratish jarayonini buzib, siydikda oqsil paydo qiladi. Donali distrofiyada a’zolar normal holga keladi, ba’zida esa hujayralar halok bo'lib, a’zolar faoliyati og'ir buziladi. Gidrolik distrofiya turli intoksikatsiyalar, yuqumli kasalliklar, a’zolar shishida oqsil hamda suv almashinuvining buzilishi orqali paydo bo'ladi. Bunda hujayra protoplazmasida oqsillar konsentratsiyasiga bog'liq bo- simning o'zgarishi suv tutuvchi vakuollarni paydo qiladi. Gidrolik distrofiyada ko'pincha hujayralar halok bo'ladi. UGLEVODLAR ALMASHINUVI Uglevodlar oddiy va murakkab bo'ladi. Oddiy uglevodlar monosaxa- ridlar: glukoza, fruktoza, galaktozalar bo'lib, suvda oson eriydi va ichakdan tezda shimilib, qonga o'tadi. Murakkab uglevodlar (disaxarid va polisa- xaridlar), asosan, ovqatlar tarkibida bo'ladi. Sut, lavlagi, solod qandi kabilar disaxaridlar bo'lib, suvda oson erisa ham deyarli so'rilmaydi. Glikogen va kraxmallar polisaxaridlar bo'lib, suvda eriydi va so'rilmaydi. Polisaxaridlar ichakda disaxaridlarga, so'ngra monosaxaridlarga parcha- lanadi. Uglevodlar organizmga non, sabzavot va mevalar bilan kiradi. Organizmdagi ortiqcha uglevodlar yog'larga aylanib, teri ostida, charvida va boshqa joylarda to'planadi. Qonda uglevodlar o'rtacha 80— 120 mg% miqdordagi glukoza holatida bo'ladi, ortiqchasi esa muskullarda, jigarda glikogen holatida saqlanib, organizmga kerak bo'lgan vaqtda (och ishla- ganda) glikogen parchalanib, glukozaga aylanib qonga shimilib, undagi glukoza miqdorini bir me’yorda saqlaydi. Agar qonda glukoza miqdori 80 mg% dan kamaysa, gipoglikemiya deyiladi. Bunda nerv hujayralarining funksional holati buziladi. Odam darmoni qurib, ochlikni sezadi. Uzoq davom etgan gipoglikemiya odam o'limiga sabab bo'ladi. Odam ko'proq shirinlik qabul qilgan vaqtda qonda glukoza miqdori 120 mg% dan oshib, giperglikemiya kuzatiladi. Qondagi ortiqcha glukoza buyraklar orqali siydik bilan ajraladi. Glukozaning siydik bilan chiqishi surunkasiga davom etsa, unda diabet (qand kasalligi) paydo bo'ladi. Odatda, ichakdan so'rilgan glukoza me’da osti bezining insulin gormoni ta’sirida gliko genga aylanib, jigarda to'planadi. Agar insulin ajralish vaqti kechiksa www.ziyouz.com kutubxonasi yoki uning miqdori kamaysa, qondagi glukozaning glikogenga aylanish jarayoni buzilib, glukoza siydik orqali tashqariga chiqadi. Natijada zaxiradagi glikogen organizmda normadan asta-sekin kamayadi. Shuning uchun qand kasalligida organizmdagi glikogen miqdorini bir me’yorda saqlash uchun insulin ukol qilinadi. Organizmdagi glukoza va glikogen miqdorini hamda ularning parchalanish jarayonlarini nerv sistemasi boshqaradi. Simpatik nerv sistemasi ta’sirida adrenalin gormoni (buyrak usti bezining miya qavatidan) ko‘p ajralib (insulinga qarama-qarshi ta’sir ko'rsatib), glikogenning glukozaga aylanishini va ulaming hujayralarda parchalanishini tezlatadi. Adrenalin gormonidan tashqari qalqonsimon bez, miyaning pastki ortig'i (gipofiz) gormonlari ham uglevodlar almashinu- vida qatnashadi. Y O G 'L A R (L IP ID L A R ) A L M A S H IN U V I Yog'lar organizmda energiya rolini bajaradi va energetik mablag' tariqasida ishtirok etadi. 1 g yog' oksidlanib, uglevod oqsilining 1 g oksidlanishiga nisbatan 2,0— 2,2 barobar ortiq (9,3 kkal) issiqlik chiqaradi. Lipidlar glitserin bilan yog' kislotalaridan tashkil topgan neytral yog'lar- dan iborat murakkab organik moddalar va fizik-kimyoviy xossalari bilan shu moddalarga yaqin turadigan lipoidlar (litsetin va xolesterin) dir. Lipoidlar tarkibiga ko'p atomli spirtlar, fosfat kislotalar va azotli birikmalar ham kiradi. Lipidlar almashinuvi oqsillar va uglevodlar almashinuvi bilan bog'liq. Jumladan, oqsillar bilan uglevodlaming ortiqchasi organizmda yog'larga aylanadi. Yog'laming ortiqchasi esa gavda og'irligining 10% dan 30% gacha (moddalar almashinuvi buzilganda bundan ham oshadi) zaxira yog' sifa tida saqlanadi. Yog'lar almashinuvi jarayoni nerv sistemasi va ichki sekretsiya bezlari (miyaning pastki ortig'i, buyrak usti, qalqonsimon bez, jinsiy bezlar gormonlari) tomonidan idora qilinadi. Yog' miqdorining buzilishi ko'pincha yetarli ovqatlanmaslik, me’da osti bezi, jigaming o 't ajratish faoliyati buzilishi orqali ingichka ichakda yog' so'rilishi xususiyatining pasayishi natijasida paydo bo'ladi. Odam yetarli ovqatlanmaganida yoki organizm haddan tashqari ko'p energiya sarflaganda depodagi yog'lar sarflanadi. Odam qoq suyak bo'lib ozib ketganda ham organizmdagi yog' butunlay sarflanmaydi. Ba’zi kasalliklarda moddalar almashinuvining kuchayishi, qalqonsimon bez giperfunksiyasi ham yog'laming parchalanish jarayonini kuchaytiradi. Odamning ovqat bilan ko'p miqdorda yog' iste’mol qilishi qonda yog'ning ko'payib ketishi (giperlipemiya)ga olib keladi. Natijada yog'ning qondan to'qimaga o'tishi sustlashadi. To'qimada yog' miqdorining buzilishi yog' deposi (to'planadigan joy- lari)da uning miqdorining kamayishi (yog' distrofiyasi) yoki ko'payishi- www.ziyouz.com kutubxonasi ga sabab bo'ladi. Yog' miqdorining mahalliy ko'payishi odatda a’zo yoki to'qima atrofida sodir bo'ladi. Odatda, ko'p ovqat iste’mol qilinib, kam energiya sarflash, ovqatdan oldin ichimlik (ishtahani ochish uchun) ichish umumiy semirishga, ya’ni yog' depolarida yog'ning ko'proq to'planishi- ga olib keladi. Bulardan tashqari, ichki sekretsiya bezlari (jinsiy bezlar, gipofiz va qalqonsimon bezlar) funksiyasining izdan chiqishi ham yog'larning to'planishiga sabab bo'ladi. Yurakni yog' bosganda, yog' faqat a’zolaming atrofidagina emas, uning muskul tolasi oralig'ida ham to'planadi. Yog' distrofiyasi yurak muskuli, jigar, buyraklar, kamroq boshqa a’zolarda kuzatiladi. Yog' to'planishining boshlanishida jigar, buyrak funksiyalari saqlansa-da, keyinchalik buzilishi natijasida ularning hajmlari kattalashadi. Organizmda yog' distrofiyasi ko'proq alkogolizmda, yuqumli kasal- liklarda, zaharli moddalar ta’sirida, gipoksiyada kuzatiladi. Y og' distrofiyasida a’zolar funksiyasi buziladi. Xolesterin almashinuvining buzilishi yog' almashinuvining buzilishi bilan bog'liq bo'lib, qon tomirlar devorida xolesterin to'planib, biriktiruvchi to'qimalar rivojlanadi. Natija da qon tomirlar devori qalinlashib (ateroskleroz), qon aylanishi buziladi. Xolesterin miqdorining organizmda ko'payishiga uni ko'plab ovqat bilan (xolesterin tuxum sarig'i, jigar va go'shtda ko'proq bo'ladi) iste’mol qilish sabab bo'ladi. SU V V A M IN E R A L T U Z L A R A L M A S H IN U V I Odam organizmining 2/3 qismini suv tashkil qiladi. Suv hujayralararo bo'shliqlarda, hujayralaming tarkibiy qismida bo'ladi, shuningdek qon va limfaning suyuq qismini tashkil etadi. Suv organizmda moddalaming parchalanishi (oksidlanish) jarayonida hosil bo'ladi. Bulardan tashqari, suv organizmga qabul qilingan suyuqliklar va ovqatlar orqali ham kiradi. Shu bilan birga organizmdan bir kecha-kunduzda o'rtacha 1,5— 2,0 / suyuqlik (buyrak orqali 500— 800 ml, nafas yo'lidan chiqarilgan havo bilan 500—600 ml, ter bilan 500— 600 ml) tashqariga chiqadi. Organizmda suv va mineral tuzlar hamisha bir xilda bo'lishi zarur, chunki u organizmdagi ko'pchilik moddalaming erishi uchun keraklidir. Organizmda suv miqdori kamaysa, qon suyuqlashadi, yurak urishi tezlashadi, og'iz quriydi. Chidab bo'lmas darajada chanqash kuzatiladi. Odam suyuqlikni kam qabul qilsa, to'qimalar hujayrasidagi suyuq muhit yangilanmaydi. Natijada moddalar almashinuvida hosil bo'lgan chiqindilar tashqariga chi- qarilmaydi, organizm zaharlanib o'ladi. Aksincha, to'qimalarda suv to'plan- sa, shish paydo bo'ladi. Bunda to'qimalar hajmi kattalashib bo'shashadi. Barmoq bilan bosilganda hosil bo'lgan chuqurcha uzoq saqlanadi. Shish- gan to'qima hujayralari oralig'idagi suyuqliklar ular oralig'ini kattalashtiradi. www.ziyouz.com kutubxonasi Shu bilan birga organizm bo‘shliqlarida ham suyuqlik to'planishi (istisqo) kuzatiladi. To'qima va organizm bo'shliqlarida suyuqlik to'planishiga transsudat deyiladi. Suyuqlikning to'plangan joyiga qarab turlicha nom bilan ataladi: qorin bo'shlig'ida suyuqlik to'plansa, istisqo — assit, plevra bo'shlig'idagini — gidrotoraks, yurak parda bo'shlig'idagini — gidrope- rikard, miya bo'shlig'i oralig'idagini — gidrosefaliya va tuxumning qin parda bo'shlig'idagini gidrosele deb ataladi. Shishlar va istisqolar ko'pincha yurak faoliyatining susayishi, qon aylanishining sekinlashishi va venoz kapillyarlardagi bosimning ortishi tufayli paydo bo'ladi. O 'ta ochlik, og'ir kasalliklar, buyraklar faoliyatining buzilishi, zaharli moddalar ta’siri va turli shikastlanishlar ham shishlar paydo bo'lishiga olib keladi. Odatda, organizmga suv va ovqatlar bilan 15 ga yaqin turli kimyoviy elementlar kiradi. Jumladan: osh tuzi — 10 g, kaliy — 1 g, magniy 1,5 g, fosfor — 0,8 g, temir — 0,001 g, kalsiy — 0,012 g va juda kam miqdorda mis (0,0003 g), marganes va yod (0,0003 g) va boshqalar. Bu elementlar turli to'qimalarda turlicha tarqalgan. Masalan, qon gemoglobinida temir, suyaklar tarkibida kalsiy va fosfor, qalqon simon bez hujayralarida yod ko'proq bo'ladi. Organizmda kimyoviy elem entlar miqdori doimo bir xil bo 'lish i kerak. Shuning uchun organizmga qancha miqdorda mineral moddalar kirsa, shuncha miqdorda tashqariga chiqib turadi. Organizmdagi suyuqlik tarkibida 0,9— 1,0% osh tuzi eritmasi bo'lib, ular ko'p miqdorda hazm shiralari ishlab chiqarilishiga ta’sir qiladi. Q o'zg'alish, tormozlanish va muskullarning qisqarishida muhim rol o'ynaydi. Mineral moddalar almashinuvining buzilishi k o 'p ro q qalqonsim on bez orqa tanalari funksiyasining o'zgarishida kuzatiladi. Osh tuzi organizmdagi osmatik bosimni bir xilda saqlab turadi. Surunkasiga ovqat tarkibida osh tuzi bo'lmasa, bu odamni o'limga olib keladi. Organizmdagi osh tuzi miqdorini bir me’yorda saqlashda buyraklar muhim rol o'ynaydi. Yuqorida keltirilgan elementlardan tashqari, organizm juda kam miqdorda zarur bo'lgan elementlar (bularga mikroelementlar deyiladi) ham qabul qiladi. Anemiya bo'lmaslik uchun kobalt (vitamin B |2 tarkibida bo'ladi), tishlarning mustahkamligini saqlash uchun ftor va qonda karbonat angidrid gazini biriktirish uchun rux (karboangidraza fermenti tarkibida bo'ladi) qabul qilinadi. Ovqat miqdori va tarkibi odam ehtiyojini qondirishi, salomatligi va ish qobiliyatini saqlashi, bolalarning to'g'ri o'sishini ta’minlaydigan bo'lishi kerak. Jumladan, jismoniy mehnat bilan shug'ullanmaydigan odamlarga bir kecha-kunduzda o'rtacha 3000 kkal kerak bo'lib, buning uchun 100 g oqsil, 90 g yog' va 400 g uglevod, mineral tuzlar, vitaminlar, osh tuzi va suv qabul qilish kerak. Jismoniy mehnat qilganda iste’mol qilinadigan ovqat tarkibida oqsil, yog', uglevod va boshqalar ko'proq bo'lishi zarur. Bordi-yu, ovqat tarkibida (ishlovchilarda) oqsil 200 g dan, yog' esa 150 www.ziyouz.com kutubxonasi g dan oshib ketsa, ovqat hazm bo'lishi buziladi. Og'ir jismoniy ish ja rayonida esa uglevodlar miqdorini oshirish, aksincha ozish uchun uning miqdorini kamaytirish tavsiya etiladi. IS SIQ L IK N IN G ID O R A E T IL ISH I Organizmda moddalar almashinuvi jarayonida issiqlik ajraladi. Uning bir qismi tashqi muhitga chiqadi. Organizmda issiqlik — harorat bir me’yorda saqlanishi uchun odam tanasidagi issiqlik bilan tashqariga ajraladigan issiqlik teng bo'lib turishi kerak. Odamda asosiy issiqlik mus kullar qisqarishidan hosil bo'lib, faol ishlagan vaqtda issiqlik ajralishi ko'payadi. Issiqlik muskullardan tashqari, ichki a’zolarda (ko'proq jigarda) moddalar almashinuvi jarayonida ham hosil bo'ladi. Odam issiqlikni teri, o'pka orqali va siydik, axlat bilan birga tashqariga chiqaradi. Atrof-muhit harorati o'zgarib turishiga qaramasdan, organizm o'z haroratini nerv va qon orqali doimiy bir me’yorda saqlab turadi. Jumladan, atrof-muhitda harorat ko'tarilganda terida joylashgan nerv oxirlari (retseptorlar) qo'zg'alib, bosh miyadagi haroratni boshqaruvchi markazga boradi, undan harakat nervlari orqali muskullarga, so'ng teriga keladi. Muskullar bo'shashadi, moddalar almashinuvi jarayoni pasayadi, teri qon tomirlari kengayib, issiqlik ajratadi, hatto teridan ter chiqib, badanni sovitib turadi. Aksincha, atrof-muhit harorati pasayganda retseptorlar ta’sirida muskullar qisqara di, teri qon tomirlari torayadi, tonus oshib, «titrash» paydo bo'ladi, mod dalar almashinuvi jarayoni tezlashadi. Natijada teridan issiqlik kamroq ajralib, gavdada ko'proq issiqlik saqlanadi. Organizmda harorat bir xilda saqlanishi uchun ichki sekretsiya bezlari faol qatnashadi. Odam harorati o'rtacha 36— 37° gacha (qo'ltiqdan o'lchanadi) bo'lib, bir kecha-kunduzda 1° atrofida o'zgarib turadi. Chaqaloqlarda haroratni to 'g 'ri ichakdan o'lchanadi. Odam organizmida harorat ko'tarilgan vaqtda yurak urishi tezlashadi, qon bosimi oshib, bosh og'riydi. Odam harorati 39— 40° dan yuqori ko'tarilganda alahsiraydi, harorati 43° bo'lganda moddalar almashinuvi jarayoni buzilib, o'lib qoladi. Odam harakatsiz paytida gavda haroratini saqlash uchun bir kecha- kunduzda o'rtacha 2000 kaloriya yetarli bo'lsa, mehnat qilganda, yugur- ganda issiqlikka bo'lgan ehtiyoj ortadi. Kerakli issiqlik moddalar almashinuvining kuchayishi tufayli ta’minlanadi. Termoregulatsiya nerv sistemasi va endokrin bezlar (qalqonsimon bez, buyrak usti bezlari, gipo- fiz) ishtirokida bajariladi. Organizmning issiqlik regulatsiyasi sovqotganda yoki isitmada buziladi. S o v q o t i s h . Gavda haroratining pasayishi (gipotermiya) organizmga past harorat ta’sir qilganda kuzatiladi. Tashqi muhit harorati odam haroratidan 10— 15°C kamayganda sovqotish seziladi. Zax havoda organizmdan issiqlik ajralishi kuchayib, odam tez sovqotadi. Qariyalar va yosh bolalar sovuqqa sezgir bo'ladilar. Ochlik, kasal bo'lgan www.ziyouz.com kutubxonasi vaqtda qon aylanishi pasayadi, yengil kiyingan va harakatsiz turgan odamlar atrof-muhit harorati pasayishidan kuchli ta’sirlanadilar. Sovqotish odam gavdasining periferik tomirlari torayib, issiqlik berishning kamayishidan boshlanadi. Ayni vaqtda organizmda issiqlik hosil bo'lishi kuchayadi. Bunga qon bosimining ko'tarilishi va muskullarda issiqlik hosil bo'lishini kuchaytiradigan qaltirash yordam beradi. Odam uzoq vaqt sovqotganda uning issiqlik yo'qotishi kuchayadi, kislorod ko'plab sarflanib, kislorod tanqisligi paydo bo'ladi. Markaziy nerv sistemasi tormozlanadi. Periferik tomirlar kengayib, issiqlik berish kuchayadi, gavda harorati esa asta- sekin pasayadi. Bu holatda moddalar almashinuvi sustlashib, qon bosimi pasayadi. Funksiyalar zaiflashib, odam o'zini charchagan sezadi. Sovqotish davom etib, gavda harorati 23—24°C gacha pasaysa, nafas olish to'xtab, o'lim sodir bo'ladi. Q i z i s h odam uzoq vaqt yuqori harorat ta’sirida bo'lganda (saraton- da va issiq sexlarda ishlaganda, jismoniy mehnat qilganda) ro'y beradi. Bundan tashqari, qizish bulutli issiq kunlarda, nam havoda (shamol esganda) ham kuzatiladi. Aksincha, kuchli terlaganda odam 50—60°C issiqlikka ham chidashi mumkin. Lekin ko'p terlaganda ter bilan ko'plab tuz yo'qo- tadi. Bu esa qonda tuz kamayishiga, noxush holatlarga sabab bo'ladi. Qizish moddalar almashinuvining kuchayishi va gavda haroratining ko'tarilishi bilan boshlanadi. Keyinchalik reflekslar yo'qolib, yurak faoliyati susayib, talvasa tutadi. I s s i q u r i s h i qizishning birdan boshlanish turidir. Bunda odam kuchli hansiraydi, yurak tez uradi, qayt qilib, talvasa tutadi, oxiri hushdan ketadi. Issiq urishida organizmning issiqlik ajratishi qiyinlashib, gavda harorati 42— 48°C gacha ko'tariladi. Issiq urishi ko'pincha o'lim bilan tugaydi. O f t o b u r i s h i quyosh nurlaii bosliga kuchli ta’sir etganda ro'y beradi. Bunda bosh qizib, miya tomirlari kengayib, qon aylanishi buziladi. Natijada, miyada va uning pardalarida nuqtasimon qon quyilishlar paydo bo'ladi. Bosh miya kuchli qo'zg'alib, odam ruhiyatida o'zgarish kuzatiladi, talvasa tutadi. I s i t m a . Ko'pchilik, ayniqsa yuqumli kasalliklarda gavda harorati ning ko'tarilishi kuzatiladi. Bunga isitma deyiladi. Isitmada moddalar almashinuvi, yurak-tomir va nafas sistemasi faoliyati buziladi. Bunda atrof-muhit harorati qanday bo'lishidan qat’i nazar, gavda harorati bir xil saqlanadi. Masalan, ich terlama kasalligi kuchaygan paytda gavda harorati 40°C dan tushmaydi. Isitma ko'pincha nerv va endokrin sistemalarining buzilishiga bog'liq bo'lib, odam qizish va sovishga moyil bo'ladi. Isitma aksariyat yuqumli kasalliklarda mikroblarning toksinlari va to'qimalarning parchalanish mahsulotlari ta’sirida yuzaga chiqadi. Bulardan www.ziyouz.com kutubxonasi tashqari, organizmga yot oqsillar tushganda, bosh miya lat yeganda, yiringli yaralarda va ba’zi dorilar ta’sirida ham isitma kuzatiladi. Isitmada organizmda issiqlik hosil bo'lishi kuchayib, issiqlik berish esa kamayadi. Isitma sabablari bartaraf qilinmaguncha organizm normal holatga qaytmaydi. Isitmada uch bosqich tafovut qilinadi. 1. Haroratning ko'tarilish bosqichi qisqa (2— 3 kun) bo'lib, terining qon tomirlari qisqarib, issiqlik ishlash kuchayadi, issiqlik chiqarish esa kamayib, organizmda issiqlik to'planadi, gavda isib ketadi. Tomirlaming qisqarishi bemomi qaltiratadi. Qaltirash kuchaygan sari muskullar titraydi. 2. Ikkinchi bosqichda harorat ko'tarilishi turg'un bo'ladi. Issiqlik hosil bo'lishi bilan issiqlik berish baravarlashadi. Moddalar almashinuvi kuchayib, siydik bilan chiqadigan azot (oqsilning parchalanish mahsuloti) ko'payib, bemor ahvoli og'irlashadi. Suv va tuzning organizmda ko'plab tutilishi natijasida siydik kam ajraladi. 3. Uchinchi bosqichda harorat pasayib, qon tomirlar kengayadi, issiq lik berish asta-sekin kuchayadi. Lekin bemor gavdasining harorati normadan past bo'lsa-da, go'yo issiqlik (subyektiv) bordek his qiladi. Odatda, harorat turli kasalliklarda turlicha bo'ladi. Jumladan, o'pka shamollashi kasalliklarida doimiy turdagi isitma kuzatiladi. Bunda ertalabki harorat bilan kechqurungi haroratning farqi ko'pincha 1°C ga tengligi kuzatiladi. Sepsis (qonga yiring tarqalgan)da, o'pka silida ertalabki harorat bilan kechqurungi haroratning farqi 3—4° С bo'ladi. Bunday haroratga remittirlanuvchi isitma deyiladi. Intermittirlanuvchi (o'zgaruvchan) isitmada isitmasiz davr bilan isitmali davr (bezgakda) almashib turadi. Qaytalanuvchi isitmada harorat 5— 8 kun saqlanib, normal holat bilan almashinib boradi. Bunday isitma qaytalanuvchi terlama kasalligida kuzatiladi. Subferbil haroratda haroratning bir daraja ko'tarilishi uzoq muddat (sil va endokrin, surunkali yallig'lanish kasalliklarida) davom etadi. Isitma paytida ichki a’zolarda bir qadar o'zgarishlar bo'lishi mumkin. Jumladan, odam harorati ko'tarilgan sari nafas olish kuchayadi. Yurak urishi ritmi (taxikardiya) tezlashadi. Haroratning har bir daraja ko'tarilishi yurakning urish sur’atini bir minutda 10 tagacha ko'paytiradi. Masalan, 37°C da bir minutda yurak 70 marta qisqarsa, 38°C da urish minutiga 80 taga yetadi va h.k. Isitma paytida bosh o g 'riyd i, k o 'zga har xil narsalar ko 'rin ib (gallusianatsiya), bemor alahsiraydi. Harorat ko'tarilganda so'lak ajralishi kamayib, og'iz quriydi. Me’da, me’da osti bezi shiralari kamayadi. Natijada ovqat hazmi buzilib, gaz to'planadi. Ich qotishi yoki ketishi kuzatiladi. Isitma boshlanishida siydik ko'p ajralib, harorat ko'tarilgan sari kamayadi. Siydikda oqsillaming to'la parchalanmagan mahsulotlari paydo bo'ladi. www.ziyouz.com kutubxonasi Bulaming hammasi organizmning isitmaga moslashish, kasalliklarga qarshi kurashish reaksiyasi hisoblanadi. Shuning uchun isitma ko'pchilik hollarda organizm uchun foydalidir. Gavda harorati organizmning reaktivlik darajasini ko'rsatadi. Davomli isitma esa, aksincha, organizmga salbiy ta’sir qiladi. Download 2.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling