Loffler moviy metilen bo`yog`i bilan qo`shimcha bo`yaladi. Bo`yoq to`kilgach, preparat yuvib, quritiladi va
immersiya bilan ko`riladi. Ish to`g`ri bajarilgan bo`lsa, kislotaga chidamli bo`lgan hujayralar qizil, chidamli
bo`lmaganlari ko`k rangda bo`ladi.
3.5.3.
Kapsula
Ba'zi bakteriyalar uglevodlarga boy va azot kam bo`lgan muhitda o`sish vaqtida shilimshiq, hujayra atrofida
joylashgan qatlam - kapsula hosil qiladi. Bu xususiyatga ayrim kasallik tug`diruvchi bakteriyalar, saprofitlardan esa
Bacillus polymyxa, Azotobacter chroococcum va boshqalar ega.
Kapsulalar ko`pincha gel konsistensiyada bo`lib, mikroskop ostida tirik hujayralarda yaxshi ko`rinmaydi.
Kapsulalarni aniqlash uchun bo`yashning turli usullaridan foydalaniladi. Suyuq tush (tush bilan distillangan suv 1:10
nisbatda) yordamida "negativ" bo`yash (negativ kontrastlash) usuli yaxshi natija beradi. Unga 3-5 sutkalik azotsiz
Do'stlaringiz bilan baham: |