Mikroorganizmlarning modda almashinuvi, fiziologiyasi, bioximiyasini o`rganishda sintetik oziqli muhitlar keng
16
ishlatiladi.
S.H. Vinogradskiy elektiv (saylanma) muhitlar degan usulni amaliyotga kiritdi. Ular fiziologik hususiyati bir xil
bo`lgan bir guruh yoki biror tur mikroorganizmning o`sishiga qulay sharoit yaratadi. Bu muhitlar mualliflarni nomi
bilan ataladi va mikroorganizmlarning tabiiy yashash joyidan ajratib olish uchun qo`llaniladi. Masalan, elektiv oziqli
muhitlar yordamida tuproqdan azotning har xil formalari va ayrim uglerod formalari almashinuvida ishtirok etuvchi
asosiy agronomik mikroorganizm guruhlari ajratib olinadi. Molekular azotni bog`lovchi mikroorganizmlar Eshbi
muhitida yahshi rivojlanadi. Bunda ozuqa muhit tarkibidan azotli moddalar olib tashlanadi. Agar bu muhitga tuproq
eksak, unda hamma mikroorganizmlar orasidan birinchi bo`lib, molekular azotni assimilatsiya qiladigan shakllari
rivojlanadi. Boshqa mikroorganizmlar ham shu muhitga tushadi, lekin azotli moddalar bo`lmaganligi tufayli ularning
rivojlanishiga imkon bo`lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: