O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi
Mikroorganizmlarning boyitilgan kulturasini olish
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Mikrobiologiyadan amaliy va laboratoriya qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vinogradskiy muhiti
- Giltay muhiti
- Rushman muhiti
- Getchinson va Kleyton muhiti
7.4. Mikroorganizmlarning boyitilgan kulturasini olish
Mikroorganizmlarning boyitilgan kulturasini olish uchun tuproq yoki substrat quyidagi oziqli muhitlarga ekiladi: 1) Pepton buloni - organik azotni (oqsilni) ammiakgacha parchalaydigan mikroorganizmlar (ammonifikatorlar) uchun. Muhit tarkibi: 1litr vodoprovod suvi pepton - 10g. NaCl - 5g, Na
2 HCO
3 - 0,1g.
2) Vinogradskiy muhiti - nitrifikatorlar uchun, ular ammiakni azot oksidi va keyinchalik azot kislotagacha oksidlaydi: NH 3 → N0 2 → N0 3 . Ular avtotrof, shuning uchun organik uglerod manbai oziqli muhitga kiritilmaydi. U mineral tuzlardan tayyorlanadi: (1 litr distillangan suvda, g: (NH 4 ) 2 S0 4 - 2; K 2 HPO 4 - 1; Mg S0 4 x 7H
2 0 - 0,5; NaCl - 2; FeS0 4
3 - 10).
3) Giltay muhiti - denitrifikatorlar uchun, ular azot kislotasini molekular azotgacha qaytaradi: NO 3 → N
2 (1 litr distillangan suvda, g/l natriy sitrati - 2,5; KNO 3 -2; pepton- 1; KH 2 PO 4 -2; MgSO 4 x 7H 2 O -2; CaCl 2 x 6H
2 O - 0,2; FeCl 3
4) Eshbi muhiti - erkin yashovchi azotfiksatorlar uchun - atmosferadagi erkin molekulyar azotni o`zlashtiradi. (1 litr distillangan suvda, g/l mannit - 20: K 2 HPO 4 - 0,2; MgSO 4 x 7H
2 O - 0,2; NaCl - 0,2; K 2 SO
- 0,1; CaCO 3 - 5,0). Bu muhit "azotsiz" degan nom bilan aytiladi, chunki unga azotli moddalar qo`shilmaydi.
5) Rushman muhiti - moy kistlotali bakteriyalar uchun, ular qandlarni moy kislotagacha parchalaydi: C 6 H 12 O 6
→ CH 3 CH 2 CH 2 COOH. Mayda qilib kartoshkani probirkalarga to`g`rab, unga 0,05g bo`r solinib, uni vodoprovod suvi bilan to`ldiriladi.
6) Kletchatkani aerob parchalovchilar uchun Getchinson va Kleyton muhiti tayyorlanadi (1 litr distillangan suvda, g: K 2 HPO 4 - 1; CaCl 2 x 6H
2 O - 0,1; MgSO 4 x 7H
2 O - 0,3; NaCl - 0,1; FeCl 3 x 6H
2 O - 0,01; NaNO 3 - 2,5. Quruq probirkalarga oldindan filtr qog`oz parchalari solinadi (1 x 7sm), ular olingan mikroorganizmlar guruhlari uchun uglerod (kletchatka) manbai hisoblanadi, va mineral eritmadan filtr qog`ozining yarmigacha qo`yiladi).
Har xil elektiv oziqa muhitli probirkalarga shpatel yordamida 0,5 - 0,7g dan tuproq solinadi. Probirkalarni qog`oz yordamida birlashtirib, bu qog`ozda ekish kuni va ekuvchining familiyasi yoziladi.
Inkubatsiya termostatda t 25-28 0 da 7-21 sutka olib boriladi.
Boyitilgan kultura keyingi darslarda tahlil qilinadi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling