9. MIKROORGANIZMLARNING AZOT VA UGLEROD AYLANISHIDAGI ISHTIROKI
9.1. Ammonifikatsiya jarayoni va
ammonifikatorlar
Hayvon va o`simliklar hayot faoliyati natijasida tuproq va suv havzalariga ko`p miqdorda oqsil moddalari tushadi,
lekin ular to`planmaydi, balki mikroorganizmlar yordamida parchalanadi.
Har xil azotli organik birikmalarning mikrobiologik jarayon ta'sirida ammiak ajralishi bilan o`tadigan
minerallashuvi ammoniylashtirish deyiladi.
Ammoniylashtirishga oqsil, nuklein kislotalar, mochevina, xitin, gumus moddalar uchraydi. Oqsillarning
ammoniylashuvi (chirishi) jarayoni har xil chirituvchi mikroorganizmlar – aerob va anaerob ammonifikatorlar tufayli
sodir bo`ladi. Bularga sodda hayvonlar, zamburug`lar, aktinomitsetlar va xilma - xil bakteriyalar kiradi.
Faol ammonifikatorlarga spora hosil qiluvchi va sporasiz bakteriyalar kiradi. Oqsil moddalarning parchalanishi
mikroorganizmlarning proteolitik fermentlari yordamida quyidagi tartib bo`yicha boradi: oqsil → polipeptid →
aminokislota → ammiak.
Aminokislotalar parchalanish jarayonida dekarboksillanishga, dezaminirlanishga uchraydi. Bu hollarda
dezaminirlanish esa to`g`ri, gidrolitik, oksidlanuvchi va qaytariluvchi bo`lishi mumkin.
Bunda
ammiakdan
tashqari turli moddalar hosil bo`ladi, bularning orasida gazsimon hamda yoqimsiz hidli moddalar hosil bo`ladi.
Masalan, oltingugurt tutuvchi aminokislotalar (metionin va sistein) parchalanganda sulfid vodorod hosil bo`ladi, siklik
aminokislota triptofan parchalanganda - yoqimsiz najas hidiga ega fenol va boshqa moddalar hosil bo`ladi.
Oqsil moddalarning ammoniylashishini o`rganish va ammoniylashtiruvchi bakteriyalarning boyitilgan kulturasini
olish uchun tuproq (yoki boshqa substrat) tarkibida oqsil yoki uning parchalangan mahsulotlari bor ozuqa muhitiga
masalan, pepton bulyoniga ekish kerak. So`ngra, ma'lum bir inkubatsion davr (5-7) dan so`ng tahlil o`tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |