9.2. Nitrifikatsiya va denitrifikatsiya jarayonlari
Azotli organik birikmalarning mikroblar yordamida parchalanishidan hosil bo`lgan ammiak tuproqda har xil
o`zgarishlarga uchraydi: nitrit va nitratlargacha oksidlanadi, qisman tuproqda adsorbsiyalanadi, tuproq
mikroorganizmlari metabolizmi jarayonida azot manbai sifatida ishlatiladi (immobilizatsiya) va boshqalar.
Ammiakni nitritgacha va so`ngra nitratlargacha oksidlanishi nitrifikatsiya deyiladi. Nitrifikatsiya jarayoni
nitrifikatsiyalovchi bakteriyalar yordamida amalga oshadi. Bu bakteriyalar avtotrof bo`lib, uglerod manbai sifatida
karbonat angidriddan foydalanish xususiyatiga ega. Buning uchun zarur bo`lgan kimyoviy energiya esa ammiak va
nitritlar oksidlanishidan olinadi. Zamonaviy atamashunoslikda ular xemolitoavtotroflar deyiladi.
Nitrifikatsiya jarayoni ikkita bosqichda o`tadi, har bir bosqichni nitrafikatsiyalovchi bakteriyalarning spetsifik
guruhlari bo`lgan grammanfiy mayda hujayralar olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |