O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Mikrobiologiyadan amaliy va laboratoriya qollanma
7.2. Sterillash usullari
Mikrobiologiya amaliyotida sterillash eng asosiy va zarur usullardan biridir. U faqat sterillanayotgan obyektning sirtidagi mikroorganizmlarni o`ldiribgina qolmay, balki obyekt ichidagi mikroorganizmlarni ham o`ldiradi. Oziqli muhitlar, idishlar, har xil asboblar va boshqa narsalar sterillanadi. Klinik va profilaktik tibbiyot uchun sterillashning ahamiyati katta. Mikroorganizmlarni o`ldirish oziq moddalarni konservalashning asosidir.
Mikrobiologiya amaliyotida shisha idishlar (Petri likopchasi, kolba, pipetka, probirkalar) oziqli muhitlar, asboblar va boshqa materiallar (masalan: qog`oz, paxta, doka va boshqalar) sterillanadi.
Sterillanadigan material mikroorganizmlar qayta tushmasligi uchun sterillashdan oldin quyidagicha ma'lum bir usul bilan himoyalanadi. Petri likopchalari ayrim-ayrim qilib yoki 2-5 tagacha qog`ozga o`raladi, probirka va kolbalarni og`zi paxta dokali tiqin va qog`oz qopqoqlar bilan yopiladi. Pipetkaning uchi paxta tiqini bilan bekitiladi, qog`oz lentalar (kalka va shunga o`xshash) bilan o`raladi, bir nechtasini birlashtirib, bitta qog`ozga yoki, maxsus
14
metall penallarga solib sterillanadi. Probirkalar 10-20 tadan qilib bitta qog`ozga o`raladi. Sterillashda har xil o`lcham va shakldagi (dumaloq yoki kvadrat) metall qutichalar keng ishlatiladi.
Kulturani ekishda Petri likopchalariga oziqa muhitini quyganda va boshqa ishlardagi kulturalarga mikroorganizmlar tushib qolmasligi uchun xona, kiyim va atrofdagi narsalar toza bo`lishi shart. Mikrobiologik ekishlarni shunday sharoitda olib borish zarurki, bu kulturalarning tashqi muhitdan zararlanmasligi lozim, ya'ni aseptik sharoit yaratish lozim.
Sterillashning turli usullari bor: bug`, havo, kimyoviy, ion nurlanish va boshqa usullar. Qaysi usulni tanlash o`rganilayotgan obyekt, uning qo`llanilishi va qanday apparatura borligiga bog`liqdir.
Sterillash usuli asosan 2 guruhga bo`linadi: Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling