7.5. Sof kulturalarni ajratib olish
Sof kultura boyitilgan kulturalardan ajratib olinadi. Uni alohida koloniyadan yoki yakka hujayradan ajratib olish
mumkin. Alohida koloniyadan ajratib olish usuli R. Kox tomonidan taklif etilgan. Aerob mikroorganizmlarning sof
kulturasini ajratib olish uchun qattiq muhit yuzasiga boyitilgan kulturadan ekiladi. Ekish uchun Drigalskiy
shpatelidan foydalaniladi. Bunda bir tomchi boyitilgan kultura dastlab birinchi Petri likopchasi yuzasidagi muhitga
so`ngra 2, 3, 4 chi likopchalardagi muhitlarga birin–ketin shpatel yordamida surtiladi. Shu tarzda ekilganda, odatda,
inkubatsiya davridan so`ng ohirgi likopchalarda alohida koloniyalar o`sib chiqadi. Ularning tozaligini aniqlash uchun
bir qancha usullar mavjud: vizual, mikroskopik nazorat va oziqli muhitlarga ekish yo`li bilan.
Adabiyotlar
1. Vilkovich V.A. Dezinfekcionnoe delo M. : “Medicina”, 1987, C. 138-140, 143-156
3.
Gerhart, 3. Egorov, CH. Segi, S. Teller. G. Inostrannaya literatura
3. Glaus, G. William Understanding microbes. G laboratory textbook for microbiology. New York, 1989, p.5 - 7.
Do'stlaringiz bilan baham: |