fenol, formaldegid, xloroform, xloramin, spirt, vodorod peroksid, kaliy permanganat va boshqalar ishlatiladi.
7.3. Oziqli muhitlar
Mikroorganizmlarni to`plash, ajratish, saqlash va ularning xususiyatlarini o`rganish uchun har xil oziqli muhitlar
ishlatiladi. Ular tarkibida kerakli oziq moddlar bo`ladi va laboratoriya sharoitida mikroorganizmlar yashashi uchun
qulay sharoit yaratadi.
Oziqli muhitlar shunday qilinadiki, mikroorganizmlar uglerod, azot, kislorod, fosfor, magniy, kaltsiy, temir, kaliy,
makro-mikroelement hamda boshqa elementlar bilan ta'minlangan bo`lishi lozim. Kerakli paytda muhitlarga o`sish
faktorlari - vitamin, aminokislota, purin va pirimidin asoslari va boshqalar qo`shiladi.
Tarkibi bo`yicha oziqli muhitlar tabiiy, tarkibi ma'lum bo`lmagan va sintetik ma'lum bir kimyoviy moddalarni o`z
tarkibida ushlaydigan muhitlarga bo`linadi. Hayvon va o`simlik muhitlardan tuzilgan oziqli muhitni tabiiy oziqli muhit
deyiladi. Bu sut, tovuq tuxumining qaynagan oqsilining bir qismi, qon zardobi, sabzavot, mevalar va ularning
qaynatmalari, go`shtning qaynatmasi va gidrolizati, baliq va achitqilardir. Laboratoriya sharoitida tabiiy muhitlar
qatorida go`sht - pepton bulyoni va go`sht pepton agari keng qo`llaniladi, yana uzum va solod suslosidan keng
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |