O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta‘lim vazirligi
Moxsimonlarning jinsiy va jinssiz usulda ko‘payishi
Download 5.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Moxsimonlarning jinsiy va jinssiz usulda ko‘payishi. Moxsimonlarning jinssiz ko‘payishi sporangiyda hosil bo‘lgan sporalar vositasida bo‘ladi. Sporalar qulay sharoitga tushgach undan yashil rangdagi protonema hosil bo‘ladi. Uning pastki qismida rizoidlar hosil bo‘lib, ustki qismida bargli poya hosil bo‘ladi. Sporalar morfologik jihatdan bir xil bo‘lsada fiziologik jihatdan farq qilganidan ayrimlari anteridiyli, boshqalari arxegoniyli o‘simliklar hosil qiladi. Arxegoniyda tuxum xujayrasi hosil bo‘lsa, anteridida xivchinli spermatozoidlar hosil bo‘ladi. Spermatozidning tuxum xujayrasiga tushishi natijasida otalanib zagota hosil bo‘ladi. Sporadan zigota hosil bulgungacha bo‘lgan davr gametofit nasil deb nomlanadi. Zigotaning rivojlanishidan jinsiz nasl hosil bo‘lishi boshlanadi. Zigotaning o‘sishi sporangiyni hosil bo‘lishiga sarflanib u quticha, oyoqcha va qopqoqchalardan iborat bo‘ladi. quti-chaning ichida ko‘p miqdorda sporalar yetilib qulay sharoitga tushsa rivojlana boshlaydi. Bu naslga jinssiz nasil - sporofit deyiladi. Poporotniklarning jinsiy va jinssiz usulda ko‘payishi. Poporotniklarda sporofil nasli ustunlik qiladi. Spora qulay sharoitga tushib, undan 3-5 mm kattalikdagi yashil o‘simta hosil bo‘ladi. Shakli yuraksimon ko‘rinishda bo‘lib, rizoid vositasida tuproqka birikadi. Yashil 75 o‘simtada anteridiy va arxegoniy hosil bo‘ladi. Suv tomchisi mavjud bo‘lganda spermatazoid tuxum xujayrasi-ni otalantirib zigotani hosil qiladi. Zigotani rivojlanishidan sporofit hosil bo‘ladi va uning rivojlanishidan ma‘lum vaqtga yetgandan keyin bargning orqa tomonida soruslar hosil bo‘ladi. Soruslar tashqi tomonidan indiziy qatlami bilan o‘ralgan bo‘lib, uning ichida arxesporali to‘qima hosil qiladi. Arxesporada hosil bo‘lgan spora rivojlanib, yuraksimon o‘simtani hosil qiladi. Shunday qilib gametofit va sporafit nasl almashinib boradi. Savollar: 1. O‘simliklar ko‘payishini mohiyati nima? 2. Vegetativ ko‘payish deganda nimani tushunasiz? 3. qanday ko‘payish jinssiz ko‘payish deyiladi? 4. O‘simliklarni jinsiy ko‘payishi qanday sodir bo‘ladi? 5. Sporofit nasl deganda qanday naslni tushunasiz? 6. Gametofit nasl qanday vujudga keladi? 8-Mavzu: O‘simliklarning ko‘payishi Ma‘ruza mashgulоtiningta‘lim tехnоlоgiyasining mоdеli O`quv vaqti: 80 minut Talaba sоni 25 O`quv mashg`ulоtining tuzilishi Ma‘ruza rеjasi 1.Generativ organlar 2.Gul To‘pgul morfologiyasi 3.Bir uyli ikki uyli o‘simliklar. O`quv mashg`ulоtining maqsadi : : Gul. Gul qismlari. Bir jinsli va ikki jinsli gullar. Bir uyli va ikki uyli o‘simliklar. CHangchilarning morfologik tuzilishi. CHangning unib chiqishi. Ginetsey. Urug‘chining tuzilishi. Tugunchaning xillari va ularning evolyutsion mohiyati. Urug‘kurtaklarning tuzilishi. Gullash va changlanish. SHamol va hasharotlar yordamida changlanadigan o‘simliklar. CHetdan changlanishga moslanishi. Meva, uning tuzilishya hamda rivojlanishi. Meva turlari. Urug‘ va mevalarning tarqalishga moslashuvlari. Pеdagоgik vazifalar: YAngi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga оid ilmiy atamalarni оchib bеrish, asоsiy maslalar bo`yicha tushunchalarni shakllantirish. O`quv faоliyatining natijalari:Talabalar gidrofitlar, kserofitlat, sklerofit, sukkulentlar хaqida tasavvurga ega bo`ladilar, asоsiy ma‘lumоtlarni kоspеktlashtiradilar. Guruхlarda ishlash jarayonida mustaqil fikrlash davоmida taklif qilingan kichik muammоlarni еchimini tоpadilar. Ta‘lim usullari: Ma‘ruza, ―Nima uchun?‖ diagrammasi, aqliy хujum O`quv faоliyatini tashkil qilish shakli Оmmaviy Ta‘lim vоsitalari Slaydlar, markеr, jadval Qayta alоqa usullari va vоsitalari Savоl javоb O`quv mashg`ulоtining tехnоlоgik хaritasi Ishlash bоs- qichlari, vaqti Faоliyat mazmuni O`qituvchining Talabaning 1 bоsqich 1.1 O`quv хujjatlarini to`l- dirish va da- vоmatni tеk- shirish 5m. 1.2 Kirish 5m. 1.2. O`tilgan mavzudan kеlib chiqqan хоlda bilish faоliyati yana bir bоr izохlanadi va unda хоtira, хayol va tafakkur kabi jarayonlar хam ishtirоk qilishi tushuntiriladi. Tinglashadi aniqlashtirishadi, оldigi mavzuni eslaydilar, savоllar bеradilar. 2 bоsqich Asоsiy 56 min 2.1. suv omili хaqida ma‘lumоtlar bеriladi. Turli asоsga ko`ra o‘simliklarni suvga munosabati turlarini tasniflоvchi sхеma kеltiriladi. Kоnspеkt yozishadi, tinglashadi, хоtira turlarini sхеmasini chizib оladilar. Atamalarni kоnspеktlashtirib, jadvallarni chizib bоradilar. 76 2.2. Yorug‘likni o‘simliklar hayotidagi o‘rni ,fotosintezni faqat o‘simlikkaga хоs bulgan jarayon sifatida tavsiflanadi, ijоdiy хayol turiga izох bеrish. 2.3. Issiqlik omilini ta‘sir jarayonini tushuntirishdan оldin savol bеriladi va faqat muammоni еchish zaruriyati tafakko‘rni yuzaga kеltirishi tushuntiriladi Jadval yordamida tushuntirish оlib bоrish. 2.4.Mustaqil fikrlash shart sharоitlari tavsiyalar sifatida bеriladi. 3 bоsqich. YAkuniy natijalar 15 min. 3.1 Mavzu bo`yicha хulоsa qilish va bilish faоliyati yuzasidan umumlashtiruvchi fikr bildiriladi. 3.2 Talabalarga ―Nima uchun?‖ diagrammasini to`ldirish taklif etiladi, va o`quv mashg`ulоtning maqsadiga erishish darajasi taхlil qilinadi 3.3 Mavzu yuzasidan o`quv vazifasi bеriladi. O`rganilgan mavzu bo`yicha оlgan ma‘lumоtlarga tayangan хоlda ―Nima uchun?‖diagrammasini to`ldiradilar. Suv omili, issiqlik, yorug‘lik kabi jarayonlarni nima uchun o`rganish va rivоjlantirish kеrak ekanligi хaqida fikrlar bildiradilar, оlgan ma‘lumоtlarini yana bir bоr aхamiyatini anglashga intiladilar.. 3 bоsqich. YAkuniy natijalar 15 min. 3.1 Mavzu bo`yicha хulоsa qilish va bilish faоliyati yuzasidan umumlashtiruvchi fikr bildiriladi. 3.2 Talabalarga ―Nima uchun?‖ diagrammasini to`ldirish taklif etiladi, va o`quv mashg`ulоtning maqsadiga erishish darajasi taхlil qilinadi 3.3 Mavzu yuzasidan o`quv vazifasi bеriladi. O`rganilgan mavzu bo`yicha оlgan ma‘lumоtlarga tayangan хоlda ―Nima uchun?‖diagrammasini to`ldiradilar. Gul yopiq urug'li o'simliklarning jinsiy ko'payish organi bo'lib, shakli o'zgargan novdadir. U gul o'mi, gulqo'rg'on, changchi va urug'chidan tashkil topgan. O'simliklar qaysi sistematik birlikka mansubligiga qarab gullari xilma-xil bo'ladi. Gulga inson qadim zamonlardan qiziqib kelgan. Ular bilan bog'liq bo'lgan turli afsonalar ham yaratilgan. Gul o'simliklar hayotida katta ahamiyatga ega. Undan meva (urug') hosil bo'ladi. Siz bodom, o'rik, shaftoli, olma, nok, jiyda kabi mevali daraxtlarning gulini, erta bahorda, yozda va kuzda ochiladigan yovvoyi va madaniy o'simliklar gullarini ko'p ko'rgansiz. O'simliklarning guli novdasiga bandi bilan birikib turadi va unga gulband deyiladi. Gulbandning yuqori qismida bir 77 oz kengaygan joy — gulo'rni bor, unda gulning hamma qismlari joylashadi. Gulbandi shakli va o'lchami bilan bir-biridan farq qiladi. rasm. Murakkab gulqo'rg'onli g'o'za gulining tuzilishi. a—umumiy ko'rinishi: 1—ostgulkosacha; 2—gulkosacha; 5—gultojbarg; 4— gulining ichki qismlari. b—gulning ichki qismlari: I—changchilari; 2— urug'chi; 3— tuguncha. Gul —quyidagi qismlardan tashkil topgan Gulqo'rg'on — gulkosacha va gultojdan tashkil topgan Gulo'rni — gulning barcha a'zolari joylashgan qismi. Gulkosacha — gulni tashqi tomondan o'rab turadigan qavat. U gulkosachabarglardan tashkil topgan. Gulkosacha yashil va boshqa ranglarda bo'ladi. Gultoj — guldagi gulkosachadan ichkarida joylashgan gulqo'rg'on qavati. U gultojbarglar yig'indisidan iborat. Gultoj turli rangda bo'ladi. Changchi — gulqo'rg'on ichida joylashgan muhim qismi. U ikki qismdan: changdon va changchi ipidan tashkil topgan. Changchi iplari changdonni ushlab turadi va gulo'rni bilan bog'laydi. O'simlikning turiga qarab changchilar bittadan bir nechtagacha bo'lishi mumkin. Changchi iplarining soni va shakli gulga bog'liq. Shunga ko'ra, changchi iplari alohida-alohida, qo'shilib yoki tutam hosil qilib gulo'rniga joylashadi. Ayrim gullarda changchi iplari bo'lmaydi Urug'chi — gulning o'srtasida (markazida) joylashgan eng muhim qismi. U tuguncha, ustuncha va tumshuqchadan iborat. Tuguncha — urug'chining kengaygan pastki qismi. Uning ichida urug'kurtak joylashgan. Tugunchadan meva hosil bo'ladi. Tugunchalar gulning boshqa a'zolariga nisbatan joylanishiga qarab ostki va ustki bo'ladi. Tuzilishiga ko'ra, tuguncha bir va ko'p uyali bo'ladi. Ustuncha — urug'chining o'rta qismi. U tuguncha bilan tumshuqchani birlashtirib turadi. Uning ichi g'ovak bo'ladi. Tumshuqcha — urug'chining (ustunchaning) eng yuqori qismi — uchi. U changlarni ushlash uchun xizmat qiladi. Gulqo'rgon — gul ochilguncha changchi va urug'chilarni o'rab, tashqi ta'sirdan saqlab turadi. U oddiy yoki murakkab bo'ladi. Gulqo'rg'on bo'laklarining rangi asosan bir xil bo'lsa uni oddiy gulqo'rg'on deyiladi. Ustuncha — urug'chining o'rta qismi. U tuguncha bilan tumshuqchani birlashtirib turadi. Uning ichi g'ovak bo'ladi. Tumshuqcha — urug'chining (ustunchaning) eng yuqori qismi — uchi. U changlarni ushlash uchun xizmat qiladi. Gulqo'rgon — gul ochilguncha changchi va urug'chilarni o'rab, tashqi ta'sirdan saqlab turadi. U oddiy yoki murakkab bo'ladi. Gulqo'rg'on bo'laklarining rangi asosan bir xil bo'lsa uni oddiy gulqo'rg'on deyiladi. 78 Gulqo'rg'on bo'laklari qo'shilgan yoki qo'shilmagan gullar ham bor. Gulqo'rg'on bo'laklari qo'shilgan gullarga qo'ypechak, karnaygul, marmarak kabilarning guli misol bo'ladi. Gulqo'rg'on bo'laklari qo'shilmagan gullarga o'sma, g'o'za, olma, nok, lola, boychechak va boshqa o'simliklarning gullari kiradi. Tabiatda yana shunday gulli o'simliklar borki, ular gulining gulqo'rg'oni yo'qolib ketgan yoki tangachaga aylangan. Bularga tol, terak, tut, yong'oq kabilar kiradi. Gullarning tuzilishi formulasi orqali beriladi. Gullarning tuzilishi bilan tanishishni osonlashtirish maqsadida gullarning diagrammasi va formulasidan foydalaniladi. Gul tuzilishining sxema bilan ifodalanishiga gul diagrammasi deyiladi. Formulada gul qismlarining nomi shu qism nomining boshlang'ich harfi bilan, soni esa raqamlar bilan belgilanadi. Masalan, gulkosachabarglar — «Gk», tojbarglar — «Gt», changchilar — «Ch», urug'chilar — «U», oddiy gulqo'rg'on esa — «Og» harflari bilan ifodalanadi. Halqadagi qismlar qo'shilgan bo'lsa, ularning sonini ko'rsatuvchi raqam qavs ichida beriladi, aksincha ular qo'shilmagan bo'lsa, qavssiz (ochiq) yoziladi. Halqadagi qismlaming soni ko'p bo'lsa, cheksizlik belgisi «∞» qo'yiladi. Halqada uchrashi kerak bo'lgan qism rivojlanmagan bo'lsa —0 (nol) bilan belgilanadi. Agar gul qismlarining har biri bir emas, balki ikki halqada joylashgan bo'lsa, har qaysi halqadagi qism sonini ko'rsatuvchi raqam yozilgandan keyin + (plyus) ishorasi qo'yiladi, so'ngra keyingi halqadagi qismning soni yoziladi. 79 Gullar bir jinsli yoki ikki jinsli bo'ladi. Gulda faqat urug'chi yoki changchining o'zi bo'lsa, bunday gul bir jinsli gul deyiladi (tol, gazanda, tut, qayin). Agar gulda faqat changchi bo'lsa, bunday gul changchili gul deyiladi. Aksincha, gulda faqat urug'chi bo'lsa, bunday gul urug'chili gul deb ataladi. Gullar bir jinsli yoki ikki jinsli bo'ladi. Gulda faqat urug'chi yoki changchining o'zi bo'lsa, bunday gul bir jinsli gul deyiladi (tol, gazanda, tut, qayin). Agar gulda faqat changchi bo'lsa, bunday gul changchili gul deyiladi. Aksincha, gulda faqat urug'chi bo'lsa, bunday gul urug'chili gul deb ataladi. Bitta gulda ham changchi, ham urug'chi bo'lsa, bunday gul ikki jinsli gul deyiladi (o'rik, gilos, olma, shaftoli). Juda ko'pchilik o'simliklarning guli ikki jinsli bo'ladi . Ayrim o'simliklarning bitta tupida ham changchi, ham urug'chi gul alohida-alohida joylashadi. Bunday o'simliklar bir uyli o'simlik deyiladi. 80 Bir turdagi o'simlikning changchili gullari bir tupda va urug'chili gullari boshqa tupda bo'lsa, bunday o'simliklar ikki uyli o'simlik deyiladi. Masalan: tol, terak va gazanda Gullar to'g'ri va qiyshiq gullarga bo'linadi Agar gulqo'rg'on ikkitadan ortiq teng bo'lakka ajralsa, u to'g'ri gul deyiladi. Masalan, olma, na'matak, behi va shaftoli guli. Bordiyu, gul faqat teng ikki bo'lakka ajralsa yoki umuman teng bo'lakka ajralmasa, u qiyshiq gul deyiladi. Bunga gladiolus, nastarin, isfarak, rayhon, marmarak, kiyiko't va boshqalarning gullari kiradi To‘pgullar Oddiy to'pgulda gulpoya shoxlanmaydi Murakkab to'pgulda esa shoxlanadi. 81 Olma, nok, gilos, olchaning to'pguli oddiy qalqonsimon bo'ladi. Bularda turbcha uzunlikdagi gulbandli gullar kalta gulpoyada navbat bilan joylashadi. Bu gullarning yuqori qismi bir xil tekislikda bo'ladi. Zubturumning mayda gullari uzun gulpoyada bandsiz joylashadi. Bunday to'pgul oddiy boshoq deb ataladi. Karam, rediska, jag'-jag' va qurttananing gullari to'pgul gulpoyaga uzun bandi bilan birlashgan. Buni oddiy shingil deyiladi . Sabzi, ukrop, petrushka, shashir va bodiyon shoxlangan murakkab soyabonga ega . Boshoqli o'simliklarning ko'pchiligi (bug'doy, arpa, javdar va bug'doyiq kabilar)da ikkita-uchta gul birlashib, oddiy boshoqcha hosil qiladi. Bunday boshoqchalardan bir nechtasi umumiy gulpoyaga birikib, murakkab boshoq hosil qiladi. Tok, sholi, qamish, nastarin, kelin supurgi, otquloq, rovoch kabi o'simliklar murakkab shingil— ro'vak hosil qiladi. Yong'oq, oqqayin va tolning changchili to'pguli — kuchalasi boshoqqa ham b'xshaydi. Lekin asosiy gulpoyasining osilib turishi bilan ulardan fara ailadi. Kungaboqar, kartoshkagul, shuvoq, bo'tako'i, sachratqi, ermon, karrak kabi o'simliklarning guli asosan gulpoyasi uchidagi savatchada joylashgan. Savatchalarning atrofi o'rama bargchalar bilan o'ralgan. Bulardan tashqari, guli ko'zga uncha tashlanmaydigan anjir o'simligi gullari ham bor. 82 Kungaboqar, kartoshkagul, shuvoq, bo'tako'i, sachratqi, ermon, karrak kabi o'simliklarning guli asosan gulpoyasi uchidagi savatchada joylashgan. Savatchalarning atrofi o'rama bargchalar bilan o'ralgan. Bulardan tashqari, guli ko'zga uncha tashlanmaydigan anjir o'simligi gullari ham bor. Changlanish Changdonda yetilgan changlarning urug'chi tumshuqchasiga tushishiga changlanish deyiladi. Changlar asosan hasharotlar, shamol va boshqa yo'llar bilan urug'chi tumshuqchasiga kelib tushadi. Changlanish chetdan changlanish, o'z-o'zidan changlanish va sun'iy changlanishga bo'linadi.Gullarning hasharotlar yordamida changlanishi. O'simliklar gullarining barchasi ham meva tugavermaydi. Faqat changlangan gullargina meva tugadi.Ko'pchilik o'simliklar gulining changi va urug'chisi bir vaqtda yetilmaydi.Yetilib yorilgan changdondan chiqqan changning hasharotlar yordamida boshqa gulning tumshuqchasiga tushishi hasharotlar yordamida changlanish yoki chetdan changlanish deyiladi. Shuning uchun ham bitta guldagi chang shu guldagi tumshuqcham changlay olmaydi. Bunday 83 holda bir gulning changi boshqa guldagi urug'chining tumshuqchasiga tushishi kerak. Yetilgan urug'chining tumshuqchasi nam va yopishqoq boiib, tushgan changni tutib qoladi. Gullar ochilgan vaqtda xushbo'y hid taratib hasharotlarni o'ziga jalb qiladi. Gullardan ular o'ziga kerak bo'lgan narsani — chang va xushbo'y asal shirasi (nektar)ni oladi. Ayrim gullarni changlatuvchi maxsus hasharotlar ham bor. Hasharotlar bitta gul bilan chegaralanib qolmaydi. Ulai guldan-gulga qo'nib, bir gulning changini ikkinchi guldagi urug'chi tumshuqchasiga olib o'tadi. Ular gullardagi chang va nektarni turli a'zolari (xartumi, oyoqlari, tuklari) yordamida olib o'tadi. Hasharotlar yordamida changlanuvchilarga olma, o'rik, nok, beda, oqquray, g'o'za kabilar kiradi. Mevali daraxtlar va g'o'za gullaganda bog'bonlar va paxtakorlar asalari qutilarini bog'larga va paxta dalalariga olib chiqishadi. . Bundan maqsad, birinchidan, gullarni changlatib, mo'lhosil olish bo'lsa, ikkinchidan, yaxshi sifatli, xushbo'y asal yetishtirishdir. Bir gramm asal yig'ish uchun har bir asalari minglab guldan- gulga qo'nadi Gullarning shamol yordamida changlanishi. Shunday o'simliklar borki, ularning guli faqat shamol yordamida changlanadi. Bunday o'simliklarning guli ko'rimsiz, mayda va hidsiz bo'ladi. Chang shamol yordamida bir guldan boshqa gulga o'tsa, bunday o'simliklar shamol yordamida changlanadigan o'simliklar deyiladi (bug'doy, arpa, sholi, suli, tol, terak, yong'oq va boshqalar). Shamol yordamida changlanadigan ko'pgina o'simliklar awal gullab, keyin barg chiqaradi. Bug'doy shamol yordamida changlanadigan o'simlikdir.U ikki jinsli o'simlik. Uning gullari murakkab boshoqda o'rnashgan bo'lib, changchilari boshoqdan tashqarida osilib turadi. Shamol esgan vaqtda tebrangan changchi gullardagi changdonlar bir-biriga urilib yoriladi va ulardan chang sochiladi. Shamol yordamida bu changlar boshoqdan urug'chi gulning tumshuqchasiga o'tadi. Bordi-yu, shamol esmay chang boshoqdagi hamma tumshuqchalarga tushmay qolsa, u holda siyrak donli boshoq hosil bo'ladi va hosildorlik pasayib ketadi. Gullarning o'z-o'zidan changlanishi. Agar bir tup o'simlik changchisidagi chang shu guldagi urug'chining tumshuqchasiga tushsa bunday changlanish o'z-o'zidan changlanish deyiladi. Bunday changlanish changdondagi chang va urug'chilar bir vaqtda yetilgandagina sodir bo'ladi. O'z-o'zidan changlanadigan o'simliklarda, odatda, urug'chi changchiga nisbatan qisqaroq bo'ladi. Sun'iy changlanish. Agar o'simlikning guli chetdan va o'z-o'zidan changlanmasdan odamlar tomonidan changlan-tiriladigan bo'lsa, uni sun'iy changlanish deyiladi. Sun'iy changlatishda yetilgan boshqa yoki shu o'simlikning changi olinib, shu yoki boshqa o'simlikning yetilgan guli tum¬shuqchasiga o'tkaziladi. Makkajo'xori gullari ko'pincha sun'iy yo'l bilan qo'shimcha changlantiriladi. Buning uchun makkajo'xori changi maxsus idishlarga yig'ib olinadi, so'ngra gullarning tumshuqchasiga sepiladi. Sun'iy changlatish usulidan hosildorlikni oshirishda va, asosan yangi navlarni yaratishda foydalaniladi. Changchi va urug'chidagi jinsiy hujayralarning qo'shilish jarayoni urug'lanish deyiladi. Bu yangi organizm demakdir. Shubhasiz chang nima, u qanday tuzilgan, degan savol tug'iladi. Bitta changdonda yuzlab va minglab chang donachalari yetiladi. Chang o'simliklarning turiga qarab har xil shaklda va kattalikda bo'ladi. Uni zamonaviy mikroskoplarda ko'rish mumkin. Har bir chang donachasi mayda-yirik ikkita hujayradan tuzilgan. Ana shu hujayralarning yirigi vegetativ hujayra, maydasi jinsiy (generativ) hujayra deb ataladi. Ularning har birida 84 sitoplazma va mag'iz bo'ladi. Urug'chi tumshuqchasiga tushgan chang turli o'simliklar, tumshuqcha yuzasining notekisligi va undan ajralib chiqib turadigan yopishqoq shira orqali ushlanib qoladi. Ushlanib qolgan chang asta-sekin o'sa boshlaydi. Uning vegetativ hujayrasi o'sib, uzun va ingichka naycha hosil qiladi. Ikkinchisi bo'linib, ikkita sperma hosil qiladi. Chang naychasi tez o'sib, urug'chidagi tumshuqcha, hamda ustuncha ichiga kiradi va tuguncha tomon o'sadi. Chang naychalari turli tezlikda o'sadi. Lekin shulardan faqat bittasi qolganlaridan o'zib ketib, tuguncha ichidagi urug'-kurtakkacha borib yetadi Hosil bo'lgan ikkita sperma chang naychasi orqali urug'kurtakka borib, ichiga kiradi. Shu vaqtning o'zida urug'kurtak ichida tuxum hujayra va markaziy hujayralar yetilgan bo'ladi. Spermalardan biri tuxum hujayra bilan, ikkinchisi markaziy hujayra bilan qo'shiladi. Bu jarayon gulli o'simliklarda urug'lanish (qo'sh urug'lanish) deb ataladi 1818-yili Sumatra oroliga borgan tadqiqotchilardan doktor Arnold va Tomas Stafford Raffls ilk bor 85 dunyodagi eng yirik gulga duch kelishdi. Uning 1 m keladigan diametri, 5 sm qalinlikdagi gultojbarglari, rangi, poyasi va bargining yo'qligi, qo'lansa hidi kuzatuvchilarda katta qiziqish tug'diradi. Tekshirishlar bu gulni boshqa o'simlikning uzun po'stlog'i orasiga kirib olib, uning shirasi hisobiga yashashini ko'rsatgan. O'simlik topgan olimning nomi bilan — Raffleziya Download 5.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling