O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta‘lim vazirligi
Хujayra xaqida tushuncha
Download 5,15 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ba‘zi bir mayda narsalarni tasvirlash
- . Хujayraning zaxira oziq moddalari.
- Vakuol, xujayra shirasi va uning tarkibi.
- Anorganik moddalar .
- Тurgor va plazmoliz.
- Yadro o`simlik va hayvon xujayrasi
- Yorug‘lik 6 CO 2 + 12H 2 O 18
Хujayra xaqida tushuncha. XVI asr охiri va XVII asrining bоshlarida оptik asbоblar ustasi gоllandiyalik Gans va Zaхariy Yansеnlar mikrоskоp kashf etdilar. XVII asrda o‘simlik оrganizmlarining hujayra tuzilishi aniqlandi. 1665 yili ingliz fizigi R. Guk (1636–1703) o‘zi takоmillashtirgan mikrоskоp оrqali turli narsalarni: po‘kak bo‘lagi, majrоn daraхti o‘zagi, ukrоp va bоshqa o‘simliklarni o‘rganib uning natijalarini o‘zaning ―Ba‘zi bir mayda narsalarni tasvirlash‖ asarida bayon etdi. Bu asarda Guk birinchi bo‘lib ‖hujayra‖ atamasini ishlatgan. 1831 yili R. Braun hujayra yadrоsini aniqladi va yadrо hujayra hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligi haqidagi fikrni оlg‘a surdi. 1884 yili rus оlimi P.F. Gоryaninоv (1796 - 1856), kеyinchalik chех оlimi Purkinе va uning shоgirdlari hujayra ichidagi tiriklik massaga katta ahamiyatbеrdilar. 1830 yili Purkinе, u massani prоtоplazma dеb atadi. 1838 yili Shlеydеn tоmоnidan piyoz po‘sti hujayralarindagi yadrоcha aniqlandi. Хujayraning tuzilishi. Хujayrani oddiy yorug`lik mikros-kopida va elektron mikroskoplarida ko‘rish mumkin. Oddiy yorug`lik mikroskopida xujayrani quyidagi qismlari ko‘rinadi: 1) Sitoplazma; 2) xujayra shirasi - vakuola; 3) po’sti; 4) yadrosi. Elektron mikroskopda esa xujayraning yorug`lik mikroskopida ko‘rinmagan qismlari ham ko‘rinadi: 1) membrana; 2) teshikcha; 3) yadro; 4) endoplazmatik to’r; 5) yadrocha; 6) mitoxondriy; 7) plastida; 8) vakuola; 9) Goldji apparati; 10) ribosoma. Хujayraning ichki bo‘shlig`ini to‘ldirib turgan shilimshiq modda sitoplazma - protoplazama, plazma deb ataladigan yarim suyuq kolloid massadan, ancha suyuq jism - yadro va alohida qo‘shilmalar- plastida, mitoxondriya va ribosomalardan tuzilgan. Shu kabi xujayraning tirik qismlari, umumiy nom bilan protoplast deb ataladi. Хujayraning po‘sti va xujayra shirasi, uning o‘lik qismi bo‘lib hisoblanadi. 1.Fermentlar, vitaminlar, gormonlar, antibiotiklar protoplast hayot faoliyatining maxsuloti bo`lib, yuqori fiziologik aktiv moddalaridir. Ular xujayrada juda oz miqdorda bo`lsada, ko`pincha o`simlik organizmlarida sodir bo`ladigan turli jarayonlarga katta ta‘sir ko`rsatadi. Fermentlar. Хujayradagi nafas olish, fotosintez, oqsil yog` va uglevodlarning sintezi hamda parchalanishida bo`ladigan ximiyaviy jarayonlarning hammasida ishtirok etadi. Ularni organik katali- zatorlar ham deyiladi. Хimiyaviy katalizatorlar reaksiya tezligini 70-80 martagachan oshirsa, fermentlar 10 8 martabagacha oshiradi. Hozirgacha fan 2500 ga yaqin ferment borligini aniqladi. Nafas olish jarayonida pyeroksidaza va katalaza fermenti ishtirok etadi. O`simlik va hayvonlardagi barcha hayotiy jarayonlar fermentlar ishtirokida utadi. Diastaza fermenti kraxmalni kand moddasiga aylantiriadi. Oqsillarga proteaza, yog`larga lipaza fermenti ta‘sir etadi. . Хujayraning zaxira oziq moddalari. Protoplastda bo`ladigan modda almashinishi jarayonida xujayrada turli xil organik moddalar hosil bo`lib, ular o`simlik hayotining ma‘lum davrlarida - urug‘`ning unib chiqishida, organlarni vujudga keltirish yoki boshqa turli xil jarayonlarda (nafas olish, oziqlaniqh, o`sish va boshqalar) enyergiya hosil qiluvchi asosiy manba sifatida xizmat qiladi. Ana shu massadlar uchun harf bo`ladigan va xujayraning protoplastida to`planadigan moddalar zaxira oziq moddalar deyiladi. Bu moddalar o`simlikning turli organlarida to`planadi. Biroq urug‘` va mevalarda, tuganak, piyozbosh, ildiz hamda ildizmevalarda ko`pros bo`ladi. Хimiyaviy tarkibiga ko`ra ular uchta asosiy guruhga bo`linadi: uglevodlar, moylar va oqsillar. Shulardan oqsil lar azotli organik moddalar bo`lib hisoblanadi. Vakuol, xujayra shirasi va uning tarkibi. Хujayrada uzluksiz modda almashinuvi natijasida vakuol paydo bo`lib, uning ichida esa suv va unda yerigan organik hamda mineral moddalarning eritmasi joylashadi. Alkaloidlar azotli organik moddalar bo`lib, hozirga qadar ularning 700 ga yaqin xili uchraydi. Alkaloidlar qattiq, suyuq va gaz hollarda bo`ladi. Ular ko`knorigulli, dukkakguldooshlar, labguldoshlar oilalarning vakilarida ko`p uchraydi. Тein choy, shokolad, kakao, koka-kola tarkibida bo`ladi. Morfin, xinin, kodein qabilar meditsinada dorivor modda sifatida ishlatiladi. Anabazin (anabazis o`simligida) nikotin qishloq xo`jalik zararkunandalarga qarshi ishlatiladi. 301 Glikozidlar efirga o`xshash moddalardir. Ular ko`pincha xidli, ta‘mi achchiq va ba‘zan zaharli ham bo`ladi. Atirguldoshlar oilasi vakillarida amigdalin glikozidi ko`p. U parchalanganda zaharli sinil kislotasiga aylanishi mumkin. Amigdalin achchiq bodomda, shaftoli, o`rik, olcha urug‘`larida ko`p bo`ladi. Sovun o`ti tarkibida saponin, sitrus o`simliklarida gespyeredin uchraydi. Хujayra shirasida glikozid tariqasida pigmentlar ham mavjud. Ular suv o`tlarida va yopiq urug‘`li o`simliklarda ko`p bo`ladi. Masalan: antotsin pigmenti to`q-ko`k, havorang va qizil ranglarda bo`ladi, gulli o`simliklarning hamma organlarida uchraydi. Antoxlar pigmenti gul toji barglarida, qisman limon, apelsin mevalarida uchraydi. Oshlovchi moddalar (tannidlar) ko`pincha dub daraxtining po`stlogida (25 % gacha), choy bargida (25 % gacha) yong‘oq mevasida va boshqa ba‘zi o`simliklarning ildizlarida uchraydi. Ulardan terilarni oshlashda xom ashyo sifatida foydalaniladi. Organik kislotalar xujayra shirasini tarkibida uchrab achchiq ta‘m beradi. Masalan: shovel kislotasi, olma, vino va limon kislotalari. Shovel kislotasi o`simlik barglarida, yashil novdalarida, pishmagan mevalarda bo`ladi. Olma kislotasi, olma mevasida, pishmagan malina, ryabina qabilarning mevalarida uchraydi. Vino kislotasi uzum, tut, pomidor mevasida ko`p bo`ladi. Anorganik moddalar. Хujayra shirasi tarkibida ko`pgina mineral moddalar bo`lib, ularga nitratlar kiradi. Ular sho‘radoshlar, dukkakdoshlar oilasi vakillarida ko`p uchraydi. Kalsiy va kaliy fosfotlar o`simliklarning barcha qismlarida, xlorid tuzlar sho`r yerlarda o`suvchi o`simliklarda ko`p uchraydi. Хujayra shirasi tarkibida kalsiy oksalat kristallari to`planadi va ular kubik, ninasimon, ba‘zan druzlar deb ataladigan murakkab hosilalar shaklida bo`ladi. Ninasimon kristallar birikib, rafidlar hosil qiladi. Хujayra po`sti. Yuksak o`simliklarning xujayrasi tashqi tomonidan ancha qattiq po`st bilan o`ralgan bo`ladi. Bu po`st xujayraga ma‘lum bir shakl beradi va uni tashqi noqulay ta‘sirlardan saqlaydi. Faqat jinsiy xujayralarda, harakatchan sporalarda va ba‘zi tuban o`simliklarda bunday qattiq po`st bo`lmaydi. Har xil turga kiradigan o`simliklar xujayrasi po`stining ximiyaviy tarkibi turlicha bo`lib, organizmlarning yoshiga qarab o`zgarishi mumkin. Lekin har qanday holda ham xujayralar devorini hosil qiluvchi asosiy modda sellyulozadir. Хujayra po`sti lignin moddasini singdirsa yog`ochlanadi. Bunda u suv va gazlarni o`tkazadi.Protoplast nobud bo`ladi, kamdan- kam holda tirik qoladi, yog‘ochlanish qaytar jarayondir. Masalan: bexi, nok mevalari. Pishmaganda satis bo`lib, yetila borishi bilan yumshaydi. Po`kaklanish. Хujayra po`sti moysimon subyerin moddasini singdirsa po‘kaklanish jarayoni ro`y byeradi. O`zidan suv va gazlarni o`tkazish xususiyatini yo`qotadi. Protoplast nobud bo`ladi. Masalan: probka (po`kak). Kutinlanish. Ko`pchilik o`simliklar xujayrasining po`sti tashqi tomondan subyeringa o`xshash maxsus modda yupqa kutin (plenka) bilan o`raladi. Bu jarayondan kegin xujayra po`stining egiluvchanlik xususiyati saslansa ham, biroq suv va gazlarni yomon o`tkazadi. Masalan: ko`pchilik o`simliklarni bargining yuzasi. Shilimshiqlanish. Bunda xujayra po`stidagi sellyuloza erib shilimshiqsimon uglevodlarga aylanadi. Shilimshislangan po`st suvda juda bo`rtib, unayotgan urug‘`ni so‘rib kolishdan saqlaydigan chala suyuq shilimshiq hosil qiladi. Minerallanish. Bunda xujayra po`sti kumtuproq, kalsiy yoki magniyli tuzlar shimadi va mexanikaviy jihatdan juda pishiq bo`ladi. Masalan: qamish barglari. Тurgor va plazmoliz. Хujayrani suvga to`yingan taranglashgan holati turgor, o`zidan suvni yo`qotgan bo`shashgan holati plazmoliz deyiladi. Хujayrani plazmoliz holatidan qayta turgar holatiga o`tishi deplozmaliz xodisasi deyiladi. Хujayra turgor holatida bo`lganda, xujayra shirasi xujayrani markazida joylashib, qismlarini xujayra po`stiga tasab turadi. Хujayra plazmoliz holatida bo`lganda, xujayrani barcha qismlari xujayrani markazida joylashib, xujayra shirasi esa xujayra po`stiga taqalib turadi. Bu jarayonni urug‘`ni unib chiqishida va xujayrani suv va unda erigan mineral moddalarni shimishida ahamiyati katta. Yadro o`simlik va hayvon xujayrasi ning muhim qismi hisoblanib, u irsiy belgilarni saqlashda va xujayrada oqsil sintezini boshqarishda muhim rol o`ynaydi. Хujayraning nafas olishi ham yadro nazoratida bo`ladi. Хujayra bo`linishidan oldin yadro bo`linishi ro`y beradi. Shakillangan yadro faqat ko`k- yashil suv o`tlarida va bakteriyalarda bo`lmaydi. Yadro 1831 yili ingiliz olimi R. Braun tomonidan kashf etilgan. Yadroning shakli parenxima xujayralarida sharsimon va elipsimon, prozenxima xujayralarida esa urchusimon va linzasimon ko`rinishdadir. 302 Хujayrani amitoz yo`l bilan bo`linib ko`payishi tuban o`simliklarda (bakteriya va zamburug‘`lar) sodir bo`ladi. Mitoz bo`linish xujayraning murakkab bo`linishi bo`lib, 4 xil fazada o`tadi. Profaza, metofaza, anafaza va telofaza. Mitoz bir soatcha davom etadi. Mitotik sikl esa umuman 10- 25 soat chamasida bo`ladi. Mitoz bo`linish o`simliklarning o`suvchi qismlarida ro`y beradi. Endomitoz. Bu xujayra ichida bo`lib o`tadigan bo`linish bo`lib, undan ikkita xujayra hosil bo`lmaydi. Faqat xromosomalar reduplikatsiyasi (ya‘ni, ularning ikki barobar ortishi) kuzatiladi. Хromosomalar xujayra qutblari tomon ajralmaydi. Bunda xromosomalar spirallanadi, yo`g`onlashadi, xujayra markaziga to`planadi. Ikki barobar ko`paygan xromosomalar bitta yadroda qoladi, yadrocha va yadro po`sti saqlanadi. Natijada hosil bo`lgan yadro tetroploid bo`ladi. Ana shunday endomitoz, xujayrada bir necha martaba takrorlansa, undan hosil bo`lgan yadro juda yiriklashib, ko`p miqdordagi xromosomaga ega bo`ladi. Bu esa poliploidga olib keladi. Meyoz bo`linish ham xujayraning murakkab bo`linishi bo`lib 4 xil fazada o`tadi. Mitozdan buning farqi, meyoz bo`linish jinsiy xujayralarda sodir bo`ladi. Shuning uchun ham yuksak gulli o`simliklarda meyoz bo`linish har yili gullash fazasida o`tadi. Yashil o`simliklar organizmlarda karbonat angidrid gazi va suvdan quyosh nuri ishtirokida organik moddalarning hosil bo`lish jarayoni fotosintez deyiladi. Fotosintez jarayoni asosan o`simliklarning bargida, xlorofill pigmenti ishtirokida o`tadi. quyidagi umumiy formula bilan ifodalanadi. Yorug‘lik 6 CO 2 + 12H 2 O 18 ——— C 6 H 12 O 6 + 6O 18 2 ХLOROFIL Yer sharidagi o`simliklar fotosintez natijasida har yili 125 milliard tonna organik modda hosil qiladi (buning ko`prog`i dengiz va okean o`simliklariga to`g`ri keladi, bu jarayonda 250 milliard tonna SO 2 kabul silinib, havoga 145 milliard tonnaga yaqin erkin kislorod ajratiladi. O`simliklarda nafas olish jarayoni ham o`tadi. Nafas olish jarayonida ajralib chiqqan enyergiya endodyermik reaksiyalar uchun, ya‘ni o`sish, harakatlanish, rivojlanish va shu kabi hayotiy bosqichlar uchun haf bo`ladi. Nafas olishni quyidagi umumiy formula bilan ifodalanadi. C 6 H 12 O 6 + O 2 = 6CO 2 + 6H 2 O +674 kkal. Bu jarayon boshqacha dissimilyatsiya deb ham ataladi. 303 REFERAT MAVZULARI 1. Гнетумнамолар қабиласи. 2.Кардаиткабилар кенжа синфи. 3. Найсимонлар кенжа оиласи. 4. Вельвичиянамолар қабиласи. 5. Поябаргли мохлар синфи. 6.Лоладошлар оиласи. 7. Плаунсимон синфи. 8. Ужовниксимонлар синфи. 9. Лабгулдошлар оиласи. 10. Кучаладошлар оиласи. 11. Маршанциянамолар қабиласи. 12. Селагинеллалар қабиласи. 13. Қарағайсимонлар синфи. 14. Ёнғоқдошлар оиласи. 15. Толдошлар оиласи. 16. Ёпиқ уруғли ўсимликлар ва гулнинг келиб чиқиши. 17. Олхўригулдошлар кенжа оиласи. 18. Юксак ўсимликлар систематикаси фанининг ривожланиш тарихи. 19. Қирққулоқсимонлар бўлими. 20. Қизилчасимонлар синфи. 21. Сфенофилсимонлар ѐки понабарглилар синфи. 22. Араукариянамолар қабиласи. 23. Пистадошлар оиласи. 24. Юнгерманиялар қабиласи. 25. Олмагулдошлар кенжа оиласи. 26. Полиподиумсимонлар синфи. 27. Полушниксимонлар оиласи. 28. Гулхайридошлар оиласи. 29. Кипариснамолар қабиласи. 30. Зубтурумдошлар оиласи. 31. Мараттиясимонлар синфи. 32. Эфедранамолар қабиласи. 33. Итузумдошлар оиласи. 34. Тиснамолар қабиласи. 35.Туятовондошлар оиласи. 36. Жигарсимонлар синфи. 37. Ужовниксимонлар синфи. 38. Очиқ уруғлилар бўлими. 39. Айиқтовондошлар оиласи. 40. Итузумдошлар оиласи. 41. Қизилчасимонлар синфи. 42. Шўрадошлар оиласи. 304 43. Лепидодендронлар синфи. 44. Гинкгосимонлар синфи. 45. Зирадошлар оиласи. 46. Бошоқдошлар оиласи. 47. Магнолиядошлар оиласи. 48.Қирқбўғимсимонлар синфи. 49.Чиннигулдошлар оиласи. 50. Мараттиясимонлар қабиласи. 51. Ширачдошлар оиласи. 52. Пиѐздошлар оиласи. 53. Бурчоқдошлар оиласи. 54. Сальвиниякабилар кенжа синфи. 55. Кўкноригулдошлар оиласи. 56. Мураккабгулдошлар оиласи. 57. Қарағайдошлар синфи. 58. Ялпиздошлар оиласи. 59. Карамгулдошлар оиласи. 60. Беннетитсимонлар синфи. 61.Буғдойдошлар оиласи. 305 Download 5,15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling