O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
MARUZA KITOB1
Oliy ta’lim – uzluksiz ta’lim tizimining yuqori malakali mutaxassislar
tayyorlovchi mustaqil turi. U oliy ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Oliy ta’lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydi. Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy o’quv yurtlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta’lim muassasalarida) o’rta- maxsus kasb-hunar ta’limi asosida amalga oshiriladi. Oliy ta’lim ikki bosqichga: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy ma’lumot to’g’risidagi hujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga ega. Bakalavriat – o’rta-maxsus kasb-hanvr ta’limi negizida oliy ta’lim yo’nalishlaridan biri bo’yicha fundamental bilimlar beradigan, o’qish muddati to’rt yildan kam bo’lmagan tayanch oliy ta’lim; Magistratura - aniq mutaxassislik bo’yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir. Bakalavr, magistr – oliy ta’limning tegishli bosqichiga muvofiq dasturlarni muvaffaqiyatli o’zlashtirgan shaxslarga beriladjigan akademik darajalardir. Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni shartnoma asosida olishga haqlidirlar. Oliy ta’lim o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanib, bakalavriat va magistratura bosqichiga bo‘linadi. Oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari negizida va pullik-shartnomaviy asoslarda amalga oshiriladi. Bakalavriat mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta’lim muddati kamida to‘rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’lim hisoblanadi. Bakalavrlik dasturi tugallanganidan so‘ng bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlariga binoan kasb bo‘yicha “bakalavr” darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi. Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’lim hisoblanadi. «Magistr» darajasini beradigan davlat malaka attestatsiyasi magistrlik dasturining yakunlovchi bosqichidir. Magistrlarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi. Ikki bosqichli oliy ta’lim tizimini tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur: bakalavriat va magistratura uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish; oliy ta’lim muassasalari uchun professor-o‘qituvchi kadrlar tayyorlash, shu jumladan xorijiy davlatlardagi etakchi o‘quv va ilmiy markazlarda tayyorlash; oliy ta’lim muassasalarida tarkibiy o‘zgartishlar o‘tkazish; oliy ta’lim muassasalari boshqaruvini takomillashtirish, bu muassasalarning mustaqilligini kuchaytirish, muassislar, vasiylar kengashlari, jamoat nazorat kengashlari shaklidagi jamoat boshqaruvini joriy etish; ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; o‘qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda masofaviy ta’lim tizimi texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish hamda o‘zlashtirish; pedagogik va axborot texnologiyalari, tayyorgarlikning modul tizimidan foydalangan holda talabalarni o‘qitishni jadallashtirish; xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ta’limning insonparvarlik yo‘nalishini ta’minlash. 1.3. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi pedogogik fan sifatida. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanini predmeti, maqsad va vazifalari. Bugungi kunda magistratura mutaxassisliklaridagi “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fani tanlov fani hisoblanib, fanning o‘quv dasturi har bir oliy ta’lim muassasasidagi shu fanni o‘qitishga ma’sul bo‘lgan professor – o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqilmoqda. “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fani bo‘yicha o‘quv dasturini tuzishda uning quyidagi maqsad va vazifalarini hisobga olish dastur mukammalligini oshiradi (1.1-rasm). 1.1-rasm. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari. Fanning ma’ruza mashg‘ulotlarida oliy ta’limning me’yoriy-huquqiy xujjatlari, ta’lim tamoillari, maxsus fanlarni o‘qitishning tashkiliy shakllari va amalga oshirish metodlari, maxsus fanlardan ma’ruza, amaliy va tajriba mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodikasi, talabalar bilan kunikma va malakalarini nazorat qilish va baholash kabi mavzular o‘rin olgan. Amaliy mashg‘ulotlarda esa, fanga oid quyidagi mavzularga o‘rin ajratilgan: oliy ta’lim muassasalarining tuzilmasi va mazmuni, oliy ta’limning me’yoriy – huquqiy xujjatlarini tuzilishi va ularni rasmiylashtirish, ta’lim metodlari va ularni amalga oshirish metodikasi, maxsus fanlarni o‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, maxsus fanlardan ma’ruza, amaliy va tajriba mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodikasi, darsni tahlil qilish metodikasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar hosil qilish. 1.4. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining tadqiqot metodlari. Maxsus fanlarni o’qitish muammolariga qaratilgan ilmiy izlanishlar o’tkazishdan maqsad o’qitish va o’rgatishning, samarali metodlarni ishlab chiqish va amalda qo’llash, axborot-texnik vositalarni qo’llashga doir masalalarni yechishni o’rganishdan iboratdir. Ilmiy izlanishlar olib borish uchun o’qituvchida fanning mazmunini chuqur bilishni talab etiladi. Ko’pchilik bo’lajak pedagoglar talabalik vaqtlaridayoq pedagogik izlanishlar bilan shug’ullanadilar. Fan bo’yicha metodik ko’rsatmalar, maketlar, mustaqil ishlar uchun materiallar tayyorlaydilar. Ilmiy anjuman va seminarlarda ma’ruzalari bilan qatnashib, o’zlarining pedagogik mahoratlarini oshirib boradilar. Ilmiy pedagogik izlanishlar jarayonini shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo’lish mumkin: Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling