O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus t’alim vazirligi


Nyutonning birinchi qonuni


Download 328.5 Kb.
bet5/7
Sana08.01.2022
Hajmi328.5 Kb.
#241536
1   2   3   4   5   6   7
Nyutonning birinchi qonuni

Galileyga qadar Aristotel fizikasi hukumron edi. Uning fikriga ko‘ra kuchni harakat sababi dyeb bilgan. Kuch ta’siri to‘xtashi bilan harakat ham to‘xtaydi, deb hisoblaganlar. Nyuton harakatning birinchi qonuni sifatida Galilyey kashf etgan qonunni taklif etdi. Bu qonunga asosan: jism (moddiy nuqta) tashqi ta’sir bo‘lmaganda yo tinch holatda bo‘ladi, yo to‘g‘ri chiziqli tekis harakatlanadi. Bunday jism erkin jism, uning harakati esa erkin harakat yoki inyersiya bo‘yicha harakat deb ataladi.

Jismning tashqi ta’sirga uchramasligiga qanday ishonch hosil qilish mumkin. Biz jismni tortib harakatlantiruvchi prujina yoki arqon ularga, bosim ko‘rsatuvchi jismlar yo‘qligaga qarab tashqi ta’sir yo‘q degan fikrga kelamiz. Lekin jismga faqatgina tegib turgan jismlargina ta’sir ko‘rsatmaydi. Balki, gravitatsiya kuchlari, elektromagnit kuchlar va atom yadrolari hamda elemyentar zarralar orasida ta’sir qiluvchi boshqa kuchlar (yadro kuchlari, kuchsiz o‘zaro ta’sirlar) ham mavjudligini inobatga olish kerak.

Yadro kuchlari qisqa masofalarda ta’sir etadi. Gravitatsiya, elektromagnit kuchlari esa uzoq masofalarda ham ta’sir qiladi. Bu kuchlarning ta’siri har doim mavjud. Boshqacha aytganda tashqi kuchlar ta’siri har doim mavjud. Bu kuchlar ta’siridan qutilib bo‘lmaydi.

Shuning uchun tashqi ta’sir bo‘lmaganda so‘zini qo‘llaganda qaysi sanoq sistemasining tanlab olinishi ahamiyatga ega. Agar biror sanoq sistemasida jism to‘g‘ri chiziqli tekis harakat qilayotgan bo‘lsa, shu sanoq sistemasida Nyutonning birinchi qonuni bajariladi, dyeb aytish mumkin. Dyemak, Nyutonning birinchi qonuni faqat ayrim sanoq sistemalarida bajariladi. Nyutonning birinchi qonuni bajariladigan sistemaga inersial sanoq sistema deb aytiladi. Qanday sanoq sitemasi noinersial ekanligini tajribada aniqlash mumkin.

Masalan: yerdan kuzatilayotgan koinot yulduzlarining harakat qonunlarini o‘rganishda yer bilan bog‘liq sistemani inersial deb bo‘lmaydi. Chunki yer bilan bog‘liq sistemada yer o‘z o‘qi atrofida bir sutkada bir marotaba aylanganligi uchun yulduzlar yer atrofida aylanma harakat qilgandek tuyuladi.

Agar Quyoshni sanoq sistema markazi qilib, uchta o‘qni uchta yulduzlar tomon yo‘naltirganda, ular orasidagi burchakli masofalar deyarli sezilarli o‘zgarmaydi. Shuning uchun bunday sistemani inersial sistema, deb hisoblash mumkin.

Shunday qilib, yer bilan bog‘liq sistemaning noinersialligi uning sutkalik o‘z o‘qi atrofida aylanishi va Quyosh atrofida yillik aylana bo‘ylab aylanishlari tufaylidir. Yerning aylanma harakatini nazarga tutmay Yer sirtidagi jismlar harakati qaralganda, uni taxminan inersial sanoq sistema deb qarash mumkin.

Aytilgan mulohazalardan ko‘rinadiki, inersial sanoq sistemaning tanlab olinishi qanday jismlar harakati qonuniyatining o‘rganayotganligiga bog‘liq. Yana bir karra ta’kidlaymiz, Nyutonning birinchi qonuni inersial sanoq sistemalari uchun o‘rinlidir.


Download 328.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling