O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi
Badiiy matnda qo„llanilgan shevalarni mavzuiy guruhlarga
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5325947579492470095
2.2. Badiiy matnda qo„llanilgan shevalarni mavzuiy guruhlarga ajratish Ma‘lumki, badiiy asarlardaturmush, umuman borliq, hayot keng qamrovda o‗z badiiy, real ifodasini topdi. Shunga ko‗ra badiiy asarlarning til xususiyatlarini o‗rganish, asar yozilgan davr tilini baholash, qahramonlar saviyasi, tili ularning qanday maqomga ega ekanliklarini belgilash va nihoyat, yozuvchining badiiy mahoratini ochib berish jihatdan ham juda muhimdir. Shunga qaramasdan, o‗zbek tilshunosligida badiiy asarlarda mavjud bo‗lgan o‗ziga xos alohida xususiyatlar, shevaga xos so‗zlarning badiiy asarda qo‗llanish jihatlari maxsus tadqiq etilgan asarlar deyarli yo‗q. Badiiy asar tilining boy va jozibador bo‗lishida dialektizmlarning o‗rni va roli muhimdir. "Badiiy asar tilining ifodaliligi, qahramonlar nutqining individuallashganligi ko‗p jihatdan o‗rinli va me'yorida qo‗llangan sheva unsurlariga bog‘liq" 16
"Yozuvchilar o‗z asarlarida hayotning realistik tasvirini chizish, mahalliy qoloritni berish, personajlar nutqini individuallashtirishda yoki biron tushunchaning shevadagi atamasi kitobxonga ahamiyatli bo‗lgan holatning mahalliy belgisini bildirsagina dialektal so‗zlardan foydalanishi mumkin". 17
O‗zbek tili turkiy tillar ichida ko‗p shevali til bo‗lib, bu shevalar tabiiy, adabiy tilni boyitishga xizmat qilgan. Yozuvchi va shoirlarning, jumladan, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Cho‗lpon, Tog‘ay Murod, Shukur Xolmirzayev, Mirzakalon Ismoiliy, O‗tlir Hoshimov, O‗lmas Umarbekov, Tohir Malik, Xudoyberdi To‗xtaboyev, Ulug‘bek Hamdam, Normurod Norqobilov, Murod Mansur kabi bir qator ijodkorlar o‗z asarlarini yozishda
15 Маҳмудов Н. Ўша асар, 132-б. 16 Йўлдошев М. Чўлпон сўзининг сирлари. Т., Маънавият, 2002. Б. 29.
17
50
shevalardan ham ma‘lum maqsad uchun o‗rinli foydalanganligini ko‗rishimiz mumkin. Xususan, Tog‘ay Murod o‗z asarlarida shevaga xos so‗zlardan keng va unumli foydalanganligini ko‗rishimiz mumkin. Zero, yozuvchi asarlarining eng birinchi ko‗zga tashlanadigan xususiyati ham sheva elementlari orqali badiiy jozibadorlilikka erishilganligidir. "Dehqonqul nutqi Surxon vohasi lahjasi libosini kiyib o‗quvchi qulog‘iga ajabtovur eshitiladi" 18 . Darhaqiqat, Tog‘ay Murod asarlarida, asosan, Surxondaryo shevasiga xos fonetik, leksik va grammatik xususiyatlar obrazlilikni ta'minlab, jozibadorlilik va uslubiy rang- baranglikni vujudga keltirgan. Shu bilan birga Shukur Xolmirzayev ijodida ham shevaga xos so‗zlar alohida o‗rin egallashini ko‗rishimiz mumkin. Bular qatoriga yana ko‗p ijodkorlarni qo‗shish mumkin. Lekin bizning bitiruv malakaviy ishimizdagi asosiy maqsadimiz badiiy matnda qo‗llanilgan shevaga xos so‗zlarni mavzuiy guruhlarga ajratishdir. O‗zbek shevalarida dialektal so‗zlarning fonetik, morfologik, leksik morfologik, semantik tiplari uchraydi. Biz yuqorida uning bir necha turi bilan qisqacha tanishib o‗tdik. Quyida biz shevaga xos so‗zlarni semantik, ya‘ni mavzuiy guruhlarga ajratamiz. Dialektal so‗zlarning semantik guruhlari juda ko‗p bo‗lib, ulardan ayrimlarini keltirib o‗tamiz. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling