O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi
manjuzaqilsakhambo‗ladiLag„mon
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5325947579492470095
- Bu sahifa navigatsiya:
- MirazizA‟zamga
manjuzaqilsakhambo‗ladiLag„mongago‗shtkerak
(Farg‗onatongotguncha). - Polvon,
negaanqayyapsan. Xivashahrini ко'rmaganmiding? - dedi. - Kattaqal‟a, hammayerinigo‗ribboladimi, - dediPolvon(Xorazm). 44
- shevagaxosso‗zlarjuftso‗ztarkibida (antonim, sinonimtarzida) keltirilgan:
(―Oltinvodiydan shabadalar‖). ...
barchaxalqbel, kapchako‗tarib, yop-anhor, daryo
bo‗yisohiltomonyo‗loldi (Xorazm) 10 . Ayniqsa, dialektalso‗zlardanhazil, kinoyasifatidahamfoydalanilgan: MirazizA‟zamga Bolalarchakashayeb, Bolalarga yozadir.
Bolalardek tozadir. (O‗zbek adabiyoli va san'ati, 2015 yil 1-yanvar) Shuni ta‘kidlash lozimki, dialektlar adabiy tilning boyishi uchun tabiiy manbalardan biri bo‗lib qoladi. Dialektizmlarning adabiy tilga singib ketish jarayoni qiyin kechadi, lekin badiiy adabiyotning ta‘sirchan kuchi orqali bir asarda qo‗llangan dialektizm keyingi asarlarga o‗tadi va shu tariqa umumxalq mulkiga aylanadi va adabiy tilda o‗zlashib ketishi mumkin. Dialektizmlardan badiiy asarda turli xil maqsadlarda foydalaniladi. Ayniqsa, ularning uslubiy vazifasini bajarib kelishi badiiy asar tilining boy va jozibador bo‗lishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababdan ular adabiy tilning funksional nutq doirasiga o‗tadi, o‗sha uslubga mos emotsional bo‗yoq oladi. Yuqorida aytib o‗tilgan fikrlar bilan birga ularning uslubiy vazifasini bajarishi haqida yana alohida mulohazalar mavjud. Demak, dialektizmlar uslubiy vazifani bajaruvchi leksik vositalar hisoblanib, bundan foydalanish yozuvchi ijodi uchun xarakterli xususiyat darajasiga ko‗tarilishi mumkin. Jumladan,
Mazkur gapda mo‗za kavishbirikmasidagi mo‗za dialektizmi qo‗llanilgan bo‗lib, eshak terisidan tikilgan kalish ma‘nosini bildiradi.Bu turdagi oyoq kiyim hozirda umuman iste‘moldan chiqib ketgan.Lekin fors tili leksikasida mo‗za so‗zi
10 BufaktlarB. FayzullayevvaO. Xidirovlarning “Dialektizmvakontest” maqolasidanolindi. 45
etik ma‘nosini anglatgani, turkiy tilda esa uni o‗rnida, ya‘ni mo‗za so‗zi o‗rnida chakma so‗zi ishlatilishi ham ma‘lum.Ya‘ni mo‗za so‗zining ma‘nosi etik deganidir. Bu so‗z arab tilida mo‗raj shaklida o‗zlashgan. 11
birliklardan iborat bo‗lib, uning uzoq o‗tmishi haqida ma‘lumot berishi bilan bir qatorda uning lisoniy xususiyatlarini aniqlashda shuningdek, ayrim grammatik hodisalarning evolyutsiyasini kuzatishda ham ko‗maklashadigan muhim manbadir. Dialektizmlar badiiy asar ta‘sirchanligini oshirishda ham faol qo‗llaniladi. Masalan,
Keltirilgan misollarda xurtlab (ad.xo‗plab), engarak (ad.qo‗raning eshigi), checha (ad.yanga), chiy (ad.qamish) kabi dialektizmlar qo‗llanilgan. Odatda bu dialektizmlar Surxandaryo hududida yashovchi sheva vakillari nutqiga xos bo‗lib, asarda tasvir etilayotgan manzaraning shu joyda yuz berganligiga ishora qilishdan tashqari, qahramonlarning ma‘lum hudud vakillari ekanliginita‘kidlash yoki eslatishga ham, eng muhimi, asarning xalqchil bo‗lishiga ham xizmat qiladi. Shevalar asarga jonlilik, samimiylik baxsh etishi bilan birga asar qahramonining qayerda istiqomat qilishini ham ko‗rsatib turadi.Shevalar orqali ifodalangan tushunchalarga kitobxonning diqqati beixtiyor oshadi. Ko‗rinadiki, badiiy matnni yaratishda dialektizmlardan foydalanishning o‗z o‗rni bor. Ulardan mahorat bilan foydalanish esa asarning xalqchilligini ta‘minlashga xizmat qiladi.
11 AbdullayevF. Xorazimshevalari. Toshkent, O‘qtuvchi. - 1961. 140 – b. 46
Yoki: Kampir shotining yon yog 'ochini silab o‗ynar, Enaxon og‘zidan olgan saqichini ezib ―soqqa‖ yasar... (Cho‗lpon). Enaxonlarning butun oilasi yoyilgan qopning tegrasidajugari uqalab o‗tirardilar. (Cho‗lpon).Jiyaningiz qishloqdan zig‘ir moy olib keldi. Shuni chuchityapman.(T.Murod) Keltirilgan misollar tarkibida shoti (ad.narvon), jugari (ad.jo‗xori), chuchitmoq (ad.qizdirmoq) dialektizmlari qo‗llanilgan. ―Badiiy adabiyotda va kinofilmlarda mahalliy koloritni aks ettirish, asar qahramonlari nutqini real berish maqsadida dialektizmlardan foydalaniladi. (Lekin bu bilan dialektal leksema adabiy tilda o‗rnashdi degani emas, albatta. Badiiy adabiyot va kinofilmlarda shevaga xos unsurlarni ishlatishda quyushqondan chiqib ketish yaxshi emas. Ularni qo‗llash me'yor doirasida bo‗lmog'i lozim).‖ 12
Dialektizmlardan badiiy asar tilida muhim uslubiy vosita sifatida tez-tez foydalanib turiladi.Dialektizmlar badiiy asar tilida muallif tomonidan ataylab, asarda tasvirlanayotgan obraz, ma‘lum bir hududda yashovchi kishi, ya‘ni personaj nutqining o‗ziga xosligini ko‗rsatish maqsadida qo‗llaniladi. Badiiy asar tilining hayotiy, jonli chiqishi ma‘lum darajada shevaga xos so‗zlarga ham bog‘liq. Shuning uchun badiiy asar tilini dialektizmlarsiz tasavvur qilish qiyin. Yozuvchi tomonidan qo‗llanilgan dialektizmlar o‗quvchiga tasvirlanayotgan personaj xarakter-xususiyatini, uning qanday muhiyatda yashayotganligi, turmush tarzi, atrofdagilarga munosabati, nutqidagi o‗ziga xos xususiyatlari, adabiy til qoidalarini bilish darajasi to‗g‘risida aniq tasavvur qilish imkonini beradi.‖Bunda dialektizmlarning ba‘zilari adabiy tilda mavjud bo‗lgan so‗zlarga sinonim sifatida ishlatilsa,ba‘zilari shu dialekt yoki sheva vakillari turmushiga,territoriyasi – relyefiga xos narsa va hodisalarning nomi sifatida qo‗llaniladi.‖ 13
Badiiy asarlarda shevaga xos so‗zlarni qo‗llash yozuvchining o‗ziga xos uslubi, yo‗nalishi, individualligini ham belgilab berishga xizmat qiladi.
12 Sayfullayeva R., Qurbonova M. r Mengliyev B., Boqiyeva G. Hozirgi o'zbek tili. -Toshkent, 2005. 115-b. 13 Қиличев Э.Ўзбек тилининг практик стилистикаси. -Тошкент,Ўқитувчи,1985. 53-б. 47
Masalan, Abdulla Qodiriyni olaylik. Uning qaysi asarini o‗qimang har satri va har varag‘ida shevaga xos so‗zlar – dialektizmlarga duch kelasiz.
Abdulla Qodiriy ham o‗z asarlarida qahramonlarning xarakterli xususiyatlarini to‗laqonli ochish
maqsadida
sheva xususiyatlarini personajlarning o‗z tili bilan gapirtiradi:
kezib qahramonlar orasida o‗zini his etadi: - Sen bilan men bo‗lsak, qattiq nonni ham yeya beramiz; jazzasi(chorasi demoqchi) choyga bo‗ktirishda. (―Mehrobdan chayon‖.78-bet)
demoqchi), o‗ttiz uch tanobga haq sog‘onlar(solganlar). Men shunga arza (ariza demoqchi) yozdirayma, ...deb(-mi affiksi ko‗p o‗rinlarda –ma shaklida qo‗llangan va bu bilan o‗sha davr xalq jonli tilini ifodalagan). (―Mehrobdan chayon‖.128- bet)-Ebi, kimni o‗ldirding?-Ota kasbim odam o‗ldirish emas.-Inisi bergan, -dedi Sharif,-Qani, ining bilan ko‗rishdingmi, Qobel?-Ko‗rishdim.-Odami nag‘z bo‗lg‘an?-Odami nag‘z.-Akun shu qochib yota beraykan-da,-dedi Rahim. –Biroq chora boqsin-da, aytmading-chi, axi? (―Mehrobdan chayon‖.265-bet) -Olmaysanmi, pala‘nat? (padarlanat demoqchi) -O‗zlaringga deyappan-ku, inim senlarga atab berdi. (―Mehrobdan chayon‖.265- bet) -Tug‘ulg‘ondan so‗ng o‗sish, o‗sgandan so‗ng ikkov-ikkov bo‗lib yashash bor.(114-bet) -Men zeriktirmayman.... Qanday osh (ovqat demoqchi) qilay? -Qaysi xilini buyursam ekan? – deb o‗z-o‗ziga savol berdi, Anvar. – Ubraga uquving yo‗q, palovni lanj qilasan, samsani yopolmaysan, tuppani kesalmaysan, senga qayla buyurg‘andan, atala qil degan yaxshi. -Men uquvsiz bo‗lsam, o‗zingiz osh qiling.(202-bet) 48
―Biror dialektal so‗zning adabiy nutqqa ko‗chish hodisasi bilan dialektal so‗zlarning badiiy asarda ishlatilishi hodisasini bir-biridan farqlash zarur. Yozuvchilar o‗z asarlarida hayotning realistik tasvirini chizish, mahalliy koloritni berish, personajlar nutqini individuallashtirishda yoki biron tushunchaning shevadagi atamasi kitobxonga ahamiyatli bo‗lgan holatning ma‘lum mahalliy belgisini bildirsagina dialektal so‗zlardan foydalanishlari mumkin‖ 14 . Shuni ham yodda tutish kerakki, shevaga xos unsurlarni badiiy asar tiliga haddan ziyod darajada kiritish ham yaxshi natija bermaydi. O‗rinsiz , haddan ko‗p qo‗llanilgan shevaga xos leksik-frazeologik vositalar badiiy asar tilini g‘alizlashtiradi, uning ta‘sirchanligini pasaytiradi. N.Mahmudov to‗g‘ri ta‘kidlab o‗tganidek, ―Ayni paytda ta‘kidlamoq joizki, badiiy adabiyot tili mutlaqo o‗ziga xos nutq uslubi sifatida shevaga xos so‗z va boshqa birliklarning muayyan maqsad bilan qo‗llanishiga imkoniyat yaratadi. Sheva so‗zlari va grammatik shakllari, ya‘ni dialektizmlar badiiy nutqda aniq estetik vazifani ko‗zda tutgan holda qo‗llanadi. Ta‘kidlash kerakki, dialektizmlarning estetik qimmat kasb etishi ularning badiiy nutkdagi me‘yori, qanday ishlatilishi va aynan qanday turlarining tanlanishi bilan ham bog‘likdir. Badiiy asar tilida ham dialektizmlarning me‘yoridan ortiq darajada bo‗lishi asarning estetik qimmati va ta‘sir kuchini pasaytiradi, asar tilining sofligiga, ravonligiga putur yetkazadi. Dialektizmlarni badiiy asar tiliga olib kirish o‗ziga xos badiiy-poetik usuldir. Bu usul, albatta, dialektizmlar bilan adabiy til me‘yorlarining munosabatiga asoslanadi. Ana shu munosabat asosida adabiy tilga oid so‗zlar (va shakllar) bilan qarshilantirilgan dialektizmlar alohida estetik qimmat kasb etadi. Xususan, ular mahalliy koloritni qabariq tasvirlash, asar qahramonlarining nutqiy tavsifini berish uchun o‗ziga xos imkoniyat yaratadi. Ayni paytda ular nutqiy ekspressiya, ifodalilik uchun ham xizmat qiladi. ―So‗z leksik dialektizm sifatida badiiy nutqda ishtirok etar ekan, adabiy tilda bu so‗zning sinonimi mavjud bo‗lishi mumkin. Bunda dialektizm adabiy
14 Шомақсудов А. ва бошқалар, 58-б. 49
tildagi so‗zlar bilan semantik va stilistik jihatdan qarshilantirilishi natijasida mahalliy koloritning muhim qirralarini o‗zida aks ettiradi.‖ 15
Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling