O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi
ettadan kechkachamiypat aytip
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5325947579492470095
- Bu sahifa navigatsiya:
- : Biy taginki o„rtasida haligi tam turipti. Biy o„yunki
ettadan kechkachamiypat aytip.. (Qatag‗on). Undalmalar qo‗llangan: E taxsir,
axuir bizzi bir pirivuz bogan (Toshkent) va hokazo. Ayrim shevalarda -ki yuklamasining gapdagi urg‗u beriladigan so‗z shaklida qo‗llanish hollari qayd qilinadi. Bu Qorabuloq shevasida yorqin ko‗rinadi: Biy taginki o„rtasida haligi tam turipti. Biy o„yunki ichida suluv qiz bar ekan. 37
II. O„zbek shevalarining leksik xususiyatlari O‗zbek shevalarining fonetik va leksik xususiyatlari bilan birga leksik xususiyatlarga ham ega. Bu xususiyatlar shevalarni adabiy tildan va ayni paytda ularni o‗zaro bir-biridan farqlaydi. 38
Ma‘lumki, o‗zbek shevalari leksik tarkibida umumxalq tiliga xos bo‗lgan umumiy qatlam va shu bilan birgalikda shevaga xos bo‗lgan leksik qatlam ham mavjudki, u har bir tilning o‗ziga xos boyligi hisoblanadi. O‗zbek tilida adabiy til uchun ham, sheva uchun ham umumiy bo‗lgan, so‗zlar mavjud va ular o‗zbek tili leksik tarkibining asosiy qismini tashkil etadi. Masalan, tabiat hosisalari(chaqmoq, qor, yomg‘ir, shamol); mavjudotlar (suv, daryo, daraxt, tog‘, tosh); holat-harakat (yurmoq, uxlamoq, ichmoq)ni va shu kabilarni ifodalovchi so‗zlar kiradi. Shu bilan birgalikda shunday so‗zlar mavjudki, ular adabiy til bilan umuman mos kelmaydi. Yoki bir hudud doirasidagi so‗zni boshqa hududda yashovchi aholi tushunmaydi. Masalan, Xorazm shevasida ishlatiluvchi gavvora so‗zi bir qaraganda tushunarsiz. Bu so‗z adabiy tilda beshik degan ma‘noni anglatadi. O‗zbek xalq shevalarida o‗zbek adabiy tilida bo‗lmagan yoki shunday tushuncha anglatadigan boshqa so‗z orqali ifodalanadi.
O‗zbek shevalarida yana shunday so‗zlar ham uchraydiki, bunday so‗zlar shakl jihatidan o‗xshash bo‗lishlariga qaramay, shevalararo boshqa- boshqa-boshqa ma‘nolarda ishlatiladi. Masalan, shoti so‗zi Toshkentda aravaning bir qismi ma‘nosida kelsa, Farg‘onada esa narvon ma‘nosida ishlatiladi. Buvi so‗zi Toshkentda ota yoki onaning onasi; Farg‘onada esa ona ma‘nosida. Rasmdagi pashsha va chivinlarga diqqatingizni qarating. Qiziq, aslida qay biri pashsha-yu, qay biri chivin?
Bunday so‗zlarni to‗plash va o‗rganish sheva xususiyatlarini qayd etish uchun, hozirgi zamon o‗zbek tilini boyitish uchun ham muhimdir. 39
Badiiy adabiyotda shevalar bahsi bo‗yicha bolalar uchun turli qiziqarli she‘rlar yozishgan. Bundan hozirda o‗quvchilar zehnini o‗tkirlash uchun ham ishlatmoqdalar, desak adashmagan bo‗lamiz: Buxoroda inak derlar, Qipchoq elda uydir oti. Doim suyib go‗shtin yerlar, Sut beradi har bir zoti. Xashak ushlab unga choping, Nimadir u, qani, toping. Bibijonlar nabirasin Atrofida ovoradir. Bola uchun bebaho taxt Milliy buyum gavoradir. Bola yig‘lar, qani, chopping, Bu nimadir, tezda toping. (U. Qo‗ldasheva)
Yoki A. Abdumalikovning Andijonlik ―shoti‖ desa, Toshkentliklar ―Narvon‖ deydi. Xonim yoki o‗ramani Yana kimdir ― huvnon‖, deydi. Qo‗qonliklar: ―Kanalga yur, Hopitamiz, chop-chop‖,- deydi. Xorazmlik kulib: ―Qurg‘ur, Kanal emas, bu- yop‖,-deydi. Bolalarim, qani o‗ylang, Qaysi biri to‗g‘ri? So‗ylang. she‘rlarini misol qilib olishimiz mumkin.
Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling