Bog„lovchilar.
Ko‗pgina shevalarda ham bog‗lovchisi qo‗llanishi jihatdan adabiy tildan
ozgina bo‗lsa ham farq qiladi.
Adabiy tildagi va bog‗lovchisi shevalarda juda kam ishlatiladi. Uning
funksiyasini –yu yuklamasi bajaradi. Tosh.: kattayu kichik hamma joyga
eketgan.
Zidlovchi bog‗lovchilar: ammo, lekin, balki. Shevalarda biroq,
holbukibog‗lovchilari uchramaydi. Zidlovchi bog‗lovchilar sintaktik jihatdan
teng huquqli, mazmunan bir-biriga qarama-qarshi bo‗laklarni bog‗laydi.
Adabiy tildagi lekin bog‗lovchisi shevalarda lekin , nekin, likin, likgin
shakllarida ishlatiladi: nokin borgany minan hish nessa ko‗romiysan.
Ko‗pincha shevalarda ammo, lekin bog‗lovchilari birga qo‗llanadi. Bunda zidlik
ma‘nosi yanada kuchayadi. Toshkent: menga baribir- ommolokin nan azilip
ketvotti. Ba‘zan zidlik munosabati –da bog‗lovchisi bilan ham ifodalanadi.
Karim keldi-da, innamay ketti.
35
Balki bog‗lovchisi balkim, balki shakllarida uchraydi. Ular mazmunan zid
bo‗lgan bo‗laklarni bog‗laydi. Tosh.: Birpas turatur, balkim kep qolar.
-ki bog‗lovchisi sodda gapda, ko‗pincha, ma‘noni kuchaytirish uchun yuklama
vazifasida qo‗llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |