predmetlar yig‗indisini, to‗dasini bildiradi. Ularni ikki guruhga bo‗lish mumkin:
1. Jamlash.Bularga har elementi ishtrok etmagan barcha turdagi jamlash
olmoshlari kiradi. Qarluq tip shevalarda ular ҳамма||ҳама, баръ||ба:ръ, барлъқ,
31
бачча, тамамъ, сатта (бутун), бутън; qipchoq tip shevalarda: жавлък, хоптър,
әрдъсәр (bari bir); surxondaryo(j-lovchi) жаппа, жавлик (ahli, butun, barcha).
2. Belgilash. Bunga har elementi vositasida yasalgan barcha belgilash
olmoshlari kiradi. Ular qarluq tip shevalarda har narsa, hannarsa, hennese,
hannima, har kim, harkum, haq qannay, har qanniy tarzida talaffuz etiladi.
Bu olmoshga qanaqa, qancha, nima, narsa, qaysi so‗zlar qo‗shilib, belgilash
olmoshlari yasaladi va kuchli fonetik o‗zgarishlar yuz beradi. Bu hol, ayniqsa,
qachon va qaysi so‗roq olmoshlari qo‗shilganda ko‗zga yaqqol tashlanadi.
Farg‗ona, Toshkent: har kim hanasa deyvuradi.
Do'stlaringiz bilan baham: