O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi
Bo„lishsizlik olmoshlari
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5325947579492470095
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gumon olmoshlari.
Bo„lishsizlik olmoshlari.Bo‗lishsizlik yoki inkor olmoshlari ma‘nan
belgilash olmoshlarining aksidir. Ular narsa-predmet, voqea yoki hodisalarning inkor ma‘nosini bildiradi. O‗zbek shevalaridagi bo‗lishsizlik olmoshlari qarluq tip shevalardahech, hesh, hich, hish; o‗g‗uz tip shevalarda hech//yesh, qipchoq tip shevalarda hich, hish morfemalar yordamida yasaladi. Bu morfema yakka holda kamdan-kam qo‗llanadi.U, asosan,
dialoglarda tugallanma gap holatida uchraydi. Qipchoq:qabing‘ni nan qaldim–hish. Gumon olmoshlari.Bunday olmoshlar predmet, voqea-hodisalarning taxminini, noaniq ma‘nosini anglatadi. Ular qarluq tip shevalarda:Namangan: alanima, allanasa, Toshkent: allakim. Namangan: alaynima, allanassa||annasa, Toshkent:annarsa, Nam.: kimdur, nmadir, binnama, bitanasa, allanechu, allaqandag‘, allaqer, allaqat; Surxondaryo (j-lovchi): alla g‘alay bala. O‗g‘uz tip shevalarida nimadur, kimdur, nimadir kabi shakllarda uchraydi. O‗zbek shevalarida uchraydigan sifat turkumiga xos so‗zlar adabiy tildagi kabi biror predmet, voqea-hodisa yoki holatning belgi-xususiyatlarini (rang- tusini, hajmini, shaklini, xossa-xususiyatlarini, og‗ir-yengilligini, maza-ta‘mini va hokazolarni) ifodalash uchun qo‗llanadi. Shevalarda sifat kategoriyasidagi so‗zlar o‗sha shevalarga xos ayrim sifatlarning mavjudligi bilan o‗zbek adabiy tilidan ma‘lum darajada farq qiladi. Masalan, yuqchi: siptaranna (silliq randa), parruxadam (lavang odam); Surx: asovat (yuvvosh ot). Toshk: sillu: randa,
32
lapashang// lavang adam, yovvoshot; Surx: dopkarchi (g‗iybatchi), portoqi (ayyor, noinsof); J.Qirg‗.:kopan (yolg‗on, yolg‗ondaka); Surx: xakar (yolg‗onchi); Toshk: sotesi sovu:,quru: maxtancho(g‘iyvachchi, tulki//ayyor, yolg‘ondaka, yolg‘onchi. O‗zbek adabiy tilida mavjud bo‗lgan oq, qora, sariq, mard, chiroyli kabi qator so‗zlardan tashqari, shevalarda narsa-predmetlarning xususiyatlarini aks attiruvchi bir qancha so‗zlar uchraydiki, ularni ham yuqoridagi so‗zlar singari tub sifatlar qatoriga kiritish mumkin. Masalan: Surx: (j-lovchi): bojir (cho‗tir), xopen (beso‗naqay), zoxim (badqovoq); yuqchi: davang (katta), donzvak (sodda, oddiy); Toshk: chotr, besonaqay,zaxar, sodda. Qipchoq tip shevalarda so‗z oxiri k, q tovushlari bilan tugab, so‗nggi bo‗g‗inda tor unli mavjud bo‗lsa, so‗z oxiridagi undosh tushadi:achchi, qatti,quri, toli,
sari, issi,
tiri,elli.Qarluq qipchoq shevalarda еsa saqlanadi: achchiq, qattiq, quruq, toliq, sariq, issiq, tirik, ellik. Yuqchi: lup-luchchek bola (yap-yalang‗och bola). Nam.:op-oshkora guno; Farishkom-kok o‗t; Surx.: top-toyiz (sip-silliq), zim-ziya, Nam.:sip-siyo, sup-surx (qop-qora, qip-qizil), Surx(j-lovchi): mag‘aldoq (ezma,mijg‗ov), xakka (sezgir), (firibgar), хаkar (yolg‗onchi), hoqqi (qo‗pol, dag‗al muomalali), bebovin (epchil), Surx.: xarav (novcha), bojir(cho‗tir), Qarshi: xo‗ron//suq (ochko‗z). Surx.(y-lovchi): siyokor (oq-qora), Nam.: mallamish (malla rang), Nam.: kuyindi qizil (to‗q qizil), yalandi sapsar (och safsar), xalma talqan (tolqon rang). -li affiksini juftlab ishlatish ham Xorazm shevalari uchun xosdir: aqli-qarali (olachipor), ivirli-chivirli (bola-chaqali), gajali-gunduzli (kecha-kunduz). Bu o‗rinda –li affiksi bog‗lovchi vazifasini ham bajarishi mumkin. Surx.: (j-lovchi): portaqi (qalbaki), jortaqi (yo‗rg‗a)at. Nam.: olasiqqiz (uzatiladigan qiz). O‗zbek adabiy tilidagi bilan ko‗makchisi Shevalarda minan , mne (n), milan, mnam, blan; -man, -mam, -lay, matan (barcha shevalarga xos shakllar), viylan, vilan (Xorazm), minan (Hazorasp), vulan (Janubiy Qoraqolpog‗iston), bilan (Mankent) shakllarida uchraydi. 33
Vosita ma‘nosini ifodalovchi o‗zbek adabiy tilidagi orqali ko‗makchisi shevalardaarqolin, orqalig, orqaliy shakllarida uchraydi.Tosh.: oshe oy оrqaliy otladi.
O‗zbek adabiy tilida sabab, maqsad ma‘nolarini anglatuvchi uchun, sababli,tufayli, ko‗rako‗makchilari shevalardauchun, chun, chin (Turk.)uchun , ichin (Namangan) sebepli//shuvajdan, shu tupayli, tupaylin (Tosh.)shakllarida uchraydi. kabiko‗makchisi shevalarda uchramaydi. Bu ko‗makchi funksiyasini singari, sinorin, qatar, tengi (Tosh., Namangan, Farg‗ona dastur, sinnare, sangarin (SH-sabz, Turkiston) ko‗makchilari va –dog‘//-da, -day//-dek, -day, -teg, -lay, -pey//-tay affikslari bajaradi. Tosh.:menem kottela qator bir chetta turdim. Xorazm tip
shevalarida kabi,
singari ko‗makchilar vazifasini diyn//diyn//dayn affikslari bajaradi. Hazorasp: ulliqishdiyn//kishdayin. Qadarko‗makchisi shevalararo har xil ko‗rinishga ega bo‗lsa-da,lekin ularning anglatgan ma‘nolari bir xil. Ba‘zi shevalarda qadar//dovur, chovurjo:ul, do:ur,dovur//chovir (Хоразм) kabi fonetik o‗zgarishlarga uchragan holda qo‗llanadi. Tomon ko‗makchisi tomon, tarap (Tosh.), taman,tomon, tarap ko‗rinishlariga ega. Bu ko‗makchi harakatning yo‗nalish ma‘nosini bildirib, shevalarda, ko‗proq, bosh kelishik shaklidan ko‗ra jo‗nalish-chiqish, o‗rin-payt kelishigi shaklida ishlatiladi. G‗az.: yiyit tarapta bazm bolordi. Turkiston guruh shevalarda chaxti, chaxli so‗zlari ham ko‗makchi funksiyasida kelib, miqdor, chama, taxmin ma‘nolarini anglatadi: om besh chaxli adam kedi. O‗zbek adabiy tilidagi sari, sayinko‗makchilarining shevalarda sari, sayin (Tosh.), sari (Farg‗ona), soyi (Qarnob), sayin //sayi (Chimkent), sayin (Xorazm) shakllari mavjud. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling