O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi


 O„zbek  shevalarining  fonetik  xususiyatlari


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/50
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246430
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50
Bog'liq
2 5325947579492470095

 

1.1. O„zbek  shevalarining  fonetik  xususiyatlari. 

 

O‗zbek    shevalarining    o‗ziga    xos    fonetik    xususiyatlari    mavjud.  

Shevalarda        turli    xil    fonetik    qonuniyatlar    mavjud    bo‗lib,    ulardan    bir  

nechtasi    ko‗rib    chiqamiz.    Fonetik      qonuniyat—  o‗zbek    shevalarida    amal  

qiladigan    tovush    talaffuzi    bilan    bog‘liq    holda    yuz    beradigan    fonetik  

hodisalar.  

 

Tovush    mosligi—  so‗z    ma‘nosiga    putur    yetkazadigan      tovush  

o‗zgachaliklari.   



Assimilyatsiya. Og‗zaki nutqda (xilma-xil ko‗rinishga ega bo‗lgan o‗zbek 

shevalarida)  unli  tovushlar,  ayniqsa,  undosh  tovushlarassimilyatsiyasi  juda  ko‗p 

uchraydi. 

Assimilyatsiya turlari. Agar keyingi tovush o‗zidan oldin kelgan  tovushga 

o‗xshasa,  progressiv  assimilyatsiya,  aksincha,  oldingi  tovush  o‗zidan  keyin 

kelgan  tovushga  o‗xshasa,  regressiv  assimilyatsiya  deyiladi.    Assimilyatsiya 




13 

 

o‗xshatish darajasiga ko‗ra, to‗liq va to‗liqsiz bo‗lishi mumkin. Agar ikki har xil 



tovush  assimilyatsiya  natijasida  bir  xil  bo‗lib,  bir-biriga  o‗xshasa,  to‗liq 

assimilyatsiya  (masalan,  toshk.  toshshi—toshni,  qizzi

bir-biriga  qismangina,  masalan,  jarangli  yoki  jarangsizligiga  ko‗ra  o‗xshasa,  u 

holda to‗liqsiz assimilyatsiya vujudga keladi. To‗liqsiz assimilyatsiya jarayonida 

ikkita  har  xil  tovush  bir-biriga  o‗xshash  bo‗lmagan  ikki  tovush  holiga  qoladi. 

Masalan,  ad.orf.qochdi  [qochti//qoshti],  ochdi  [ochti//oshti],  yopdi  [yopti], 

qishloqda  [qishloqta].Og‗zaki  nutqda  me‘yor  hisoblanadigan  yuqoridagi 

assimilyatsiya shakllari hozirgi o‗zbek orfografiyasida o‗z aksini topmagan. 

Progressiv assimilyasiya hodisasiga singarmonizm ham taalluqlidir. 

Singarmonizm  unlilarning  garmoniyasi  (uyg‗unlashishi)dir.  Bu  hodisa  ikki  xil 

ko‗rinishda bo‗ladi: 

  lingval 



garmoniya 

(unlilarning 

qattiq 

va 


yumshoqligiga 

ko‗ra 


garmoniyasi(ohangdoshligi); 

  labial  garmoniya  (unlilarning  lablanishi  va  lablanmasligiga  ko‗ra 



garmoniyasi(ohangdoshligi); 

 

Unlilarning  lingval  garmoniyasi  o‗zbek  shevalarida  turli  ko‗rinishga 



egadir. 

Singarmonizmli  y-lovchi  va  j-lovchi  shevalarda  lingval  singarmonizm  qonuni 

izchillik  bilan  saqlangan.  Bu  qonunning  mohiyati  shundaki,  bir  so‗z  tarkibidagi 

barcha  unlilar  (qisman  undoshlar  ham)  bir  xil:  oldingi  qator  yoki  orqa  qator 

bo‗lishi shart, ya‘ni ba‘zi so‗zlarda faqat oldingi qator unlilariginaishtirok qiladi. 

Bunday  so‗zlarda  til  orqa  undoshlardan  faqat  sayoz  til  orqa  [k,g]  tovushlarigina 

kelishi mumkin. 

 

Aksincha,  boshqa  so‗zlarda  faqat  til  orqa  unlilari  [ы,  у,о,а,э  ]    til  orqa 



undoshlaridan esa chuqur til orqa undoshlarigina [q, g‗,x] ishtirok etishi mumkin. 

So‗z  o‗zak-negizlarining  bu  xil  ikki  kategoriyaga  ega  bo‗lishiga  ko‗ra,  ularga 

qo‗shiladigan  affikslar ham o‗sha so‗z tarkibidagi tovushlarga moslashadi va ular 

ham ikki qatorga (oldingi va orqa qator) bo‗linadi. Misollar: 




14 

 

 



a) oldingi qator tovushlarga ega bo‗lgan so‗zlar (o‗zak-negiz va 

affikslar):erkaklar, askarlarga,   jl.ektingnarmi?   yl.astagina,  jl.  Uchayev, jibar  

ish  kerak, kelasi, ketalmadim  juringde, korgan, krayn  katalik  jerdi  uy-uyiga—

oy-oyiga. 

 

b)  orqa  qator  tovushlarga  ega  bo‗lgan  so‗zlar  (o‗zak-negiz  va  affikslar): 



dalag‘a ,  jl.shulardqindaqa,qoyumdqalg‘anlar—alg‘annar, avchiqlar. 

Singarmonizmning ikkinchi ko‗rinishi labial garmoniya (lab garmoniyasi)—

lab  ohangi  ko‗pchilik  o‗zbek  shevalarida  ikkinchi  darajali  hisoblanadi,  lingval 

singarmonizmga nisbatan siyrak uchraydi. 

1) 

labial  singarmonizm  qonunida  so‗z  o‗zak-negizida  lablangan  unlilar 



[у,i,о]    bo‗lsa,  keyingi  bo‗g‗inlardagi  (affikslar  tarkibidagi)  lablanmagan  unlilar 

lablanadi. 

Yuqorida 

aytganimizdek, 

labial 

singarmonizm 

progressiv 

assimilyasiyaning  bir  ko‗rinishidir.    Orun,  ottuz,  oyun,  kunduz,    jl.  julduz,    yl.  

Suyuq,  jl.turlu,  yl. Quduqtan,  kuchuk,  tong‘uz,  tugun,  jl. jolung,jolu, olguday, 

olsun, ottu, kuchlu, jurdu, juru,  jurgun, kunu, uyum, ustuga,  uchunchu, korungiz, 

kozu,  qorqutti,  jl.juzu,  shonu,  qolung,  boru,  tushunubaldim,  qutuldi,           

suyunchi. 

 

Undoshlar assimilyasiyasi barcha o‗zbek shevalarida mavjud, ammo uning 



tarqalish  doirasi  bir  xil  emas.  Ba‘zi  shevalarda  assimilyasiya  hodisasi  ko‗p, 

ba‘zilarida  juda  kam  uchraydi.  Bu  barcha  shevalarda  u  yoki  bu  kombinator 

sharoitda  undosh  tovushlarning  o‗zaro  assimilyasiyasi  bir  xil  emasligi  bilan 

izohlanadi. 

 

Y-lovchi  shahar  shevalaridan  Namangan  va  Toshkent  shevasida    undosh 



tovushlar  assimilyasiyasi  (progressiv  va  regressiv  assimilyasiya)  juda  ko‗p 

uchraydi. 

 

Undosh tovushlarning progressiv assimilyasiyasi: 



Ad.orf. bizni//Namang., Toshkent bozo//jl. bizdo//Marg‗.bizdo 

Ad.orf. qorni//Namang., Toshk. qarri//jl. qardi//Marg‗.qordo. 

Ad.orf. shaharni//Namang, Toshk. shaharri//jl. shahardi//Marg‗.shahardi 

Ad.orf. qushni//Namang.,Toshk.qushshi //jl. qusht//Marg‗.qushti. 




15 

 

Undoshlarning regressiv assimilyasiyasi: 



Ad.orf. berdi//Namang. berdi>beddi. 

Ad.orf. turdi//Namang. turdi>tuddi.   

 

Ad.orf. bermasa//Namang. bermasa>bemessa. 



Ad.orf. xaridor//Namang. xarodar>xardar. 

Ad.orf. yurdi//Namang. yurdi>yuddi. 

Ad.orf. birga//Namang.Toshk.birla >billa. 

Ad.orf. bersa//Namang. bessa. 

Ad.orf. burnini//Namang.Toshk.burneni>bunnini. 

Ad.orf. marta//Namang.matta,bormatta. 

Ad.orf. ichas//Namang.Toshk.ichsa >issa. 

Ad.orf. mahkam//Namang.Toshk.mahkam>makkam. 

Ad.orf. atlas//Namang. atlas>allas. 

Ad.orf. aytsam//Namang. aytsam>etsam >assam/ /jl.eyssam. 

 

Dissimilyasiya  assimilyasiyaga  qarama-qarshi  bo‗lgan  fonetik  hodisadir. 



O‗zbek  tilida  dissimilyasiya  hodisasi  assimilyasiya  kabi  keng  tarqalgan 

emas.O‗zbek  shevalarida,  odatda,  sonor  tovushlarga  ega  bo‗lgan  so‗zlar 

dissimilyasiya  hodisasiga  uchraydi.  Misollar:  zarar—zalal,  devor—devol,anjir—

anjil. 



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling