O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5325947579492470095
Xulosa……………………………………………………................................63
4
Mavzuning dolzarbligi.O‗zbek tili juda boy adabiy an‘analariga ega. O‗zbek xalqining butun tarixi davomida yaratgan yozma yodgorliklari o‗zbek tilini o‗rganish uchun , uning turli davrdagi taraqqiyot bosqichlarini belgilash uchun boy manba bo‗lib xizmat qiladi. Ammo o‗zbek tilining ba‘zi xususiyatlari ularda keltirilmagan. Bular shevaga xos so‗zlardir. Ular keltirilgan ham deylik, ularni to‗g‘ri izohlash ham ahamiyatlidir. Ta‘kidlash joizki, shevalarni o‗rganish tilshunoslik uchungina emas, balki tarix, etnografiya va boshqa sohalar uchun ham muhimdir. Shevalarni o‗rganish til tarixi uchun ham, xalq tarixi uchun ham boy va qimmatli ma‘lumotlar beradi. Adabiy tilda allaqachon yo‗q bo‗lib ketgan yoki ma‘lum darajada o‗zgarib ketgan leksik elementlar va ayrim grammatik shakllar mahalliy shevalarda saqlanib qolgan bo‗lishi mumkin. Bu jihatdan dialektologiya til tarixini o‗rganish uchun juda ahamiyatlidir. Shevalarni o‗rganish o‗zbek adabiy tilining fonetik, leksik-grammatik me‘yorlarini belgilash uchun, shuningdek, o‗zbek orfografiya va orfoepiyasini mo‗tadillashtirish uchun ham katta yordam beradi.Shevalar har bir milliy tilning asosini tashkil etadi hamda u milliy-ma‘naviy qadriyatimiz hisoblanadi. Shuning uchun ham uni asrab-avaylash, qadrlash zarur. Atoqli o‗zbek adabiyotshunosi O.Sharafiddinov o‗zining «Adabiyot tildan boshlanadi» nomli maqolasida shunday yozadi: "Rangsiz tasviriy san'at, ohangsiz musiqa bo‗lmaganidek, tilsiz adabiyot ham bo‗lmaydi. Adabiyotni insonshunoslik deydilar. Darhaqiqat, yozuvchi xilma-xil insoniy xarakterlarni tadqiq qilib, jamiyat rivojiga yordam beradigan salmoqli haqiqatlarni kashf qiladi.Biroq bularning hammasi adabiyotda til orqali ro‗yobqa chiqariladi» 1
Shevaga xos so‗zlarning adabiyotda qo‗llanishi ko‗p ishlangan mavzu bo‗lib, mening bu malakaviy ishim ulardan birmuncha farq qiladi. Sheva mavzusiga takror qaytishimning boisi shuki, shevalar har bir milliy tilning
1 Sharafiddinov O. Adabiyot tildan boshlanadi // O‘zbekiston adabiyoti va san‘ati, 1986, 5-sentabr 5
asosini tashkil etadi hamda u milliy-ma‘naviy qadriyatimiz hisoblanadi. Shuning uchun ham uni asrab-avaylash, qadrlash zarur. Ularni o‗rganishga hali hamon ehtiyoj mavjud. Har qanday mahalliy sheva tilning quyi shakli bo‗lib, u adabiy tilning boyishi uchun bitmas-tuganmas manbaidir. Afsuski, bizning tilshunosligimizda tilning taraqqiyotini sun‘iy tarzda tezlashtirishga intilish, xuddi mulkni umumlashtirishga shoshilganimiz singari umumiy tilga ega bo‗lishga shoshilish tendentsiyasini uzoq vaqt hukmron bo‗lib kelishi natijasida adabiy til mahalliy til - lahjalarga, ayrim mahalliy lahjalar bir-birlariga qarshi qo‗yildi. Bu ham o‗z navbatida, adabiy tilni har jihatdan kambag‘allashtirdi, g‘ariblashtirdi. O‗zbek tilshunosligining oldida turgan eng dolzarb masalalardan biri Respublika hududidagi barcha lahjalarni sinchiklab o‗rganib chiqish va ulardagi ko‗plab unutilgan so‗zlarni to‗plash, ularni adabiy til xazinasiga olib kirishdan iboratdir. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling