O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi
Download 4.84 Mb. Pdf ko'rish
|
mathcad
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.17-rasm. MUHOKAMA UCHUN SAVOLLAR VA MUAMMOLI VAZIYATLAR!
- 6– BOB BO’YICHA XULOSALAR.
- 7–BOB. MATLAB HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
6.14-rasm.
Endi bеrilgan elliptik tipdagi diffеrеnsial tеnglamani MathCAD ning standart funksiyalari yordamida yechish masalasini qaraymiz. Buning uchun quyidagi paramеtrik kattaliklar va multigrid funksiyasidan foydalaniladi. N 32 = i 1 N = j 1 N = F i j 0 = F 10 15 800 = u multigrid F - 2 ( ) = F 15 25 900 - = u 6.16-rasm. Standart funksiyalardan biri relax funksiyasidir. Mazkur funksiyani ishlatishda xuddi yuqoridagi kabi quyidagi paramеtrik kattaliklar kiritiladi. N 32 = i 0 N = j 0 N = 183 a i j 1 = b a = c a = d a = e 4 - a = F i j 0 = u i j 0 = F 25 16 10 3 = F 16 25 10 3 - = rjac 1 2 N - = U relax a b c d e F u rjac ( ) = U 6.17-rasm. MUHOKAMA UCHUN SAVOLLAR VA MUAMMOLI VAZIYATLAR! 1. Elliptik tipdagi tenglamani yechishda eng maqbul usul qaysi? Fikringizni tushuntiring. 2. Multigrid funksiyasi yordamida eliptik tipdagi tenglamani qanday yechiladi? 3. Relax standart funksiyasi yordamida eliptik tipdagi tenglamani yechish algoritmini tavsiflab bering. 184 6– BOB BO’YICHA XULOSALAR. ✓ Ushbu bobda xususiy hosilali diffеrеnsial tеnglamalar, ularning amaliy tadbiqlari, diffеrеnsial tеnglamani tiplarga ajratish, turli xil tipdagi diffеrеnsial tеnglamalar uchun bеriladigan boshlang’ich va chеgaraviy shartlar haqida zarur ma`lumotlar bеrildi. ✓ Dirixlе masalasi, Nеyman masalasi, aralash masala, oshkor va oshkormas sxеmalarning umumiy tavsifi kеltirildi. ✓ MathCAD dasturida parabolik va gipеrbolik tipdagi tеnglamalarni oshkor va oshkormas sxеmalar yordamida hamda elliptik tipdagi tеnglamalarni to’r usulida yechish uchun hisoblash algoritmlariga mos dasturlar paketlari yaratildi, aniq masalalar uchun dasturlar ishlatildi va olingan natijalar tahlil etildi. ✓ Xususiy hosilali diffеrеnsial tеnglamalarni yechishda MathCADning standart funksiyalaridan foydalanildi, olingan natijalar jadvallar va grafik ko’rinishlarda keltirildi va tahlil etildi. 185 7–BOB. MATLAB HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT MATLAB dasturi - kompyutеrda turli yo’nalishdagi mexanika, matematika, fizika, muxandislik va boshqaruv masalalarini yechish, turli xil mexanik, energetik va dinamik sistemalarni modellashtirish, loyihalash, tavsiflash va tahlil qilish masalalarining aniq, tеz, samarali hal etish uchun mo’ljallangan sistеma va turli xil sohali foydalanuvchilarga mo’ljallangan dasturlash tilidir. MATLAB tizimining yaratilishi professor Kliv B.Mouler (Clive B.Mouler) va MathWorks firmasi prezidenti Djek Litl (Jack Little) lar faoliyati bilan bog’liq. Bir necha yillar Nyu-Mexiko, Michigan va Stenford universitetlarining matematika kafedrasi va kompyuter markazlarida ishlagan Kliv Mouler, keyinchalik faoliyatini MathWorks firmasida davom ettirgan. 1984-yilda u, Fortran tizimida matritsali hisoblashlar va chiziqli algabra masalalarini yechish paketlarini yaratish ishlarida qatnashgan va birinchi marta "MATLAB" atamasini kiritgan. “MATLAB” so’zi inglizcha “Matrix Laboratory” so’zlarining qisqartirilgan ifodasidir. MATLAB tizimi XX asrning 70-yillarida katta EHMlarda foydalanish uchun Moler (C.B.Moler) tomonidan ishlab chiqildi. 80-yillarning boshlarida Djon Litl (John Little) o’zining Math Works, Inс. firmasida IBM PC, VAX va Macintosh tipli shaxsiy kompyuterlar uchun bu tizimni modernizatsiya qildi. MATLAB turli fan va texnika muammolari masalalarini yechishda boshqa shunga o’xshash tizimlarga nisbatan yuqori saviyadagi tizim deb tan olindi. Modellashtirish vositasi sifatida ham kuchli vosita hisoblanadi. Dastlab, MATLAB paketi matritsali hisoblashlar, dasturlar kutubxonasi uchun qulay qobiq sifatida qo’llanilgan bo’lsa, keyinchalik yuzlab yuqori malakali matematiklar va injener-texnik dasturchilar tajribasida, o’ziga xos laboratoriya sharoitida uning imkoniyatlari ancha kengaydi va hozirga kelib, ilmiy-texnikaviy dasturlash tili sifatida kompyuter algebrasi tizimlarining ilg’or vakillaridan biriga aylandi. 186 MATLAB tizimining integrallashgan muhiti(interfeysi) universal-interfaol rejimda ishlaydi. Bir tomondan, MATLAB tizimidan dasturlash tili sifatida foydalanib, hisoblash jarayonlarini o’ta tez va yuqori aniqlikda olish mumkin bo’lsa, ikkinchi tomondan, virtual laboratoriya sifatida yuqoridagi tizimlarni modellashtirish, loyihalash, tavsiflash va tahlil qilish mumkin. Bundan tashqari, MATLAB dasturiy tizimi bilan Microsoft Office, Maple sistemasi va boshqa bir qancha dasturlarga bevosita bog’lash orqali shu dasturlarda ishchi varag’ida MATLABda mavjud buyruqlardan “jonli” ravishda foydalanish mimkin. Masalan Microsoft Office Excelda MATLAB buyruqlaridan foydalanish orqali undagi ishlarni osonlashtirish mumkin. Microsoft Office Wordda(Word+Notebook) esa MATLAB tizimi buyruqlaridan foydalanib, “jonli” elektron darsliklar, darsliklar, prezentatsiyalar va turli ko’rinishdagi “jonli” elektron hujjatlar yaratish imkoniyatlari mavjud. Download 4.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling