212
qilib Matlab katalogiga qo’shib qo’yish imkoniyatiga ega. Yangi funksiyani
tashkil qiluvchi komanda va funksiyalar har doim matnli
m-fayllarda joylashgan
bo’ladi.
Yangi yaratilgan, bir nechta komandalar ketma-ketligidan
iborat funksiyalar
o’zining nomiga, lokal xarakterdagi o’zgaruvchilarga ega bo’lib, unga parametrlar
orqali murojat qilish mumkin bo’ladi.
Funkstsiya yaratib, saqlanayotgan m-faylning nomi alifbo belgilardan
boshlanib
*. m kengaytmasiga ega bo’ladi. Kengaytmasiz
m-faylning nomi bu
Matlabda murojat qilish mumkin bo’lgan fayl funksiya yoki ishchi faylning
nomidir.
Funksiya yaratilayotgan m-faylning boshlang’ich qatorlari
matnli sharhlardan
iborat bo’lib, m-faylda yaratilayotgan funksiyani mohiyatini ochib beruvchi
bo’ladi. Undan keyingi birinchi qatorda aniqlangan
funksiya nomi m-faylning
kengaytmasiz nomi bilan bir xil bo’lishi kerak. Umumiy ko’rinishida m-fayldagi
funksiya har doim function so’zidan boshlanib, quyidagicha bo’ladi:
Function y=.
Funksiya nomidan keyin oddiy qavs ichiga argumentlar (parametrlar) vergul(,)
bilan ajratib yoziladi.
Masalan, diskdagi sred.m nomli fayldagi quyidagi kod:
Do'stlaringiz bilan baham: