O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Fannning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi


Download 4.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/53
Sana18.12.2017
Hajmi4.89 Mb.
#22510
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   53

Fannning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi, 

uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi  

“Dinshunoslik”  fani  umumtalim  fanlaridan  “Ma’naviyat  asoslari” 

“Milliy  istiqlol  g‘oyasi:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar”  ,  “Ona  tili  va 

adabiyot”,  “Tarix”,  boshqa  “Falsafiy  fanlar”,  “Oila  psixologiyasi”, 

“O‘zbekiston Konstitutsiyasi”, “Huquqshunoslik” fanlari bilan uzviy bog‘liq 

hamda uslubiy jihatdan ketma-ketdir. 



Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik 

texnologiyalar 

Zamonaviy  axborot  texnologiyalari:  Kompyuter  texnikasi,  proektor, 

ovoz  kuchaytirgich,  printer,  nusxa  ko‘chirish  apparati,  elektron  doska  va 

boshqa multimedia vositalari yordamida o‘qitiladi



Zamonaviy pedagogik texnologiyalar: Dars jarayonida “Hamkorlikda 

o`qish”,  “Loyiha”,  “Keys-stadi”  kabi  interfaol  pedagogik  texnologiyalar 



hamda  “Aqliy  hujum”,  “Klaster”,  “Bumerang”,  “Amaliy  o‘yin”,  “Rolli 

o`yin”,  “Yelpig‘ich”,  “Nima  uchun?”,  “Qanday?”,  “Zinama-zina”, 

“Tushunchalar tahlili”, “T sxema”, “Atamalar zanziri”, “Toifalash jadvali”, 

“FSMU”,  “B-B-B”,  “Blits-so`rov”,  “Insert”  va  boshqa  shu  kabi  metodlar 

qo‘llaniladi. 


383 

 

Fan bo‘yicha nazariy, seminar mashg‘ulotlari va mustaqil ishlarni 

tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar 

Nazariy  mashg‘ulotlarni  tashkil  etish:  O‘qituvchi  ma’ruza  matni 

orqali mavzu bo‘yicha o‘rgatilishi lozim bo‘lgan tushunchalarni reja asosida 

taqsimlagan  holda  mashg`ulotni  tashkil  etadi.  Mavzu  bo‘yicha  o‘quvchi 

bilishi  lozim  bo‘lgan  tushunchalar  to`g`risida  ma`lumot  beradi.  Qaytar 

aloqani  o`quv  topshiriqlar  (og`zaki,  yozma)  yordamida  mustahkamlaydi. 

Mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning savollariga javob beradi, yangi pedagogik 

texnologiyalar 

orqali 


o‘quvchilarda 

mavzu 


bo`yicha 

bilimlarni 

shakllantiradi. 

Seminar  mashg‘ulotlarini  tashkil  etish:  O‘tilgan  mavzular  bo‘yicha 

o‘quvchilarning 

bilimlari 

pedagogik 

texnologiyalar 

asosida 


mustahkamlanadi.  O‘qituvchi  mavzular  bo‘yicha  o‘quvchilarning  mavzuni 

o‘zlashtirganlik darajasidan kelib chiqqan holda mustaqil bajarishlari uchun 

topshiriqlar beradi. Taqdimotlarni kuzatadi, nazorat qiladi, baholaydi. 

Mustaqil  ishlarni  tashkil  etish:  O‘qituvchi  o‘tilgan  mavzular 

mazmunidan  kelib  chiqqan  holda  mustaqil  ish  mavzulari  ro‘yxatini 

shakllantiradi,  mustaqil  ishlarni  bajarish  shaklini  belgilaydi,  mustaqil  ishni 

bajarish  bo‘yicha  tegishli  ko‘rsatma  va  tavsiyalar  beradi.  Mustaqil  ishlar 

yakuniy  nazorat  o‘tkazilgunga  qadar  tekshirib  chiqilishi  va  baholanishi 

lozim. Mustaqil ishga qo‘yilgan baholar joriy nazorat tarkibiga kiradi.  

 

O‘quv dasturining informatsion-uslubiy ta’minoti 

O‘quv dasturining informatsion-uslubiy ta’minoti dasturda belgilangan 

mavzular va ularga ajratilgan soatlar darslik va o’quv qo’llanmalarda to’liq 

yoritilishi  o’qituvchiga vaqtni  tejashga va tejalgan vaqtdan mavzularga oid 

qo’shimcha  ilmiy-metodik  materiallar  tayyorlash  uchun  foydalanish 

imkoniyatini yaratish; 

bu  borada  tajribali,  yuqori  natijalarga  erishgan  o’qituvchilarning 

ishlarini ommalashtirish, o’rganishni yo’lga qo’yish;  

ushbu  fan  o’qituvchisi  birinchi  navbatda  mutaxasis,  o’z  fanini  yaxshi 

biladigan,  fidoiy,  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalardan  unumli 

foydalanadigan, ularning yangi usullarini kashf eta oladigan, ijodkor bo’lishi 

lozim;  


  ta`lim berishda zamonaviy texnik imkoniyatlar Respublika miqyosida 

amalga  oshirilishiga  qaramasdan,  o’qituvchi  har  qanday  vaziyatda  oddiy 

usullarda  ham  mukammal  bilim  berish  yo’llarini  izlab  topmog’i  va  ularni 

qo’llash tajribasiga ega bo`lishi kerak. 



384 

 

 

 



O‘quvchilarning bilimlarini baholash 

Fаnning  xususiyatini  hisоbgа  оlgаn  hоldа  rеyting  tizimi  bo’yichа 

o`quvchilаr bilimini bаhоlаsh mеzоnlаri ishlаb chiqildi. 

O`quvchining fаn bo’yichа o’zlаshtirishni bаhоlаsh muntаzаm rаvishdа 

оlib bоrilаdi vа quyidаgi turlаr оrqаli аmаlgа оshirilаdi: 

- Jоriy bаhоlаsh (JB); 

- Yakuniy bаhоlаsh (YaB); 

JB dа fаnning hаr bir mаvzusi bo’yichа o`quvchining bilimi vа аmаliy 

ko’nikmаlаrini аniqlаb bоrish nаzаrdа tutilаdi.  

JB  turlаri  har  bir  mavzuning  hususiyatidаn  kеlib  chiqqаn  hоldа, 

оg’zаki,  yozmа  ish,  tеst,  nаzоrаt  ishi,  uy  vаzifаsi,  kоllоkvium  vа  shu  kаbi 

bоshqа shаkllаrdа аmаlgа оshirilishi mumkin. 

YaB  dа  o`quvchining  bilim,  ko’nikmа  vа  mаlаkаlаri  fаnning  umumiy 

mаzmun dоirаsidа bаhоlаnаdi.  

O`quvchining  sеmеstr  dаvоmidа  fаn  bo’yichа  to’plаgаn  umumiy  bаli 

hаr bir bаhоlаsh turlаridаn to’plаngаn bаllаr yig’indisigа tеng bo’lаdi.  

YaB turi tеst shаklida o’tkаziladi. 

O`quvchining fаn bo’yichа mustаqil ishi JB vа YaB turlаridа bаhоlаndi. 

 

O`quvchilаr bilimini bаhоlаshdа quyidаgi nаmunаviy mеzоnlаr 

inоbаtgа оlinаdi. 

 

Bаll 



Bаhо 

O`quvchining bilim dаrаjаsi 

4,5-5 


А’lо 

Hulоsа  vа  qаrоr  qаbul  qilish;  Ijоdiy  fikrlаy  оlish; 

Mustаqil  mushоhаdа  yuritish;  Аmаldа  qo’llаy  оlish; 

Mоhiyatini 

tushunish; 

Bilish, 


аytib 

bеrish; 


Tаsаvvurgа egа bo’lish. 

3,5-4 


Yahshi 

Mustаqil mushоhаdа yuritish; Аmаldа qo’llаy оlish; 

Mоhiyatini 

tushunish; 

Bilish, 

аytib 


bеrish; 

Tаsаvvurgа egа bo’lish. 

2,5-3 

Qоniqаrli 



Mоhiyatini  tushunish;  Bilish,  аytib  bеrish; 

Tаsаvvurgа egа bo’lish. 

1-2 

Qоniqаrsiz 



Аniq tаsаvvurgа egа emаslik; Bilmаslik. 

  

“Dinshunоslik”  fanidаn  o’tkаzilаdigаn  rеyting  tizimi  quyidаgi 



vаzifаlаrni bаjаrishgа qаrаtilgаn: 

 



o`quvchilаrning  “Dinshunоslik”  fаnini  o’zlаshtirishini  muntаzаm 

rаvishdа nаzоrаt etib bоrish, ulаrni o’quv sеmеstri dаvоmidа o’z bilimlаrini 

uzluksiz fаоl rаvishdа оshirib bоrishlаrini tа’minlаsh. 


385 

 

 



o`quvchilаr  bilimini  hаqqоniy  аniq  vа  аdоlаtli  bаhоlаsh  hаmdа 

nаtijаlаrini ulаrgа muntаzаm rаvishdа mа’lum qilib bоrish; 

 

o`quvchilаrni  diniy  muаmmоlаr  bo’yichа  mustаqil  ishlаsh 



ko’nikmаlаrini kеng rivоjlаntirish

 



аyni pаytdа “Dinshunоslik” fаnidаn tа’lim bеrаdigаn o’qituvchilаrdа 

mа’ruzа  vа  аmаliy  mаshg’ulоtlаrgа  puxtа  tаyyorgаrlik  ko’rish, o`quvchilаr 

bilimini  bаhоlаsh  uchun  sаvоllаrni  tuzishdа  mаs’uliyatni  оshirish  vа 

hоkаzоlаr. 



Izоh: 

O`quvchilаrni 

аmаliy 

mаshg’ulоtlаrdа 

bаhоlаsh 

jаrаyonidа,uning  аxlоq  оdоbi,  mа’nаviyati,  dunyoqаrаshi,  fаоlligi  hаm 

inоbаtgа оlinаdi 

 

Fan mavzulari bo‘yicha o‘qitish rejasi tarkibi 

 

 

№ 



Fan bo’limlari va mavzular 

Umumiy yuklama, soat 

Dars turi bo’yicha soatlar 

taqsimoti 

Hammasi

 

Jami



 dars

 soatlar

i 

Nazariy

 

Seminar

 

Mustaq

il 

ish

 



«Dinshunoslik” faniga kirish 



 



2  Dinning ibtidoiy shakllari 



 



3  Milliy 

dinlar. 


Yahudiylik, 

hinduiylik, 

konfustiylik 



 



4  Zardushtiylik 



 



5  Jahon dinlari. Buddaviylik 



 



6  Jahon dinlari. Xristianlik 



 



7  Jahon dinlari. Islom  



 



8   Islomdagi  oqimlar:  xorijiylar,  shialar  va 

zamonaviy ko‘rinishdagi oqimlar 



 



9  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida 



vijdon erkinligi 



 



10  Diniy  bag‘rikenglikning  mazmun-mohiyati  va 

ahamiyati 





 

 



Jami: 

30 

20 

16 



10 

386 

 

O‘quv dasturining mazmuni 

1-mavzu. “Dinshunoslik” faniga kirish  

  “Dinshunoslik”  fanining  predmeti,  maqsadi  va  vazifalari.  Din 

tushunchasi va uning jamiyatdagi funkstiyalari.  

Dinlar  tasnifi:  urug‘-kabila  dinlari,  milliy  dinlar,  jaxon  dinlari, 

monoteistik  va  politeistik  dinlar.  Din  e’tiqod  sifatida.  Dinga  berilgan 

ta’riflar. Din va qonunning o‘zaro munosabatlari.

 

O‘zbekiston Respublikasi 



Konstitutsiyasi  va  “Vijdon  erkinligi  va  diniy  tashkilotlar  to‘g‘risida”gi 

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.  

  Asosiy  tushunchalar:  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutstiyasi, 

“Vijdon  erkinligi  va  diniy  tashkilotlar  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston 

Respublikasi  Qonuni,  dinning  jamiyatdagi  ijtimoiy,  ma’naviy,  ruhiy 

funkstiyalari 

hamda 

kompensatorlik, 



integratorlik, 

regulyatorlik, 

legitimlovchilik  vazifalari,  falsafiy,  nazariy  jihatlari,  urug‘-qabila  dinlari, 

millat dinlari, jahon dinlari, monoteistik va politeistik dinlar. 

 

2-mavzu. Dinning ibtidoiy shakllari 

  Diniy  ong  asoslarining  shakllanishi.  Avesto,  Tavrot,  Injil,  Qur’oni 

karimda  insoniyatning  yaratilishi  haqida.  Dafn  etish  jarayoni,  ov  qilish. 

Ibtidoiy  din  shakllari.  Totemizm,  animizm,  shomonlik  yoki  sehrgarlik 

(afsun,  magiya),  fetishizm.  Ibtidoiy  mifologiya.  Neolit  davridagi  diniy 

tasavvurlar. 

  Asosiy  tushunchalar:  Avesto,  Tavrot,  Injil,  Qur’oni  karim, 

Axuramazda,  Yahve,  Ota  xudo,  Alloh,  ko‘mishdagi  maxsus  marosimlar, 

totemizm,  Ojibva  qabilasi,  aborigenlar,  Tabu,  animizm,  shomonlik, 

sehrgarlik,  magiya,  ritual  harakatlar,  yovuz  afsungarlik,  harbiy  afsungarlik, 

sevgi  afsungarligi,  tibbiy  afsungarlik,  ob-havo  afsungarligi,  fetishizm,  but, 

sanam,  tumor,  xudolar,  mehrob,  cherkov,  haykallar,  faol  bashorat,  neolit, 

paleolit, folbin. 

 

3-mavzu: Milliy dinlar. Yahudiylik, hinduiylik, konfustiylik 

  Yahudiylikning  vujudga  kelishi.  Bani  Isroil  xalqi.  Abara-evrey-

yahudiy. Ibriylar. Ibrohim, Ishoq, Yoqub, Yusuf silsilasi. Qur’ondagi Yusuf 

surasi.  Bani  Isroil  qavmi  tarixi.  Yahudiylik  ta’limoti.  Olamlarning 

yaratilishi.  Yahudiylik  manbalari  –  Tavrot  va  Talmud.  Manbalar  tahlili. 

Yahudiylikdagi  oqimlar.  Qadimiy  oqimlar  –  saduqiylar,  favziylar,  esseylar. 

Zamonaviy  oqimlar  –  massonizm,  sionizm.  Yahudiylik  marosimlari  va 

bayramlari. O‘rta Osiyoga yahudiylikning tarqalish tarixi. 

Qadimgi Xindistonda veda dini.  

Vedalar to‘rt yirik to‘plamdan iborat kitoblari. 

1.

 



Rigveda («madhiyalar vedasi»); 

387 

 

2.

 



Samaveda («qo‘shiqlar vedasi»); 

3.

 



YAjurveda («qurbonliklar vedasi»); 

4.

 



Atxarvaveda («afsun va jodular vedasi»).  

Vedalar ta’limoti. Veda xudolari.  

Veda  dinida  Braxmanlik.  Braxmanlik  kastasi,  undagi  urf-odat 

marosimlar. Qadimgi Xindistonda kastachilik tizimi.  

Hinduiylik  dinining  kelib  chiqishi.  Hinduiylik  Hindistondagi  asosiy 

diniy  e’tiqodlardan  biri.  Kasta  tuzumining  shakllanishi.  Hinduiylikning 

vedizm  va  braxmanlikdan  farqi.  “Maxabxarata”  –  muqaddas  yozuv. 

Hinduiylikdagi  Braxma,  Vishnu,  Shiva  xudolari  uchligi.  Braxma  dunyoni 

yaratgan  xudo.  Shiva  xalq  ommasi  xudosi.  Shivaizmdagi  oqimlar.  Vishnu-

quyosh xudosi. Vishnuizmdagi urf-odatlar. Hinduiylikdagi bayramlar. 

Konfustiyning  hayoti,  ijtimoiy  –  Тarixiy  vaziyat.  Konfustiy  –  din 

asoschisi.  Konfustiy  ta’limoti.  Konfustiyning  falsafiy  qarashlari.  Syao 

ta’limoti  konfustiychilikning  asosi.  Li  qonunlari.  Konfustiylikda  oila  va 

nikoh  tushunchasi.  Ta’limotning  Xitoyda  tarqalishi  va  davlat  mafkurasi 

darajasiga  ko‘tarilishi.  Konfustiy  nomining  ilohiylashtirilishi.  Konfustiyga 

“knyaz”,  “imperator”,  “eng  haqiqiy  donishmand”,  “millatlarning  ulug‘ 

ustozi” unvonlarining berilishi. 

Asosiy  tushunchalar:  Yahudiylik  dini,  yakkaxudolik,  Falastin,  millat 

dini,  Abu  Rayhon  Beruniy  yahudiylik  haqida,  Bani  Isroil,  Ya’qub 

payg‘ambar,  ibriylar,  Mesopotamiya,  Dajla  va  Furot  daryolari,  Arabiston 

yarim  oroli,  Qur’oni  karimdagi  “Yusuf”  surasi,  Yahvega  imon  keltirish, 

yahudiy xalqlari , Messiya, Sinion tepaligi, Oxirat kuniga ishonish.  

Hinduiylik, 

braxmanlik, 

diniy 


qorishma, 

guru, 


besh 

qoida, 


Maxabxarata, trimurti-uchlik, Braxma, Vishnu, Shiva, ishvachilar, smartlar, 

dandilar, linga, yoglar, panteon, Ramayana, vishnuizm bayramlari. 

Konfustiylik,  ijtimoiy  muhit,  Konfustiy  ta’limoti,  falsafiy  qarashlar, 

Stzyun-stzi, komil inson, Lunyuy, Syao ta’limoti, Syao va Li, Li qonunlari, 

Xan  sulolasi,  Chjou,  In,  Stuyfu,  Xan  podshohi,  Lyu  Ban,  qurbonlik, 

knyazlik,  imperatorlik,  “eng  haqiqiy  donishmand”,  “millatlarning  ulug‘ 

ustozi”. 

4-mavzu: Zardushtiylik  

  Zardushtiylik  ta’limotining  vujudga  kelishi.  Zardusht  xayoti  va 

faoliyati.  Zardusht  ta’limoti.  Ko‘pxudolikdan  yakkaxudolikka  o‘tish. 

Zardushtning  vatani  xakidagi  bahslar.  Zardushtiylikning  diniy  ta’limoti. 

Axuramazda. 

Axriman, 

jannat, 

jaxannam 

xaqidagi 

tasavvurlar. 

Zardushtiylik  rasm-rusumlari.  Olov,  daxmalar,  ostodonlar.  Zardushtiylikka 

oid ta’limot, qarash va urf- odatlar. 

Muqaddas  kitob  Avestodagi  “Mazdayana”  dini.  Behdin  –  eng  yaxshi 

din.  Zardo‘sht  vatani.  Zardushtiylik  ta’limoti.  Axuramazda  va  Axriman. 



388 

 

Avesto  –  zardushtiylikning  asosiy  manbasi.  Avestoning  tarkibiy  qismlari  – 

Videvdat, Yasna, Vispart, Yasht. Zardushtiylik va hozirgi zamon.  

  Asosiy  tushunchalar:  Zardushtiylik,  Zardusht,  Midiya,  Axuramazda, 

Axriman, suv, olov, er, havo, fikrlar sofligi, so‘zning sobitligi, amallarning 

insoniyligi, Videvdat, Yasna, Visparat, Yasht. 



5-mavzu. Jahon dinlari. Buddaviylik  

Buddaviylik  –  jahon  dini.  Buddaviylik  asoschisining  shaxsi. 

Buddaviylik ta’limoti. Buddaviylikning tarqalishi. Buddaviylikning Xitoyga 

kirib  kelishi.  Buddaviylik  manbalari.  Markaziy  Osiyoda  buddaviylik. 

Buddaviylik  oqimlari  va  yo‘nalishlari.  Xinayana  yo‘nalishi.  Maxayana 

yo‘nalishi.  



Asosiy tushunchalar: Siddxartxa Gadjama (Gautama), Budda, Malika 

Mayya,  Yashadxara,  Raxila,  Trishna,  Varanasi,  diniy  falsafiy  ta’limot, 

varna, meditastiya, axloq normalari, donishmandlik, nirvana, buddaviylikka 

mansub xudolar, buddaviylik manbalari, Tripitaka, sutra, maxayana. 



6- mavzu. Jahon dinlari. Xristianlik  

Xristianlik  dini  –  jahon  dinlaridan  biri.  Xristianlik  dini  paydo  bo‘lishi 

tarixi.  Xristian  dini  ta’limoti.  Ota-xudo,  o‘g‘il-xudo,  muqaddas  Ruh 

haqidagi  qarashlar.  Xristian  dini  marosim  va  urf-odatlari.  Xristianlikdagi 

yo‘nalishlar  katolik,  pravoslav,  protestantlik.  Yo‘nalishlarning  o‘ziga  xos 

xususiyatlari, farqlari. Xristian missionerligi. 



Asosiy  tushunchalar:  Iso  Masih,  xristianlik,  Injil,  xristianlik 

manbalari,  apostol, nazaret,  messiya,  e’tiqod timsoli,  Rim  papasi,  Istambul 

patriarxi,  yeparxiya,  arxiepiskop,  pravoslav,  katolik,  protestantlik,  Martin 

Lyuter, cherkov bayramlari, ruhoniy, diakon, missionerlik, prozelitizm.  



7-mavzu. Jahon dinlari. Islom  

“Joxiliya”  davri  arablarining  diniy  an’analari  va  ko`pxudolik. 

Muhammad ibn Abdullox - diniy rahnamo va davlat arbobi. Nabiy va Rasul 

so`zlarining ma’nosi. 

Islom  –  jahon  dinlaridan  biri.  Islom  dini  tarixi  va  ta’limoti.  Ka’ba  va 

uning tarixi. Islom dini falsafasi. 

Islom  manbalari  tushunchasi.  Qur’oni  karim  –islomning  asosiy 

manbasi.  Suralar  va  ularning  nozil  bo‘lish  tarixi.  Ilk  sura.  Ilk  «Suxuf»  - 

Kur’on  oyatlarining  jamlanishi.  Xalifa  Usmon  ibn  Affon  davrida 

Qur’onning kitob holiga keltirilishi. Toshkentdagi Usmon mushafi va uning 

tarixi.  Qur’onning  qo‘lyozma  va  nashrlari.  Qur’on  ilmlarining  taraqqiyoti. 

Qur’on tarjimalari. 



Hadisi  shariflar  islomning  asosiy  manbalaridan  biri  sifatida.  Hadis 

so‘zining  lug‘aviy  ma’nosi.  Hadislar  islom  dinining  Qur’ondan  keyingi 

ikkinchi  manbasi.  Hadislarni  o‘rganish  va  yig‘ish.  Hadis  to‘plamlarining 

vujudga kelishi. Sihohi sitta. Imom al-Buxoriy va uning “Al-Jome’ as-sahih” 

389 

 

asari.  Imom  al-Muslimning  “Al-Jome’  as-sahih”  asari.  Imom  at  – 

Тermiziyning  “Sunan”  asari.  Imom  Abu  Dovudning  “Kitobu-s-sunan” 

asari.  Imom  an-Nasoiyning  “Sunanu-l-kubro”  asari.  Imom  ibn  Mojaning 

“Sunan” asari. Hadis ilmininng shakllanishi. 

 

Asosiy  tushunchalar:  Islom,  din,  imon,  namoz,  zakot,  ro‘za,  haj, 

Muhammad  ibn  Abdulloh,  Qur’on,  hadis,  Ka’ba,  nabiy,  rasul,  arablar, 

qurayshiylar, Makka, Madina, musulmon, manba, manbashunoslik, Qur’oni 

Karim, ilohiy kitob, sura, oyat, nozil bo‘lish, qo‘lyozma, toshbosma, tafsir, 

mushaf,  suhuf,  vahiy,  pora,  makkiy  suralar,  madaniy  suralar,  xalifalar  Abu 

Bakr,  Umar,  Usmon,  Ali,  qur’on  ilmlari,  adabiy  manba,  tarixiy  manba, 

tarjima.  

Hadis,  hadis  al-qudsiy,  hadis  an-nabaviy,  roviy,  isnod,  muhaddis, 

sunna, Imom al-Buxoriy, “Al-Jome’ as-sahih”, Imom al-Muslim, “Al-Jome’ 

as-sahih”.  Imom  at  –  Тermiziy,  “Sunan”,  Imom  Abu  Dovud,  “Kitobu-s-

sunan”,  Imom  an-Nasoiy,  “Sunanu-l-kubro”.  Imom  ibn  Moja,  “Sunan”, 

sahih  hadis,  zaif  hadis,  sahoba,  tobe’in,  mujtahid,  hadisshunoslik 

markazlari. 

 

8-mavzu. Islomdagi yo‘nalishlar va mazhablar: sunniylar, shialar, 



xorijiylar va zamonaviy ko‘rinishdagi oqimlar (2 soat) 

Islomdagi yo‘nalishlar. Islomdagi ilk bo‘linishlarning boshlanishi. 

Islom  dining  sunniylik  va  shialikka  bo‘linib  ketishining  asosiy 

sabablari.  Shialarning  Xalifa  saylash  to‘g‘risidagi  diniy  qarashlari. 

Shialarning diniy qarashlari.  

Shomda Muoviya va Ali o‘rtasidagi Siffin jangining bo‘lib o‘tishi.  

Xorijiylikning  paydo  bo‘lishi  tarixi.  Xorijiylarning  Xalifa  saylash 

to‘g‘risidagi qarashlari.  

Islomda  sunniylikning  mazhablari  (Hanafiylik,  molikiylik,  shofeiylik, 

xanbaliylik) Diniy ekstremizmning mintaqada namoyon bo‘lishining o‘ziga 

xos  xususiyatlari.  Diniy  ekstremistik  oqimlarning  g‘arazli  maqsadlari. 

Diniy-ekstremistik  harakatlar  faoliyatida  islom  ta’limotining  buzib  talqin 

qilinishi.  

Asosiy  tushunchalar:  mutaassiblik,  oqim,  xorijiylar,  shialar,  Ahmad 

ibn  Taymiya,  “salafiylik”,  “Hizbut  –  Тahrir”,  “Akromiylar”,  “Nurchilar”, 

“Tablig‘chilar”, tahdid.  

 


390 

 

 

 

 

9-mavzu. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida vijdon 

erkinligi (2 soat) 

O‘zbekiston  Respublikasida  din  va  diniy  tashkilotlar.  O‘zbekiston 

Respublikasida vijdon erkinligining qonun yo‘li bilan kafolatlanishi. Vijdon 

erkinligi-diniy  e’tiqod  erkinligi.  Vijdon  erkinligining  O‘zbekiston 

Respublikasi  Konstitutsiyasida  kafolatlanishi.  “Vijdon  erkinligi  va  diniy 

tashkilotlar  to‘g‘risida”gi  qonunning  yangi  tahriri.  O‘zbekistondagi  diniy 

konfessiyalar.  Missionerlik  va  prozelitizm.  Noqonuniy  diniy  faoliyatning 

ta’qiqlanishi. Dunyoviy davlatda dinning o‘rni. 

Asosiy  tushunchalar:  Vijdon  erkinligi,  diniy  tashkilotlar,  diniy  e’tiqod 

erkinligi, mustaqillik va din, dunyoviy davlat, ibodat, Konstitutsiyaning 31-

moddasi, cherkov, sinagoga, diniy qadriyatlar, sekta.  

10-mavzu. Diniy bag‘rikenglikning mazmun-mohiyati va ahamiyati 

  Bag‘rikenglik  tushunchasi.  Diniy  bag‘rikenglikka  bag‘ishlangan 

xalqaro  me’yoriy  hujjatlar.  O‘zbekistonda  diniy  bag‘rikenglik.  O‘zga  din 

vakillariga  do‘stona  munosabat.  O‘zbekiston  ko‘p  din  va  konfessiyalar 

o‘lkasi.  O‘zbekistonda  diniy  bag‘rikenglik  va  hamjihatlikning  tarixiy  va 

zamonaviy asoslari. O‘zbekistonda millatlararo totuvlik. 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 

Asosiy adabiyotlar: 

1.

 



O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O`zbekiston, 2014. 

2.

 



“Vijdon  erkinligi  va  diniy  tashkilotlar  to`g`risida”gi  O`zbekiston 

Respublikasining  qonuni  (yangi  tahriri)\\O`zbekistonning  yangi  qonunlari, 

№ 19. – T.: Adolat, 1998. 224-234-betlar. 

3.

 



Karimov I.A. O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li. – T.: 1992. 

4.

 



Karimov I.A. O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. – T.: 

1996. 


5.

 

Karimov  I.A.  O`zbekiston  XXI  asr  bo`saqasida:  xavfsizlikka  tahdid, 



barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: 1997. 

6.

 



Karimov I.A. Alloh qalbimizda, yuragimizda. – T.: 1999. 

7.

 



Kаrimоv I.А. Hushyorlikkа dа’vаt. – T.: 1999. 

8.

 



Karimov  I.A.  Donishmand  xalqimizning  mustahkam  irodasiga 

ishonaman. –T.: “O`zbekiston”, 2000. 



Download 4.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling