O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 4.89 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-mavzu. Insonparvarlik, vatanparvarlik va tinchliksevarlik – shaxs ma’naviyatining ajralmas qismi.
- 8-mavzu. Demokratik jamiyatning shakllanishida ma’naviyatning o‘rni.
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
6-mavzu. Barkamol shaxs tarbiyasida ma’naviyatning o‘rni. Ma’naviy tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, ma’rifat va madaniyatning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadga erishishning asosiy omillaridan biri ekanligi. 356 Madaniyatsiz jamiyat rivojlanmaydi. Madaniyatning tarkibiy qismlari bo‘lmish ilm, fan, ma’rifat taraqqiyot negizi. Iqtisodiy taraqqiyot uchun ulkan moddiy - madaniy zamin zarur ekanligi. Yosh avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashda komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik tamoyillarining o‘rni va ahamiyati. Milliy g‘oyaning butun O‘zbekiston ahli uchun birdek daxldorligi. Bizning ulug‘ maqsadimiz mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatimizni har tomonlama yuksaltirish, yorug‘ va erkin hayot sari olg‘a yurishdir. Millat ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda oilaning o‘rni va ta’siri beqiyos ekanligi. Mahalla – insonni jamiyat bilan uyg‘unlashtiradigan hamda shu ruhda tarbiyalaydigan eng katta saxovatli go‘sha va beqiyos Vatan ekanligi. Mustaqillik sharofati tufayli qo‘shnichilik va mahallachilik an`analarining yangi ruhda shakllanganligi. Mahallaning Konstitutsion maqomga egaligi. Mahalla “Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari” tamoyilining amaliy ifodachisi. Mahalla - tarbiya maktabi. Yangi jamiyat bunyodkori yangi insonni tarbiyalashda mahallaning, uning faollarining, diniy ma’rifat va ma’naviy axloqiy masalalar bo‘yicha maslahatchilar ishtirokining ahamiyati. Uzluksiz ma’naviy tarbiya ona suti, oila tarbiyasi, ajdodlar o‘giti, Vatan tuyg‘usi orqali amalga oshirilishi. Tabiatga, go‘zallikka munosabat.
shaxs ma’naviyatining ajralmas qismi. Milliy o‘z-o‘zini anglash, boshqa millatlarga nisbatan hurmat, vatanparvarlik va millatparvarlik, tinchliksevarlik shaxs ma’naviyatining belgilari ekanligi. Insonparvarlik axloqiy tamoyillarning eng qadimiy va eng muhimi. I.A.Karimov Konstitutsiyaning 13 yilligiga bag‘ishlab so‘zlagan nutqida ham inson manfaati masalasi mohiyat va Yechimlari izohlangan. Insonparvarlik – odamzod qadri, erkinlik va qobiliyatlarining har tomonlama namoyon bo‘lishi uchun kurashish kishilarning baxt-saodati, teng huquqliligi, adolatli hayotini ta’min etishga intilishini ifodalaydigan g‘oya va qarashlar tizimi ekanligi. Barcha uchun birdek yagona “universal demokratiya”ning yo‘qligi. XX asr tarixida inson omili hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi va barcha tarixiy o‘zgarishlarning harakatlantiruvchi kuchiga aylanganligi. Vatanparvarlik, insonparvarlik va o‘z millatiga sadoqat, shaxs ma’naviyatining muhim mezonlari ekanligi. 357 Vatanparvarlik – kishining o‘zi tug‘ilib o‘sgan, kamol topgan joy, zamin, o‘lkaga bo‘lgan mehr-muhabbatini, munosabatlarini ifoda etadigan ijtimoiy va ma’naviy axloqiy hislatlari, fazilatlari ekanligi. Xalqimiz ma’naviyatining ajralmas qismiga aylanib ketgan muqaddas tushunchalardan biri – tinchliksevarlik ekanligi. Yer yuzidagi har qanday urushning natijasi – yovuzlik, adolatsizlik, shafqatsizlik va buzg‘unchilik hamda axloqsizlik ekanligi. Barcha ezgu orzu-niyatlar tinchlik zaminida ro‘yobga chiqishi haqida. Davlatimiz tomonidan tinchlikni ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar. Mustaqillikni asrab-avaylash, himoya qilish va mustahkamlashning muhim omili ogohlik ekanligi. “O‘zingni, o‘z uyingni o‘zing asra!”, “Ogoh bo‘ling odamlar!”, “Tinchlik uchun kurashmoq kerak!”, “O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi”.
Erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirish dolzarb vazifa ekanligi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligi xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning chuqur o‘rganilishi, milliy qadriyatlarning saqlanishi, madaniyat, san`at rivoji va jamiyat tafakkurining o‘zgarishi hamda yuksalishi bilan bog‘liq ekanligi. 1990 -yil 24- martda O‘zbekistonda prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi milliy madaniyatimiz, ma’naviy boyliklarimizni asrash va yanada boyitishga qaratilgan o‘z mustaqil siyosatimizni ishlab chiqish va amalga oshirishga xizmat qildi. Ona tili – bu millatning ruhi. Mustaqillik arafasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasi. Davlat tili maqomining Konstitutsiyada huquqiy jihatdan belgilanishi va mustahkamlanishi. Istiqlol yillarida o‘zbek tilining qo‘llanish doirasining kengayishi va xalqaro miqyosda faol muloqot vositasiga aylanishi. Vatanga muhabbat o‘zlikni anglashdan boshlanadi. Yosh avlodni yaxlit o‘zbek xalqining farzandi ekanligini anglash ruhida tarbiyalash. Yashab turgan joy nomlarining atalishida tarixiy xotira va vatan tuyg‘usi. Dunyoviy davlatda dinga munosabat. Sobiq mustabid tuzum davrida din va diniy qadriyatlarga munosabat. Dunyoviy va diniy qadriyatlarning uyg‘unligi tarixiy zarurat ekanligi. Shaxs va davlatning o‘zaro ma’suliyati. Ijtimoiy adolat. Fuqarolar tengligi. Demokratik jamiyatning shakllanishida ma’naviyatning o‘rni beqiyos ekanligi.
358 Mamlakatimizda ma’naviyat davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylanganligi. Davlat va nodavlat tashkilotlarining jamiyat hayotida tutgan o‘rni.
9-mavzu: Jamiyat taraqqiyotida islohotlar va ularning ma’naviy mezonlari. Yangi taraqqiyot yo‘liga qadam. Erkin bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy davlat, demokratik jamiyat barpo etish yo‘lida. Taraqqiyotning o‘zbek modeli. Davlat mulkini xususiylashtirish bozor munosabatlariga o‘tishning muhim shartlaridan biri ekanligi. O‘tkazilayotgan islohotning jamiyatda ma’naviy mezonlarning hal qiluvchi omili bo‘lib xizmat qilib kelayotgani. O‘tish davrida ijtimoiy adolat tamoyilining ahamiyati. Islohotlar samarasi xalqning yuz berayotgan o‘zgarishlar uning hayotiga daxldorligini anglab yetishi bilan belgilanishi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida inson omili. Islohot – islohot uchun emas, avvalo, inson uchun. Islohotlarni amalga oshirishda ma’naviyat va iqtisodiyotning bir-birini inkor etmasligi. Islohotlarning xalqimiz ruhiyati, turmush tarzi, urf-odat, an`analariga har tomonlama mos yo‘li. Islohotlarda xalq ma’naviy hayoti bilan bog‘liq masalalarning ustuvorligi. Ma’naviyat va iqtisodiyotning o‘zaro aloqadorligi jamiyat taraqqiyoti va barqarorligi garovi ekanligi. 10-mavzu: Ma’naviy tahdidlar va ularga qarshi kurash. Ma’naviy tajovuzlar. Xudbinlik, loqaydlik, manfaatparastlik, hasad, sotqinlik kabi illatlardan yosh avlodni himoya qilish yo‘llari. Ma’naviy bo‘shliq va zamonaviy axborot maydoni xavfi. Beparvolik, loqaydlikning ma’naviyatga yetkazadigan zararlari. Xalqaro maydondagi turli siyosiy kuchlarning milliy va strategik maqsadlari yo‘lidagi “Erkinlik va demokratiyani olg‘a siljitish” hamda o‘tish davridagi g‘oyaviy bo‘shliqdan foydalanib ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlariga asoslangan “ommaviy madaniyat” niqoblari ostidagi harakatlari. Ma’naviy tahdidlar va ularning ta’sir qilish vositalari. Mustaqil dunyoqarash. Sog‘lom fikrlash. Mafkuraviy va ma’naviy ta’minlanganlik. Komil inson, sharqona axloq me`yorlari. Or-nomus, uyat, andisha, sharmu hayo, ibo va iffat tushunchalari. Ma’naviy boylik – inson irodasining quvvati. Beparvolik, loqaydlik ma’naviyatga zid illat. Jamiyat mafkuraviy immunitetini kuchaytirishning samarali usul va uslublari. Shaxs va davlat, inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning yangicha mazmuni va shakli, yangi tamoyillar asosida
359 takomillashib borishi. Ma’naviy hayotimizni turli tahdid va xurujlardan himoya qilish har bir fuqaro, har bir insonning mas`uliyatli burchi ekanligi.
Bosqinchilik va mustamlakachilik oxir-oqibatda ozodlik hamda istiqlol uchun kurash zaruratini keltirib chiqarishi butun insoniyat tarixi sabog‘i. Mustaqillikka erishish g‘oyasi O‘zbekiston xalqiga ham azaldan merosligi. Xalqimizning ahmoniylar, grek-makedoniyaliklar zulmiga, arablar istilosiga, mo‘g‘ul -tatar bosqinchiligiga, chorizm mustamlakachiligiga va, nihoyat, sho‘ro totalitar tuzumiga qarshi olib borgan milliy ozodlik harakatlari. Mustaqillik tushunchasi, uning siyosiy (milliy davlatchiligimizning tiklanishi, o‘z taqdirimizni o‘zimiz erkin belgilashimiz, jahon hamjamiyatiga teng huquqli a’zo bo‘lishimiz,) iqtisodiy (mamlakat hududidagi jamiki moddiy boyliklarga ega bo‘lishimiz), ijtimoiy (turmushni milliy xususiyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimiz asosida tashkil etish imkoniga erishganimiz), ma’naviy (o‘zligimizni anglash, insoniyat tarixida tutgan o‘rnimizni bilib olish, omma fikrning uyg‘onishi) sohalardagi ahamiyati. Mustaqillikning oliy qadriyatga aylanishi. “O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat!” shiorining olg‘a surilishi omillari. Respublikamizda yerosti va usti resurslarni ishga solish, zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarini vujudga keltirish, odamlar uchun munosib turmush sharoitlarini vujudga keltirish, odamlar uchun butun xalqning, ayniqsa, yoshlarning mustaqillikni mustahkamlash va
mamlakat taraqqiyotiga mas’ullikni xis qilish yoshlarning ma’naviy burchi ekanligi hamda bu jarayonda ular o‘z ma’naviy salohiyatini yuksaltirib borish davr talabi ekanligini anglashi.
1.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Т.: “O‘zbekiston”. 2014.
2.
Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisodiyot, siyosat, mafkura. 1-jild.– Т.: “O‘zbekiston”. 1996. 3.
Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-jild. – Т.: “O‘zbekiston”. 1996. 4.
“O‘zbekiston”. 1996. 5.
Karimov I.A. Bunyodkorlik yo‘lidan. 4-jild. – T.: “O‘zbekiston”. 1996. 6.
Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi.5-jild, – Т.: “O‘zbekiston, 1997. 360 7.
Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot. 6-jild. – Т.: “O‘zbekiston”. 1998. 8.
“O‘zbekiston”. 1999. 9.
Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz. 8-jild. – Т.: “O‘zbekiston”. 2000. 10.
“O‘zbekiston”.2001. 11.
Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak.10-jild. – Т.: “O‘zbekiston”. 2002. 12.
Karimov I.A. Biz tanlagan yo‘l-demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo‘li. 11-jild. – T.: “O‘zbekiston”. 2002. 13.
Karimov I.A. Tinchlik va xavfsizligimiz o‘z kuch-qudratimizga, hamjihatligimiz va qat’iy irodamizga bog‘liq. 12-jild. – Т.: “O‘zbekiston”. 2004.
14.
Karimov I.A. O‘zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo‘lmaydi. 13-jild. – Т.: “O‘zbekiston”. 2005. 15.
Karimov I.A. Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma’naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish- barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir. 15-jild. – Т.: “O‘zbekiston”. 2007. 16.
Karimov. I. A. “ Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. – T.: “Ma’naviyat”. 2008. 17.
Karimov I.A. Eng asosiy mezon - hayot haqiqatini aks ettirish. – T.: O‘zbekiston, 2009. 18.
Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruza.2010-yil 12-noyabr. –T.: «O‘zbekiston». 2010. 19.
Islom Karimov. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonosida. – T.: “O‘zbekiston” . 2011. 20.
Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. – T.: O‘zbekiston, 2011. 21.
farzandlik burchimizdir. 9-may 2015-yil Xotira maydonida ommaviy axborot vositalari vakillariga bergan intervyusi // “Xalq so‘zi” 2015-yil 10- may. 22.
Karimov I.A. “Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” – T.: O‘zbekiston. 2015.
361 23.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarori. “Xalq so‘zi” , 2015- yil 18- iyul. 24.
Karimov I.A. Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi o‘z kuch- qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog‘liq. – T.: “O‘zbekiston”. 2004. 25.
26.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. 1997-yil 29-avgust. 27.
“Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san`atini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Xalq so‘zi”, 2010-yil 30-mart. 28.
borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori. “Xalq so‘zi”, 2010 -yil 6-may. 29.
2011-yil 15-iyun kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi, o‘n birinchi majlisidagi nutqi. “Hamjihatlikda global tahdidlarga qarshi kurashish va barqaror taraqqiyotni ta’minlash” “Xalq so‘zi”, 2011-yil 16-iyun. №118 (5285). 30.
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasi. “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatni rivojlantirish kontsepsiyasi”. – Т.: “O‘zbekiston”, 2010. 31.
Assambleyasining Ming yillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan Oliy darajadagi yalpi majlisidagi nutqi//Xorijiy ijtimoiy-siyosiy doiralar vakillarining munosabatlari va sharhlari. –T.: “O‘zbekiston”, 2010. -184 b. 32.
Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. – T.: “O‘zbekiston”, 2000. 33.
Imom Buxoriy. “Hadis”, 4-jildlik. – Т.: 1992. 1-jild. 34.
35.
Toxir Karim. Muqaddas “Avesto” izidan. – Т.: Cho‘lpon, 2000. 36.
Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. – Т.: “O‘qituvchi”, 1994. 37.
Abdurashitxonov M. Tanlangan asarlar. – T.: “Ma’naviyat”, 2003. 38.
Bozor iqtisodiga o‘tish va jamiyatning ma’naviy yangilanish muammolari. – T.: 1993. 39.
Buyuk siymolar allomalar (O‘rta Osiyolik mashhur mutafakkir va donish-mandlar). Nashrga tayyorlovchi M.M.Xayrullayev. – Т.: Meros, 1- kitob, 1995, 2-kitob, 1996, 3-kitob, 1997. 362 40.
Imom Ismoil al-Buxoriy. Al-adab al–mufrad(Adab durdonalari). Tarjimon, muqaddima va izohlar muallifi Sh. Boboxonov. – Т.: “O‘zbekiston”, 1990. 41.
muharir N. Komilov. – Т.: “Sharq”, 1996. 42.
Kaykovus. Qobusnoma. Muhammad Rizo Ogahiy tarjimasi. – T.: “O‘qituvchi”, 1998. 43.
Musurmonova O. Ma’naviy va yoshlar tarbiyasi. – Т.: “O‘qituvchi”,1996. 44.
2000. 45.
Ma’naviyat gulistoni. – T.: 2002. 46.
adiblar). – Т.: 2001. 47.
Mahmudov T. Mustaqillik va ma’naviyat. – Т.: “Sharq”, 2001. 48.
49.
Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilig. –T.: Yulduzcha, 1990. 50.
Yaxshiliqov J., Ahadov Sh. Temuriylar ma’naviyati. –T.: Fan, 1999. 51.
Yo‘ldosheva S. Xalq urf-odatlari va an`analari. – Т.: 2003 52.
Ma’naviyat asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. – T. : “G‘.G‘ulom”, 2009. 53.
Quronov M. Mafkura, ta’sirchanlik va uslub: ma’ruza matni (“Voizga yordam” turkumidan). – T.: Ma’naviyat, 2000. 54.
Qirg‘izboev A, Sindarova F, Jo‘raeva N. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” nomli asarini o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi tizimida o‘rganish bo‘yicha dastur va uslubiy qo‘llanma. Qayta to‘ldirilgan nashri. – T.: “VORIS- NASHRIYOT” 2010.
1.
2.
www.metod.uz 3.
www.ziyo-net.uz
4. www.press-service.uz. 5.
6.
www.filosofiya.ru. 7.
www.history.ru.
363 Falsafiy fanlar (Estetika. Dinshunoslik. Shaхs va jamiyat)
Abdulla Sher – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zMU Dotsenti
U.S.Xo‘janiyozov – pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Taqrizchilar: Umarov E. – falsafa fanlari doktori, prof. Qurbonmamadov A. – falsafa fanlari doktori, prof. Mahmudov M. – filologiya fanlari nomzodi, dotsent, Xusanov B. – falsafa fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi
Sh. Sharofiddinov – Axborot metodik ta`minlash xizmati yetakchi metodisti F.Sindarova – Sergeli politexnika kasb-hunar kolleji o`qituvchisi
364
“Estetika” fanining asosiy vazifasi sharq xalqlari estetikasi va O‘rta Osiyoda estetik tarbiya tarixi va o‘ziga hosligini farqlay bilishdir. Mustaqillik ma’naviyatini, estetik madaniyat mohiyatini o‘quvchilar ongiga singdirish, estetik ong, estetik faoliyatini tarkib topdirish haqidagi bilimlarga ega bo‘lish kerakligi haqida tushuncha berib borish. Mamlakatimizning rivojlanishi, dunyo miqyosida davlatlararo hurmat- E’tiborga sazovor bo‘lishi, kelajak avlodni yanada yuksak ma’naviyatli, zamonaviy, intellektual bilimli, ilmiy salohiyatga ega, har tomonlama etuk jamiyatga munosib hissasini qo‘sha oladigan shaxs sifatida shakllantirishni talab qiladi. O‘zbekistonda mustaqillikka erishilgan dastlabki kundan boshlab fan, ta’lim va tarbiya mazmuniga alohida e’tibor qaratildi. Mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar yoshlarda milliy ma’naviy meros va qadriyatlarni estetik idrok qilish, ularda voqealarning hodisa sifatida namoyon bo‘lishi emas, balki estetik mohiyatini chuqur anglash malakalarini shakllantirishni taqozo etmoqda. Ayni paytda bu jarayon estetika fanining metodologik asoslari hamda ilmiy mazmunini milliy va umuminsoniy tamoyillar bilan mushtarakligini ta’minlashni talab etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek: “Tariximizga kirib kelayotgan bu buyuk marra munosabati bilan o‘tgan davr mobaynida hayotimiz sifati, mamlakatimiz qiyofasi qanday o‘zgarib borayotgani, qanday yutuq va natijalarga erishganimiz, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida qanday sur’atlar bilan rivojlanib borayotganimizni baholash ehtiyoji tug‘ilmoqda.” 1
Mazkur dastur estetik tafakkurning ijtimoiy siyosiy asoslari har qanday jamiyat xalqining ijtimoiy ongini o‘zgartirishga, uning pirovard maqsadlariga xizmat qilishga qaratilgan. SHu bois, unda san’at, adabiyot, ekologiya, texnika va dizaynning estetik mazmunini yoritish, atrof-muhit estetikasi, sog‘lom turmush tarzi estetikasi kabi yangi yo‘nalishlarning ilmiy-nazariy asoslari ko‘rsatib berilgan. CHunki bugungi kundagi globallashuv davrida yoshlar tafakkurini turli g‘ayriestetik g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, ayniqsa elektron vositalar orqali kirib kelayotgan turli ko‘rinishdagi omillarning estetik mazmunini to‘laqonli anglash davr talabiga aylangan. Ana shu talabga mos ta’lim tizimini yaratish, ta’lim oluvchilarda estetik dunyoqarashni yuksaltirish, badiiy tafakkur, estetik ma’naviyat, mediamadaniyat va ijodiy fikrlarni shakllantirish muhim vazifa
1 Karimov I. A. Mamlakatimizda dеmokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontsеptsiyasi. – T.: O`zbеkiston, 2010. |
ma'muriyatiga murojaat qiling