O’zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


P T ... Ishlab chiqarish ... T


Download 0.77 Mb.
bet2/4
Sana28.10.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1731266
1   2   3   4
Bog'liq
Kreditning zarurligi

P T ... Ishlab chiqarish ... TI PI
Fondlar doiraviy aylanishining birinchi bosqichida (PT) pul fondlarining
ishlab chiqarish fondlariga aylanishi sodir bo‘ladi. Bunda mavjud pul mablag‘lariga
mehnat predmetlari va vositalari sotib olinadi.
Fondlar aylanishining ikkinchi bosqichida ishlab chiqarish jarayoni sodir
bo‘lib, bunda tayyor mahsulotni yaratish ro‘y beradi, mahsulot ko‘rinishi tovar
ko‘rinishini oladi, ishlab chiqarish vositalari qiymatiga yangi qiymat qo‘shiladi.
Uchinchi bosqichda (TI PI) tayyor mahsulot sotiladi. Tovar o‘zining
boshlang‘ich pul shakliga o‘tadi, lekin bunda tovar ham, pul ham o‘zining ishlab
chiqarish jarayonidan oldingi holatiga nisbatan qiymat jihatdan va miqdor jihatdan
ortgan holda bo‘ladi.
Mahsulotni sotgandan keyin olingan pul fondlari, o‘z navbatida, yana xarajat
qilinadi, yani yangi ishlab chiqarish jarayoni uchun yangi ishlab chiqarish vositalari
sotib olinadi, ish haqi to‘lanadi va boshqa xarajatlarga sarflanadi. SHunday qilib,
aylanma mablag‘larning aylanishi qaytaqayta takrorlanaveradi va fondlarning
doiraviy aylanishi vujudga keladi.
Fondlarning har bir individual doiraviy aylanishi ijtimoiy takror ishlab
chiqarishning bir qismi sifatida boshqa doiraviy aylanishlar bilan uzviy bog‘langan.
Ma’lumki, 1-bosqich korxonalar tomonidan yaratilgan mahsulot 2- bosqich
korxonalari va noishlab chiqarish sohasi tomonidan iste’mol qilinadi. O‘z navbatida,
2-bosqich mahsuloti nafaqat o‘z iste’molchilari ehtiyojini, shuningdek, 1-bosqich
istemolchilarining ham ehtiyojini qondirish uchun ishlatiladi.
Bularning hammasi aylanma fondlarining doiraviy aylanishi uzluksizligidan
va fondlarning individual aylanishlari o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjudligidan
dalolat beradi.
Asosiy fondlar qiymati harakati jarayonida resurslarni ishlab chiqarishdan
bo‘shatilishi ko‘zga tashlanadi. Ma’lumki, ishlab chiqarish vositalari ishlab
chiqarish jarayonida uzoq muddat xizmat qiladi va ularning qiymati tovar mahsuloti
qiymatiga astasekin o‘tib boradi. Asosiy fondlarning astasekin eskirish qiymati o‘z
o‘lchami bo‘yicha korxonaning yangi vositalar sotib olish hajmini ta’minlay
olmaydi.
Fondlarning aylanishida asosiy fondlarning o‘zgaruvchan harakati ro‘y
beradi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, bunda ba’zi korxonalarda bo‘sh pul
mablag‘lari to‘planib qoladi, boshqalarida esa katta xarajatlarga ehtiyoj tufayli
mablag‘lar etishmovchiligi yuzaga keladi.
Xuddi shunday vaziyat aylanma fondlari harakatida ham vujudga keladi. Bu
erda ularning uzluksiz aylanishidagi tebranishlar yanada xilmaxildir. Dastavval bu
tebranishlar ishlab chiqarishning mavsumiyligi, mahsulot ishlab chiqarish davri
bilan mahsulotni sotish vaqti birbiriga mos kelmasligi tufayli vujudga keladi.
Mablag‘lar harakatidagi tebranishlar tovar mahsulotini jo‘natish bilan bog‘liq
xarajatlar tufayli ham vujudga keladi. Ma’lumki, mahsulotni jo‘natish vaqti bilan uni
sotishdan olinadigan tushumning korxona hisob raqamiga kelib tushish vaqti ko‘p
hollarda to‘g‘ri kelmaydi. Bu hol turlicha sabablar tufayli yuzaga kelishi mumkin.
Masalan, mahsulotni ishlab chiqaruvchi korxona bilan uni iste’mol qiluvchi korxona
birbiridan muayyan masofada joylashganligi, mol sotib oluvchi korxonaning ayni
vaqtda tovar va xizmatlarga to‘lash uchun hisobkitob raqamlarida pul
mablag‘larining etarli emasligi va boshqalar tufayli kelib chiqadi.
Fondlarning doiraviy aylanishidagi tebranishlar zaminida ishlab chiqarish vaqti
bilan mahsulotlarni sotish vaqtining mos kelmay qolishidan vujudga keladigan
qiyinchiliklarni bartaraf etuvchi munosabatlarning paydo bo‘lishi tabiiy holga
aylanadi. Bu munosabatlar mablag‘larning vaqtincha bekor turib qolishi bilan bu
mablag‘larga bo‘lgan ehtiyoj o‘rtasidagi qaramaqarshilikni bartaraf etadi. Bunday
munosabatlar odatda, kredit munosabatlar deb yuritiladi va kredit munosabatlar
asosida iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lgan kredit tushunchasi yuzaga keladi.
Kredit orqali jamiyatimizda quyidagi ijobiy natijalarga erishish mumkin:

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling