O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi
Download 317.19 Kb.
|
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta\'lim vazirligi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Staphylococcus aureus(Tillasimon stafilokokk)
- Mikrokokklar
- Sartsinalar
- Stafilokokklar
Stafilokokklar (staphilo - yunoncha uzum shingili degani) hujayraning har xil tekislikda tartibsiz bo`linishidan
hosil bo`ladi va uzum shingilining joylashishini eslatadi. Hujayra sharsimon bo`lib, diametri 0,8 - 1,5 mkm ni tashkil etadi. Stafilokokklar odam va hayvonlarda yiringli yaralar hosil qiladi. Shuni eslash o`rinli bo`ladiki, yuqorida aytilgan sharsimon hujayralarning ayniqsa, Staphylococcus aureus(Tillasimon stafilokokk) to`plamlari, 2-4 tadan birikkan to`plamlari turg`un 6 4-rasm. Tillasimon stafilokokk hujayralari bo`lmasdan ayrim-ayrim hujayralarga oson ajratiladi. Sharsimon bakteriyalarning tashqi ko`rinishlari bilan tanishish uchun "ezilgan tomchi" usulida preparat tayyorlanadi. Buning uchun buyum oynasiga vodoprovod suvidan bir tomchi tomiziladi. So`ngra o`rganilayotgan mikroorganizm kulturasidan ozgina olib aralashtiriladi va qoplag`ich oyna bilan yopiladi. Qattiq ozuqa muhitida o`stirilgan kulturani bir tomchi suvga bakteriya ilmoqi vositasida solib aralashtirib preparat tayyorlansa, suyuq ozuqa muhitidagi bakteriya kulturasini steril pipetka bilan olib buyum oynasiga tomiziladi va qoplag`ich oyna bilan yopiladi. Demak, ikkinchi holatda bir tomchi suvni buyum oynasiga tomizish shart emas. Olingan tomchining hajmi shunchalik kichik bo`lishi kerakki, qoplag`ich oyna yopilganda ortiqcha suyuqlik bo`lmagani ma'qul. Aks holda ortiqchasi filtr qog`ozi yordamida yo`qotiladi. Tayyorlangan preparatlar immersiya obyektivi yordamida mikroskopda ko`riladi. 1. Mikrokokklar preparatlarini 3-4 sutka davomida pepton agarida o`stirilgan Micrococcus roseus (pushti rangdagi kokklar) kulturasidan tayyorlanadi. Preparatda ayrim yoki to`p-to`p bo`lib, tartibsiz to`plamlar holida joylashgan mayda sharsimon hujayralar ko`rinadi. 2. Sartsinalar preparatlarini 3-4 sutkali pepton agarida o`stirilgan Sarcina flava (sariq rangli) kulturasidan tayyorlanadi. Ular 8 yoki 16 ta hujayradan iborat paketlar hosil qiladi. 3. Streptokokklar bilan tanishish uchun qatiq yoki smetanadan olib tayyorlangan fiksirlangan, bo`yalgan preparat ishlatiladi. Unda gomofermentativ sut kislotali bijg`ishni olib boruvchi Streptococcus lactis kuzatiladi. Yog`sizlantirilgan qatiqdan (prostokvasha) buyum oynasiga surtma tayyorlanadi, fiksirlangandan so`ng ishqoriy moviy metilen bo`yog`i bilan 1-2 minut davomida bo`yaladi, filtr qog`ozi bilan quritiladi va immersiya tizimida ko`k rangdagi sharsimon hujayralar zanjirchalari ko`rinadi. 4. Stafilokokklar bilan tanishish uchun tayyor fiksirlab bo`yalgan tillasimon stafilokokk Staphylococcus aureus preparati ko`riladi. Bunda sharsimon hujayralarning shingillarini ko`rish mumkin (4 - rasm). Adabiyotlar 1. Егоров Н.С. Руководство к практическим занятиям по микробиологии. М.: Изд-во МГУ, 1983. С. 55. 2. Теппер Е.З., Шильникова В.К., Переверзева Г.И. Практикум по микробиологии. М., Агропромиздат, 1987. С. 27-29. 3. Хоулт Дж. Краткий определитель Берги. М.: “Мир”, 1980. Download 317.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling