O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Internet orqali so'zlashuv


Download 6.49 Mb.
bet109/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Internet orqali so'zlashuv. Internet orqali o'zaro muloqot deganda ikki yoki undan ortiq foydalanuvchilarning bir vaqtni o'zida, bir-birlari bilan internet tarmog'i orqali aloqa o'rnatilishi tushuniladi. Bunday muloqot jarayonida foydalanuvchilarning joylashuv o'rni ahamiyatga ega emas, ya‘ni foydalanuvchilar qayerda bo'lishlaridan qat'iy nazar Internet tarmog'i orqali muloqot o'rnata oladilar. Bunday so'zlashuvlarni amalga oshirish uchun maxsus dasturlar bo'lishi talab qilinadi. Bunday dasturlarga Skayp, Meyl Agent, Google Talk, ICQ dasturlari kiradi.
Internet orqali so'zlashuv jarayonida mikrofon va eshitish qurilmasini kompyuterga ulab keltirilgan dasturlar yordamida foydalanuvchilar so'zlashib muloqot qilishlari mumkin. Bunda Internet orqali muloqot jarayoni foynalanuvchiga tezkorligi, arzonligi hamda sifatliligi bilan qulayliklar yaratib beradi.
Internet orqali video muloqot. Internet orqali video muloqot deganda foydalanuvchilar bir-birlarini kompyuter ekranida (on-layn tarzda) ko'rib turadilar,
ya‘ni foydalanuvchilarning harakatli tasvirlari bir-birlariga uzatiladi. Bu video aloqani amalga oshirib beruvchi qurilma veb kamera deb nomlanadi.
Internet orqali video muloqot jarayonida muloqotda qatnashayotgan barcha foydalanuvchilar bir birining gapini eshitibgina qolmay, balki bir-birlarini ko'rib ham turishadi.

9.9-rasm. Veb kamera
Veb kamera va uning ahamiyati. Veb kamera alohida qurilma bo'lib, u kompyuter vositasiga ulanadi va Internet tarmog'i orqali muloqotlarda ishlatiladi.
Veb kameradan foydalanish va u orqali muloqot qilish uchun Internet tarmog‘iga ulangan bo‘lishi hamda har bir foydalanuvchi kompyuterida veb kamera qurilmasi ohnatilgan bo‘lishi shart.
Veb kamera foydalanuvchilarga juda ham ko'p qulayliklarni yaratib beradi, ya‘ni suhbat jarayonida foydalanuvchilar qayerda joylashganligidan qat'iy nazar bir- birlarini ko'rib turadilar. Internet tarmog'i orqali video muloqotlar Skayp, Meyl Agent, Google Talk, ICQ dasturlari orqali amalga oshiriladi.

Download 6.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling