O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 6.49 Mb.
bet31/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Saqlash. Dastur va ma’lumotlar faqatgina foydalanish uchun saqlanmaydi. Birinchidan, saqlash kompyuterning aylanish davridir. Ikkinchidan, tashqi disklar ham saqlash vazifasini bajarishi mumkin (disk, qattiq disk yoki CD rom).

  • Natija. Qayta ishlangan ma’lumotlar monitorda, kalonkada, printergda yoki boshqa qurilmalarda namoyon bo'ladi.

  • Aloqa. Tez-tez ma‘lumotlar modem, e-mail yoki boshqa qurilmalar orqali bir kompyuterdan boshqasiga uzatiladi.

    Saqlash birligi

    3.3-rasm. Kompyuter sistemasining blok rasmi2

    Yuqorida berilgan barcha operatsiyalar har qanday kompyuter sistemasining asosiy qurilish blokining bir qancha funksiyalar jamlanmasi orqali amalga oshiriladi.
    Biz yuqoridagi rasmda kompyuter sistemasining blok diagrammasini ko'rihimiz mumkin. Bu chizmada, qattiq chiziqlar quyidagi buyruq va ma’lumotlarni ifodalaydi, nuqta chiziqlar nazorat mashqlarini ifodalaydi.
    Kiritish qurilmalari
    Ma‘lumot kompyuterga kiritish qurilmalari orqali kiritiladi. Kiritish qurilmalari kompyuterda ma’lumot va dasturlarni o'qiydi. Dastur ma’lumotlar bilan amalga oshirilishi kerak bo'lgan buyruqlarni qamrab oladi. U kompyuter va inson o'rtasidagi aloqani ta‘minlaydi. Kiritish moslamalari kiritilgan ma‘lumotlarni kompyuter qabul qilishi uchun munosib ikki xonali songa o'tkazadi. Quyidagilar bir qancha mashhur kiritish moslamalaridir:

    1. Klaviatura

    2. Sichqoncha

    3. Joystik

    4. Disketa va qattiq disk

    5. CD va DVDlar

    6. Optik ishora o'quvchi

    Qisqacha aytganda, kiritish qurilmalari quyidagi funksiyalarni bajaradi:

    1. U dastur va ma‘lumotlarni kiritadi yoki qabul qiladi (buyruqlar aloqasi);

    2. Ushbu ma‘lumot va buyruqlarni kompyuter qabul qiladigan formaga o'tkazadi;

    2 Dixsit J.B. —Fundamentals of computer programming and IT” 2011. 5 p.

    1. U o'zgartirilgan ma’lumot va buyruqlarni kompyuter sistemasiga

    qo'shimcha qayta ishlash uchun taklif qiladi23.
    Qayta ishlash
    Qayta ishlash qurilmalari natija va boshqa ma‘lumotlarniarni kompyuterdan qabul qiladi va uni foydalanuvchiga yetkazadi. Kompyuter ma‘lumotlarni qayta ishlash qurilmasiga ikkilik shaklda jo'natadi. Qyta ishlash qurilmasi ma’lumotlarni foydalanuvchi uchun qulay bo'lgan formaga o'zgartirib
    havola etadi. Masalan chop etish orqali, monitorda namoyish etish va ovozni yozish orqali. Bir qancha qayta ishlash birliklari quyidagilar:

    1. Kompyuter ekrani VKB deb ataladi (visual ko'rsatish birligi);

    2. Printer;

    3. Plotter.

    Qisqacha aytganda quyidagi funksiyalar qayta ishlash qurilmalari tomonidan amalga oshiriladi:

    1. Kod shaklida amalga oshirilgan komyuter natijalarini qabul qiladi.

    2. Ushbu kodlarni inson o'qiy oladigan natijalarga aylantiradi.

    3. O'zgartirilgan natijalarni tashqi dunyoga taklif qiladi.

    Ma‘lumotlarni saqlash
    Saqlash birliklarining funksiyasi ma‘lumotlarni saqlashdir. Ma‘lumot va buyruqlar asosiy jarayon boshlangunga qadar kiritish qurilmalari orqali kompyuterga kiritiladi va saqlanadi. Shuningdek, qayta ishlangan natijalar monitorda aks ettirilishidan oldin qayerdadir saqlanishi kerak. Bundan tashqari, o'rta natijalar ham kompyuterda saqlanishi kerak. Kompyuterning saqlash birligi yoki asosiy xotirasi ushbu funksiyalarni ta‘minlab beradi. Asosiy xotira bu tezkor xotira hisoblanadi. U dasturlarni ma‘lumotlar bo'ylab saqlaydi. Asosiy xotira CPU bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqada bo'ladi.
    Ikkilamchi xotira (yordamchi xotira) ma‘lumotlarni saqlash uchun foydalaniladi. Ma‘lumot va dastur buyruqlari doimiy saqlanadi. Ular keyinroq ham foydalanilishi mumkin24.
    Xulosa qilib aytganda, saqlash birligi quyidagi funksiyalarni bajaradi:

    1. U ma‘lumot va dasturlarni saqlaydi.

    2. U o'rta natijalarning qayta ishlash jarayonini amalga oshiradi.

    3. Natijaga chiqarilishi kerak bo'lgan so'ngi natijalarni qayta ishlash jarayonini saqlaydi.

    4. Kompakt disk yurituvchilarining quyidagi turlari mavjud:

    5. CD-RW - kompakt disklarni o' qish va ularga ma’lumotlar yozish qurilmasi

    6. DVD-RW - DVD disklarni o'qish va ularga ma’lumotlar yozish qurilmasi

    7. Ma‘lumot tashuvchi disklarning turlari:

    8. CD - katta hajmdagi ma‘lumotlarni saqlashga mo'ljallangan disk

    9. DVD - katta hajmdagi multimyedia ma‘lumotlarni saqlashga mo'ljallangan disk

    Markaziy qayta ishlash birligi
    Markaziy qayta ishlash birligi (MQIB) kompyuterning miyyasi hisoblanadi. Uning asosiy funksiyasi dasturlarni ishlatmoqdir. Dasturlarni ishlatishdan tashqari MQIB xotira, kiritish va chiqarish qurilmalari kabi boshqa tarkibiy qismlarning operatsiyalarini ham bajaradi. MQIBning asosiy qismlari quyidagilar:

    1. Arifmetik va logik birlik (ALB)

    2. Nazorat birligi (NB)


    1. Download 6.49 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   205




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling