O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Fayl va papkalar nomini o'gartirish


Download 6.49 Mb.
bet55/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Fayl va papkalar nomini o'gartirish.
Fayl yoki papkani yaratilgan zahotiyoq yoki keyinroq ham nomini o'zgartirish mumkin. Fayl nomini o'zgartirish uchun:

  1. Faylni belgilang.

  2. Fayllar menyusidan Nomini o'zgartirish ni tanlang.

Yoki,

  1. Faylni belgilang.

  2. Fayl ustida o'ng tugmani bosing.

  3. Paydo bo'lgan menyuda Nomini o'zgartirish funksiyasini tanlang (5.20- rasmga qarang).


5.20-rasm. Fayl va papkalar nomini o'zgartirish
Bundan tashqari siz shunchaki faylni belgilab F2 tugmasini bosib ham uning nomini o'zgartirishingiz mumkin. Bunda fayl yoki papkani nomi belgilanadi va siz o' zingiz boshqa nomni kiritib Enter tugmasini bosasiz.
Fayl va Papkalarni nusxalash
Fayl yoki papkani boshqa joyga nusxalash uchun,

  1. Fayl yoki papkani belgilang.

  2. O'zgartirish (Edit) tugmasini bosing.

  3. Nusxalash (Copy) ni bosing (5.21-rasmga qarang)


5.21-rasm. Fayl va Papkalarni nusxalash.

Bundan tashqari siz fayl yoki papka ustida o'ng tugmani bosgan holda, paydo bo'lgan funksiyalar ichidan Nusxalashni bosib yoki birgalikda Ctrl + C tugmalarini bosgan holda fayllarni nusxalashimiz mumkin.

  1. Nusxalamoqchi bo'lgan joyingizni tanlang.

  2. O'zgartirish (Edit) tugmasini bosing.

  3. Qo'yish (Paste) tugmasini bosing.

Fayl va papkalarning joyini o'zgartirish
Bir papkani yoki faylni butunlay boshqa papkaga (joyga) ko'chirish uchun:

  1. Faylni belgilang.

  2. O'zgartirish (Edit) tugmasini bosing.

  3. Qirqib olish (Cut) tugmasini bosing (5.22-rasmga qarang).


5.22-rasm. Qirqib olish tugmasi


Bundan tashqari, fayl yoki papkani ustiga o'ng tugmani bosgan holda, qirqib olish (cut) funksiyasini tanlang yoki birgalikda Ctrl + X tugmasini bosing.

  1. Siz joylashtirmoqchi bo'Igan joyni tanlang.

  2. O' zgartirish (Edit) tugmasini bosing.

  3. Qo'yish (Paste) tugmasini bosing (5.23-rasmga qarang).

Eslatma: Papkalar va fayllarni nusxalash va ko'chirishning eng tezkor yo'li bu kontekst menyudan foydalanishdir (sichqonchaning o'ng tugmasini bosishdan paydo bo'ladigan menyu).

5.23-rasm. Qo'yish (Paste) tugmasini tanlash

Agar bir necha fayllarni nusxalash yoki o'rnini o'zgartirish kerak bo'lsa, bu operatsiya Shift yoki Ctrl tugmalari orqali bajarilishi mumkin. Qachonki siz ketma ket bir nechta fayl yoki papkalarni tanlamoqchi bo'lsangiz, birinchi faylni belgilagan holda tugmasini bosib turing va oxirgi faylni belgilang (Bunda birinchi va oxirgi fayl orasidagi fayllar ham belgilanadi). Agar siz belgilamoqchi bo'lgan fayllar ketma-ket bo'lmasa tugmasini bosib turgan holda har bir faylni belgilab chiqing. Oynadagi barcha fayl va papkalarni belgilamoqchi bo'lsangiz O'zgartirish (Edit) tugmasini bosgan holda Barchasni tanlash (Select all) funksiyasini tanlang.
Eslatma. Faylni bir joydan boshqa joyga nusxalaganda ushbu fayl ham o’zining avvalgi joyida, ham yangi joyida paydo bo’ladi. Faylni bir joydan boshqa joyga ko’chirganda esa ushbu fayl avvalgi joyidan butunlay o’chib faqatgina yangi joyida qoladi xolos.

Download 6.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling