O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Papkalar yoki Kataloglar yaratish


Download 6.49 Mb.
bet54/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Papkalar yoki Kataloglar yaratish
Papkalar va Kataloglar nima?
Fayl ma'lumot yoki ma'lumotlarni o'z ichiga oluvchi kompyuter hujjatidir. Fayl nomi ikki qismdan iborat, asosiy nomi va kengaytirilgan nomi, faylni aniqlash uchun asosiy nomi ishlatiladi. Kengaytirilgan nomi esa faylni qaysi dastur yordamida yaratilganini bilish uchun foydalaniladi. Har bir dasturning o'ziga biriktirilgan kengaytmasi mavjud. Hujjatni saqlaganingizda, unga ixtiyoriy nom berilgandan so'ng ikkinchi nomi avtomatik tarzda beriladi. Misol uchun: Text.doc, bu yerda Text asosiy qismi va doc uning kengaytmasi. Nuqta asosiy va kengaytmani ajratish uchun foydalaniladi. Yodda tuting doc Microsoft Word faylining kengaytmasi yoki docx agarda MS WORD 2007 dan foydalansangiz. Siz fayllaringizni qattiq diskda, oddiy diskda, tarmoq disk ( tarmoq orqali ulashiladigan disk, o'zaro bog'langan tarmoqda) da va boshqa joylarda saqlashingiz mumkin.
Papka xuddi konteyner kabi u o'zida dasturlar, fayllar va boshqa papkalarni saqlay oladi.
Fayllar, papkalar, dasturlar va hokazolarni kompyuterda tartiblangan holda, ularni nomlangan holda qattiq diskda saqlash uchun zarur. Bu albatta fayllarni va papkalarni osonlikcha topish uchun yordam beradi.
Fayllarni yaxshiroq tarzda papkaga joylashtirishni tashkillashtirish uchun. Papka o'zini ichiga yana bir boshqa papkani joylashtirish uchun. Papkalar shunday nomlanishi mumkinki u o'zidagi fayllarning xarakterini anglataib turadi.
Windows tomonidan taqdim etilgan vositalar fayllar va papkalar My Computer va Windows Explorerda avvalroq taqdim etildi.
Papka ish stolida va/yoki ba'zi uskunalarda ham ( C:\ yoki D:\ E:\ va hokazo) yoki allaqachon mavjud papka(lar)da yaratilishi mumkin.

  1. Ish stolida papkani yaratish.

  1. Ish stolining bo'sh sohasiga o'ng tugmani bosing.

  2. Menyudan Yangini bosing.

  3. Cascad menyudan Papka variantini tanlang. Papka belgisi belgilanga “Yangi Papka” nomi bilan paydo bo'ladi.

  4. Yangi yaratilgan papkaga nom bering.


5.18-rasm. Ish stolida papka yaratish


  1. Drive/ Folder da papkani yaratish

  1. —Мой компьютер” da papkani yaratmoqchi bo'lgan joyingizni tanlang.

  2. Ushbu narsaga chap tugmani ikki marta bosing va oynada uning ichidagi narsalar paydo bo'ladi.

  3. Bo'sh bo'lgan sohaga o'ng tugmani bosing.

  4. Yuzaga chiqqan menyudan New (Yangi) ni tanlang va yana paydo bo'lgan menyudan Folder (Papka) ni tanlang. —New Folder” (Yangi papka) degan papka tasviri paydo bo'ladi.

  5. Yangi yaratilgan papkaga o'zingiz nom qoying.

Aytaylik, Siz Dixit degan papka ichida Vanish degan papkani yaratdingiz. Bu vaziyatda Dixit papkasi bu ona papka va Vanish papkasi esa papka ichidagi pastgi papka deb aytiladi.

5.19-rasm. Papka yaratish


    1. Fayl ustidagi operatsiyalar

Fayl va papkalarni nusxalash, joyini o'zgartirish, o'chirish yoki nomini o'zgartirish mumkin. Buning uchun siz nusxalanishi, ko'chirilishi yoki o'chirilishi kerak bo'lgan fayllarni tanlashingiz kerak. Fayl yoki papkani belgilash oson, yani fayl yoki papkaning ustiga bir marta bossangiz bas32.

Download 6.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling