O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 6.49 Mb.
bet82/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Поиск функций darchasi yordamida foydalanuvchi o'ziga kerakli funksiyani tez topishi mumkin. Buning uchun darchaga kerakli funksiya nomi kiritiladi va Найти tugmasi bosiladi (7.14-rasm):

7.14-rasm. Поиск функции darchasidan foydalanish.

Мастер функций muloqot oynasining Категория darchasini faollashtirish yordamida foydalanuvchi o'ziga kerakli bo'lim funksiyalarini Выберите функцию darchasida hosil qilishi mumkin (7.15-rasm).

7.15-rasm. Категория darchasidan foydalanish

Foydalanuvchilar Мастер функций muloqotoynasini ishga tushirmagan holda ham, asosiy menyuning Формулы bo'limidagi £ ". (Автосумма) tugmasidan foydalangan holda ayrim ko'p ishlatiluvchi arifmetik funksiyalardan foydalanishi mumkin. Quyidagi 7.16-rasmda Автосумма tugmasidan foydalanish tartibini ko'rib o'tamiz.

7.16-rasm. Автосумма tugmasidan foydalanish

7.16-rasmda ko'rsatilganidek Sredneye (qiymatlarning o'rta arifmetigini hisoblash) formulasini D2 katagiga qo'yish uchun (Автосумма) tugmasining o'ng tomonidagi pastga qaratilgan «uchburchak» belgisi bosiladi. Natijada 6.16-rasmda keltirilganidek «tugmacha menyusi» ochiladi va ushbu menyudan foydalanuvchi o'ziga kerakli funksiyani sichqoncha yordamida tanlashi mumkin. D2 katagiga formula qo'yilganidan so'ng katakda quyidagicha formula yozuvi paydo bo'ladi (7.17-rasm):

7.17- rasm. Katakka SRZNACH formulasini


Excel elektron jadvalida kataklarga formulalar kiritishda ixtiyoriy katak adresiga nisbiy murojaat qilish mumkin. Kataklarga formulalarni bunday usulda kiritish foydalanuvchi ish vaqtini birmuncha tejaydi.
Katak adresiga nisbiy murojaat qilishni tushunish uchun quyidagi misollarni ko'rib o'tamiz:
Excel elektron jadvalida quyidagi ko'rinishdagi jadval hosil qilingan (7.18- rasm):




A __L

В _l

С

0




1
2




Бакоси

Мивдори

Сумма




3
4

Монитор
CD-ROOM

150000
28000

12
5







5

Клавиатура

15000

12







6

Принтер

180000

1






7.18- rasm. Excel elektron jadvalida hosil qilingan jadval ko'rinishi.

Hosil qilingan jadvalning D3 katagiga «=В3*С3» ko'rinishidagi formula kiritamiz va quyidagi 7.18-rasmda keltirilganidek D4, D5, D6 kataklariga D3 katagidan nusxa ko'chiramiz (nusxa olish markeri yordamida):

7.19-rasm. Katak adresiga nisbiy murojaat.


Bunda: a) D3 katagiga formula kiritish va ko'rsatkich yordamida nusxa olish markeridan ushlash; b) nusxa olish markerini sichqoncha tugmasini qo'yib yubormagan holda D6 katagiga qadar surish; v) D3:D6 kataklarida hosil bo'lgan g) rasmda ko'rsatilgan formulalar natijasi.
Kataklarga nisbiy murojaatni quyidagi 7.20-rasmda ko'rsatilganidek amalga oshirish ham mumkin.

7.20-rasm. Katak adresiga nisbiy murojaat.

Bunda: a) B7:D7 kataklarini belgilab olish;
b) rasmda ko'rsatilgani kabi ixtiyoriy formula kiritish;
v) Ctrl + Enter tugmasini bosish
g) rasmda ko'rsatilganidek formulalar natijasini olish mumkin


    1. Download 6.49 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling