O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 6.49 Mb.
bet79/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Книга! - Microsoft Excel

Вставить

Буфер обм... г

^Вставить’ S j* Удалить ’ J

Сортировка Найти и и фильтр’ выделить’
Редактирование

^Фориатироваты
Стили ячеек’ i
Стили
Microsoft
Office
tugmasi


7.2-rasm. Microsoft Excel elektron jadvali ish oynasining umumiy ko'rinishi



7.3-rasm. Kataklarni faollashtirish va ularga qiymat kiritish.

Yuqoridagi keltirilgan b) rasmda В4:Е9 kataklar diapazoni belgilab olingan (faollashtirilgan). Microsoft Excel elektron jadvalida yonma-yon joylashmagan kataklar va kataklar diapazonini ham belgilash imkoniyati mavjud. Buning uchun Ctrl tugmasi bosib turilgan holda yonma-yon joylashmagan kataklar belgilanadi (7.4- rasm). Belgilab olingan kataklar belgilanmaganlardan farqli ravishda ko'kish rangga kiradi. Belgilashni bekor qilish uchun ish varog'ining ixtiyoriy qismida sichqoncha chap tugmasi bir marta bosiladi.



    1. rasm. Microsoft Excel elektron jadvalidagi belgilangan yonma-yon
      joylashmagan kataklar va kataklar diapazoni.

Kataklarga ma‘lumotlarni avtomatik kiritish
Microsoft Excel elektron jadvalida ayrim ma‘lumotlarni avtomatik tarzda kiritish imkoniyati mavjud. Bu esa foydalanuvchi vaqtini bir muncha tejashga imkon yaratadi. Buning uchun ketma-ket bir nechta kataklarga (ustun yoki satr ko'rinishida) arifmetik progressiya ketma-ketligini hosil qiluvchi sonlar (maslan 1, 2, 3), sana (13.03.04, 14.03.04, 15.03.04), oy (yanv, fev, mar), ixtiyoriy (bank-1, bank-2, bank- 3) boshlang'ich ma‘lumot sifatida kiritiladi va bu kataklar belgilab olinadi. Belgilangan sohaning quyi o'ng burchagida avtomatik to'ldirish (nusxa olish) markeri mavjud bo'lib, ko'rsatkich yordamida ushbu marker tanlanadi. Bunda ko'rsatkich ko'rinishi О holatidan — holatiga almashadi. Sichqonchaning chap tugmasi bosilib, qo'yib yubormagan holda ketma-ketlik satr ko'rinishida kiritilgan bo'lsa o'ng tomonga, ketma-ketlik ustun ko'rinishida kiritilgan bo'lsa, pastga qarab kerakli ustun yoki satrgacha tortiladi. Natijada keyingi ustun yoki kataklarga ma‘lumotlar avtomatik tarzda kiritiladi.
Ma‘lumotlarni avtomatik tarzda kiritish amali 7.5-rasmda keltirilgan.
Foydalanuvchi o'zining doimiy ishini osonlashtirish maqsadida shaxsiy avtoto'ldirish ro'yhatini tuzishi ham mumkin. Buning uchun:

  1. Ketma-ket keluvchi kataklarga (ustun yoki satrlar bo'ylab) hosil qilinishi kerak bo'lgan ro'yhat kiritiladi;

  2. Kiritilgan ro'yhat belgilanadi;

  3. Ish oynasining yuqori chap burchagida joylashgan Microsoft Office tugmasi


7.5-rasm. Kataklarga ma’umotlarni avtomatik tarzda kiritish.


  1. Hosil bo'lgan Parametrbi Excel oynasidan Основные bo'limi tanlanib, oynaning o'ng qismida joylashgan Izmenit spisok... tugmasi bosiladi;

  2. Hosil bo'lgan Spisok oynasining quyi qismida joylashgan Import spiska iz yacheyek: darchasida hosil qilingan ro'yhat kiritilgan kataklar diapozoni

  3. ko'rsatilganligiga e’tibor berib, Import... tugmasi bosiladi. Bunda ish varog'ida belgilangan ro'yhat oynaning Spiski bo'limida namoyon bo'ladi (7.6-rasm);

  4. Spiski oynasida OK tugmasi bosiladi;

  5. Parametri Excel oynasida OK tugmasi bosiladi.


7.6-rasm. Spiski bo'limining umumiy ko'rinishi.

Foydalanuvchi tomonidan hosil qilingan ro'yxatdagi ixtiyoriy jumla (masalan, 7.7-rasmdagi Шкаф jumlasi) ish varog'idagi kataklarning biriga kiritilib, katakning nusxa olish markeri pastga yoki o'ngga tortilishi bilan qolgan kataklarda ro'yhatning boshqa yozuvlari paydo bo'ladi.





    1. rasm. Foydalanuvchi ro'yhatini avtoto'ldirish amali yordamida
      kataklarda hosil qilish.

    1. Ma’lumotlarni diagramma ko'rinishida taqdim etish

Diagramma bu ma‘lumotlarning elektron jadvaldagi grafig ko'rinishi. Diagrammalar umumiy yoki ajratilgan ma‘lumotlarni oson tushunishga imkoniyat yaratadi. Bu usul bilan diagrammada aks etgan ma‘lumotni oddiy qarashingiz bilan tushunasiz.
Microsoft Excel elektron jadvalida ma‘lumotlarni diagramma ko'rinishida
taqdim etish imkoniyati mavjud. Bu esa, sonli ma‘lumotlarni oson qabul qilishda muhim ahamiyatga ega. MS-Excel 2007 dasturida ma‘lumotlarni ma‘noli aks ettirish uchun juda ko'p grafik turlari mavjud. Agar siz diagramma yaratmoqchi yoki mavjud diagrammani o'zgartirmochi bo'lsangiz, turli xildagi daiagrammalar orasidan o'zingizga keragini tanlaysiz
Foydalanuvchi diagrammani alohida ish varog'ida yoki hosil qilingan jadvalli ma’lumotlar joylashgan ish varog'ining o'zida hosil qilishi mumkin. YUqorida keltirilgan ikkita holda ham diagramma o'z ko'rinishini ma’lumotlar jadvaliga o'zgartirish kiritilgan vaqtida avtomatik tarzda o'zgartiradi.
Ish varog'ida diagramma hosil qilish uchun ma’lumotlar kiritilgan jadval belgilanadi va asosiy menyuning Вставка bo'limidagi Diagramma tasmasida joylashgan ixtiyoriy diagramma turi keltirilgan tugmacha sichqoncha ko'rsatkichi yordamida tanlanadi. Bunda ushbu turga kiruvchi diagrammalar ko'rinishi foydalanuvchiga taqdim etiladi (7.8-rasm).

7.8-rasm. Ish varog'ida diagramma hosil qilish.

Natijada ish varog'ida foydalanuvchi tomonidan tanlangan diagramma turiga asosan diagramma hosil qilinadi. Hosil qilingan diagrammaning qo'shimcha parametrlarini o'rnatish uchun diagramma sichqoncha yordamida tanlanadi. Bunda ish oynasining yuqori qismida qo'shimcha Работа с диаграммами menyusi ochiladi.
Foydalanuvchi tomonidan ushbu menyu faollashtirilishi bilan menyu qatorida diagramma parametrlarini o'rnatishga mo'ljallangan tugmachalar qatori paydo bo'ladi (7.9-rasm).

7.9-rasm. Diagrammalar bilan ishlashga mo'ljallangan qo'shimcha menyu ko'rinishi.
Yuqorida keltirilgan qo'shimcha menyu yordamida diagrammaning qo'shimcha parametrlarini o'rnatishga misol ko'rib o'tamiz.
Ayrim hollarda diagrammada keltirilgan tasviriy ma‘lumotlar miqdorlarning aniq qiymatini taqdim eta olmaydi. Masalan, yuqorida keltirilgan misolda 1-kvartalda sotilgan mebellarning qiymati diagrammada 200000 va 250000 oralig'ida berilgan. Sotish hajmining aniq qiymatini diagrammada taqdim etish uchun quyidagi amallar ketma-ketligi bajariladi:

  1. Hosil qilingan diagramma faollashtiriladi;


  2. Download 6.49 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling