O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Internet dasturlari va xizmatlari


Download 6.49 Mb.
bet91/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Internet dasturlari va xizmatlari

  1. World Wide Web

World Wide Web oddiy qilib web deb ataladi. Bu unternetda ma‘lumot almashishga mo'ljallangan so'nggi dastur. U HTTP dasturlarining keng tarmog'i bo'lib, unda saqlanayotgan fayllar web sahifalar deb ataladi va www yoki 3w korinishida qisqartiriladi. Bu internetda ma‘lumot qidirish va olishning eng oson yo'li.

  1. Qidiruv tizimlari

Qidiruv xizmatlari internetda ma‘lumot qidirish uchun foydalaniladi. Bu xizmat qidiruv natijalarini natijalar ro'yxatida beradi. Bular web sahifalar, rasmlar, videolar yoki faylning boshqa turlari bo'lishi mumkin. Izlangan ma’lumotni yig'ish va taqdim etish uchun har bir qidiruv daturining o'z ketma-ketligi va moslashuvchanligi mavjud. Hozirgi kunda google.com eng ommabob va tez qidiruv xizmati hisoblanadi.

  1. Web brouserlar

Web brouserlar internetdan ma‘lumot resurslarini qayta ishlash va taqdim qilish uchun mo'ljallangan dasturlardan biri. Ma'lumot resurslari matn, rasm, ovoz, video ko'rinishida bo'lishi mimkin. Oddiy qilib aytganda, Web brouserlarni biz internetda ishlash uchun zarur bo'lgan dastur turi deb izohlashimiz mumkin. Web brouserlarning quyidagi turlari mavjud :

  • Mic Int Explorer

  • Mozilla FireFox

  • Opera

  • Safari

  • Google

  1. Yangilik guruhlari

Yangilik guruhlari bu internetda biror bir mavzu haqida yozishmalar, maslahatlashishlar forumidir. Bu jarayon internetda —News servers” kabi maxsus serverlar tomonidan boshqariladi, turli xil yangilik guruhlari turli maqsadlar uchun mavjud. Masalan, biror bir yangilik guruhu biznes haqida ma‘lumot bersa, boshqasi servis aloqalari haqida ma‘lumot beradi. Siz hamma xohlagan yangilik guruhuga ma’lumot o'qish yoki o'z fikringizni qoldirish uchun a’zo bo'la olasiz. Odatda, yangilik maqolalarni o'qish va yozish uchun “Microsoft Internet News” dasturi ishlatiladi.

  1. FTP

FTP (File Transfer Pratacol) bu fayllarni boshqalarga internet orqali yuborish imkoniyatidir. Fayllar FTP server deb nomlangan serverga joylanadi va brouserlar FTP serveridan fayllarni yuborilishi kerak bo'lgan kompyuterlarga yuborishadi, ammo bu fayllar yuborilishining juda sekin usuli. Juda ko'p dastur yaratuvchi kompaniyalarning fayllarni FTP serverdan yuklab olib mahalliy kompyuteringizga tez va oson yuborish uchun dasturlari mavjud. Bu dasturlar ham fayllarni FTP serverga joylashtiradi. Bu dasturlar: WS_FTP va Cute FTP dasturlaridir.

  1. Muloqot qilish

Internet o'z foydalanuvchilariga onlayn tarzda dunyo bo'ylab odamlar bilan muloqot qilish imkoniyatini beradi. MSN Messenger, Yahoo Messenger, ICQ, AOL va boshqa turli xil dasturlar internetda muloqot qilish uchun mavjud. Bu dasturlar internetda kim onlaynligi va yozishmalar yozishga yoki alohida suhbat qurishga imkoniyat yaratadi. Chat roomlar foydalanuvchilarga onlayn suhbatlar uyishtirish imkoniyatini beradi. Chat room bu boshqalar bilan muloqot o'rnatsa bo'ladigan tarmoqdagi hudud. Siz internetda onlayn bo'lib turgan odamalarga klaviatura yordamida matn terib yuborasiz va mos ravishda ulardan xatlar qabul qilib olasiz, ba‘zi chat roomlarda ovoz va videolar yordamida suhbat qurib ularni ko'rishingiz mumkin.


  1. Download 6.49 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling