O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 6.49 Mb.
bet96/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Mintaqaviy tarmoqlar - mamlakat, shahar, va viloyatlar darajasida kompyuterlarini va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telekommunikatsiya kanallari orqali o'zaro bog'lagan tarmoqlar.
Global tarmoqlar - o'ziga butun dunyo kompyuterlarini, abonentlarini, lokal va mintaqaviy tarmoqlarini telekommunikatsiya (kabelli, simsiz, sun'iy yo'ldosh) aloqalari tarmog'i orqali bog'lagan yirik tarmoq.
Axborot muhitida tezlik tushunchasi, birliklari va axborot kanallari sig'imi. Ma‘lum vaqt oralig'ida aloqa muhitlari orqali uzatiladigan axborot hajmi - uning uzatilish tezligini belgilaydi.
Har qanday harakatlanuvchi jism va modda uchun tezlik tushunchasi va uning o'lchov birliklari mavjud bo'lganidek, axborotning ham uzatish tezligi hamda o'lchov birliklari mavjuddir, bular:

  • Bit/sekund - bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan bitlar soni;

  • Kbit/sekund - bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan minglab yaxlitlangan bitlar soni;

  • Mbit/sekund - bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan millionlab yaxlitlangan bitlar soni;

  • Gbit/sekund - bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan milliardlab yaxlitlangan bitlar soni.

Axborot kanallarining sig'imi ular orqali ma’lum vaqt oralig'ida uzatiladigan axborot hajmi bilan belgilanadi. Bu o'z navbatida axborot kanallarining o'tkazish qobilyatini anglatadi.
Oliy ta‘lim muassasalari kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning hamda maktablarning kompyuter tarmoqlari, ular asosida yechiladigan masalalar.
Oliy ta‘lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar va maktablarning kompyuter tarmoqlari hamda ular asosida yechiladigan masalalar quyidagilardan iborat:

  • axborotni tashkil qilish va izlab topish;

  • zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida axborot va bilimlarni almashishga imkoniyatini yaratish;

  • fanlardan bilimlarini chuqurlashtirish uchun qo'shimcha ma‘lumotlarni tarmoqdan qidirish;

  • talabalarning fanlardan mustaqil ishlarini bajarish;

  • elektron kutubxonadagi manbalardan foydalanish;

  • masofaviy ta‘lim olish;

  • hisobotlar tayyorlash va uzatish;

  • elektron hujjat almashishni tashkil qilish;

  • talabalar ota-onalari farzandlarining o'zlashtirishi va davomatini kuzatib borish.

Bundan tashqari hozirgi kunda Respublikamizda ta‘lim muassasalarining ta‘lim tarmog'i yaratilgan.
Ziyonet axborot-ta‘lim tarmog'i barcha ta‘lim muassasalarining axborot resurslarini o'zida jamlagan. Hozirgi kunda barcha o'qituvchilar, o'quvchilar va talabalar ushbu tarmoqdan foydalanish imkoniyatiga ega. Ziyonet axborot-ta‘lim tarmog'i axborotlarni joylashtirish, toifalash, guruhlash hamda ularni qidirib topish imkoniyatini taqdim etadi.

    1. INTERNET tarmog'i va uning ahamiyati


Download 6.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling