O‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi


II BOB IKKINCHI DARAJALI BO‘LAKLARI HAQIDA MA’LUMOT


Download 179.3 Kb.
bet11/16
Sana31.01.2024
Hajmi179.3 Kb.
#1832786
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi

II BOB IKKINCHI DARAJALI BO‘LAKLARI HAQIDA MA’LUMOT.
2.1. Ikkinchi darajali bo’laklar bosh bo’laklar orqali ifoda qilingan gapning asosiy mazmuni.
Ikkinchi darajali bo’laklar, odatda, yo egaligi yoki kesimga tobe bo’ladi. Ayrim hollarda esa ikkinchi darajali bo’laklar o’zaro bir-biriga ergashib, gapning bosh bo’laklariga tobe bo’ladi. Ayrim hollarda esa ikkinchi darajali bo’laklar o’zaro bir-biriga ergashib, gapning bosh bo’laklariga tobe bo’ladi. Masalan: Kuchli shamol eng katta daraxtlarni tebratmoqda edi. Bu gapda shamol tebratmoqda edi bosh bo’lagiga kuchli, eng katta daraxtlarni so’zlari ergashib, tobe bo’lib kelmoqda. Gapning ikkinchi darajali bo’laklari uchga bo’linadi:
1. To’ldiruvchi
2. Aniqlovchi
3. Hol
To’ldiruvchi va uning ifodalanishi. Gapning biror bir bo’lagiga boshqaruv yo’li bilan bog‘lanib, uning ma’nosini to’ldirib keluvchi gap bo’lagi to’ldiruvchi deb ataladi. Boshqaruvchi so‘zning talabiga ko’ra to’ldiruvchi biror elishikda (qaratqichdan tashqari) bo’ladi yoki ko’makchi bilan keladi. Masalan: U olim va fozil odamlar bilan suhbatlashishdan zavqlanar edi. (M.Osim). Bilim manbai-kitobni seving. Birinchi misolda to’ldiruvchi (odamlar bilan) ko’makchi bilan, ikkinchisida (suhbatlashishdan) chiqish kelishigi bilan kelib, kesimga boshqaruv yo’li bilan bog‘langan. Ikkinchi gapda esa to’ldiruvchi (kitobni) tushum kelishigi bilan ifodalangan. To’ldiruvchi egaga, aniqlovchiga, boshqa bir to’ldiruvchiga ham bo’lanib kelishi mumkin. Bunday hol ko’pincha ega aniqlovchi, to’ldiruvchining sifatdosh va harakat nomi bilan ifodalanganida ro’y beradi.
Masalan: 1. To’diruvchining egaga bog‘lanib kelishi
Gulni sevgan tikanni ham sevadi.
2. To’ldiruvchining aniqlovchiga bo’lanib kelishi
Betga aytganni zaxri yo’q.
3. To’ldiruvchining to’ldiruvchiga bo’lanib kelishi
Direktorimiz musobaqaga qatnashganlarni qzg‘in tabrikladi.
To’ldiruvchilar odatda, ot, olmosh, harakat nomi, son, sifat, sifatdosh bilan ifodalanadi:
Ot bilan: ifodalanishi.
Qarsak ikki qo’ldan chiqadi. (maqol)
Ochiq gapir, so’zingni anglat.
Olmosh bilan: ifodalanishi.
Supa ustida o’tirib choy ichayotgan Saodat opa voqeani undan surishtira boshladi. (S.N.).
Qiz kim bilandir so’zlashib borardi. (O).
Harakat nomi bilan ifodalanish.
Yo’lchi chindan ham nay chalishni bilar edi. (O).
Son bilan ifodalanishi.
Yigirmani ikkiga bo’lsak, o’n bo’ladi.
Sifat bilan ifodalanishi.
Mardni mehnat engolmas. (maqol).
Qochoqqa shavqat yo’q, qo’rqoqqa hurmat. (maqol).
Sifatdosh bilan ifodalanishi.
Qo’rqqanga qo’sh ko’rinibdi. (maqol).
Ayrilganni bo’ri er. (maqol).
To’ldoruvchilar birikma holiday ham ifodalanadi.Masalan: Elmurod tabora kunlarni qanday o’tayotganini sezmay qoldi. (P.T).

Download 179.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling