1. Millatning o‘zligini tayin etadigan eng so‘nggi va bebaho xazina − milliy g‘urur ekani voqeaband yo‘sinda aks ettirilgan “Eng so‘nggi xazina” she’ri qaysi shoir qalamiga mansub? A shavkat Rahmon b muhammad Yusuf c omon Matjon d halima Xudoyberdiyeva


Download 37.78 Kb.
bet1/5
Sana02.04.2023
Hajmi37.78 Kb.
#1321976
  1   2   3   4   5
Bog'liq
test fevral 1-gruppa


UzStudy O’quv Markazi

1. Millatning o‘zligini tayin etadigan eng so‘nggi
va bebaho xazina milliy g‘urur ekani
voqeaband yo‘sinda aks ettirilgan “Eng so‘nggi
xazina” she’ri qaysi shoir qalamiga mansub?
A) Shavkat Rahmon B)Muhammad Yusuf
C) Omon Matjon
D) Halima Xudoyberdiyeva
2. Qaysi javobdagi har uchala gapda ajratib
ko‘rsatilgan so‘zlarning asoslari o‘zaro
shakldosh sanaladi?
A) Yangi ochgan kutubxonamiz o‘quvchilar
bilan liq to‘la.
Jo‘mrakni ochdi va yutoqib suv ichdi.
Bir ochlikning bir to‘qligi bor.
B) U o‘chini olish uchun hatto tuhmat qilishdan
ham qaytmaydi.
Bolalar ichida eng bilimga o‘chi shu yigit
bo‘ladi.
Chiroqlarni o‘chirib yurishga odatlaning.
C) U xayollar og‘ushida suzar edi.
O‘choq boshida turgan Roziyaxon osh suzar,
Nasibaxon esa choy damlar edi.
Bolalar ko‘lda kimo‘zarga suzar edilar.
D) Oybek o‘ychil va sermulohaza nosir,
shuningdek, tuyg‘un shoir hamdir.
Onasi hovlida nimanidir havonchada tuyib
o‘tirardi.
Qalbida tuygan bu hislarni unga ochiq ayta
olmas edi.
3. Qaysi maqoldagi yasama so‘zlarning barchasi
bir xil so‘z turkumiga mansub?
A) Ko‘p yursang, ko‘p yashaysan,
Ko‘p ishlasang, ko‘p oshaysan.
B) Tomchi sel bo‘lmas,
Qo‘rqoq el bo‘lmas.
C) Oltin zanglamas,
Sevgi qarimas.
D) Issiq kiyim tanni ilitar,
Issiq so‘z jonni ilitar.
4. Ey orazi shams-u qamarim, netti, ne bo‘ldi?
V-ey, tishlari durr-u guharim, netti, ne bo‘ldi?
Ushbu bayt haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni
toping.
A) Ushbu bayt muqayyad qofiyali bayt sanaladi.
B) Ushbu baytda kinoya tashbeh qo‘llangan.
C) Ushbu baytning raviysi undosh tovush
sanaladi.
D) Ushbu baytda raviy qo‘shimcha tarkibida
kelgan.

Download 37.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling